Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Xolmanova Z.Т.
TILSHUNOSLIKKA KIRISH
Toshkent -2007
Ushbu qo‘llanma oliy o`quv yurti, litsey, akademik litseylar,
kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
tilning
mohiyati, til va jamiyat, til va nutq, til va tafakkur munosabati,
dunyo
tillari tavsifi va tasnifi, til fanining bo‘limlari haqida umumiy
ma’lumot berish, til haqidagi bilim ko‘nikmalarini chuqurlashtirish
maqsadini qo‘yadi.
Mazkur
qo‘llanmadan
til
xususiyatlarini,
fan
asoslarini
o‘rganuvchi barcha qiziquvchilar, jumladan oliy o‘quv yurtiga kirish
maqsadidagi tinglovchilar foydalanishi mumkin.
Muharrir:
f.f.d. H.DADABOYEV
Taqrizchilar: f.f.n., dots M. QODIROV
f.f.n., dots Z. HAMIDOV
Mazkur qo‘llanma O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti oquv-
metodik kengashi yig‘inida hamda fakultet Ilmiy kengashining 2005
yil 10 iyuldagi majlisida tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
2
KIRISH
“ Tilshunoslikka kirish” kursi tilshunoslik fani haqida asosiy
ma'lumot beradi. Mazkur kitob “Tilshunoslikka kirish”
predmeti
haqidagi darslik, o‘quv qo‘llanmalari hamda ma’lum pedagogik
tajribalar asosida tayyorlangan bo‘lib, til ilmi haqidagi muhim
jihatlarni o‘rganishga qaratilgan. Mavzular muayyan izchillikda
talabalarning
fikrlash
qobiliyatlarini e’tiborga
olgan holda
joylashtirilgan.
Mazkur qo‘llanmaning qayd etilgan tarzda tuzilishi:
-talabalarning umumta’lim tahsili jarayonida olgan bilimlarini
umumlashtirishni va mustahkamlashni;
-tilning o‘ziga xos tabiatini tahlil etishni;
-til
va jamiyat; til va tafakkur; til va nutq munosabatlarini
o‘rganishni;
-til birliklarining o‘zaro mutanosib, yaxlit tizim sifatida namoyon
bo‘lishini;
-til fanining har bir bo‘limi mohiyatini yoritishni;
-til fani bo‘limlarining o‘rganish
obyektini tushuntirishni;
-talabalarda ’Tilshunoslikka kirish” kursi doirasida mustaqil
fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
«Tilshunoslikka kirish” til ilmining mohiyati haqida dastlabki
ilmiy ma’lumotlar asosidagi fan ko‘nikmalarini shakllantirishga
xizmat qiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirayotgan
talaba tilshunoslik
sohalari, fan bo‘limlari haqida atroflicha bilimni egallashi lozim.
Uhbu qo‘llanmada tilning o‘ziga xos tabiati, tilshunoslik
masalalari,
tilshunoslik
bo‘limlarining
mazmun-mohiyati
talabalarning
milliy-lisoniy
ko‘nikmalariga
asosan
hamda
mutaxassislik yo‘nalishiga ko‘ra o‘zbek tili misolida yoritildi.