Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
7
chiqishini, masalan o‘zbek , rus , hind ,
tojik va boshqa tillarning
qachon paydo bo‘lganini , qanday tarkib topganligini aniq bilish
mumkin. Ammo, biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini
umuman tilning , insonlar nutqining paydo bo‘lishi masalasi bilan
tenglashtirib bo‘lmaydi . Hozir dunyoda mavjud bo‘lgan jonli
tillarning ham , ba’zi bir o‘lik tillarning
ham kelib chiqish tarixini
o‘rganish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarning qachon
paydo bo‘lganligi , qachon tarkib topganligi aniqlangan . Biroq, yer
yuzida umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganligi ,
dastlabki tillarda qanday so‘zlar bo‘lganligi , uning grammatik
xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal
qilinishi ham mumkin emas . Chunki bundan bir necha yuz ming
yillar burun paydo bo‘lib, keyinchalik nom – nishonsiz yo‘qolib
ketgan tillar ham bo‘lgan.
Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bo‘lgan tillarning
fonetik tizimi, so‘z
boyligi , grammatikasi va boshqa muayyan
xususiyatlaridan qat’i nazar , umuman tilning kelib chiqishi
o‘rganilar ekan, eng avvalo , tilning kelib chiqishidagi shart –
sharoitlarni tadqiq qilish, ya’ni insonlar qanday sharoitda so‘zlay
boshlaganliklarini o‘rganish va bu masalani umuman tilning kelib
chiqishi masalasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish
lozim .
Tilning kelib chiqishi masalasini
aniqlashdagi qiyinchilik
shundan iboratki, birinchidan, hozirgi til tarixi fani dunyoda umuman
tilning qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida hech qanday dalillarga
ega emas . Chunki hozir bizga ma’lum tillarning yozuv tarixi 10 -15
ming yildan oshmaydi . Olimlarning faraz qilishicha , inson bundan
bir necha yuz ming yil avval so‘zlasha boshlagan . Ammo, o‘sha
davrdagi tillar to‘g‘risida hozirgi vaqtda hech qanday ma’lumot yo‘q
. Shuning uchun ham tilshunoslik fani bu masalani to‘g‘ridan –
to‘g‘ri o‘rganish imkoniyatiga ega emas. Dunyoda eng avval paydo
bo‘lgan tilning fonetik tuzilishi , so‘z boyligi qanday ekanligini ,
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
8
grammatik shakllari nimalardan iboratligini bilish mumkin emas.
Umuman, tilning qanday sharoitlarda paydo bo‘lishi masalasini
ilmiy farazlarga asoslanib o‘rganish mumkin bo‘ladi. Tilshunoslik
ilmi bir – biriga yaqin bo‘lgan psixologiya , fiziologiya , etnografiya ,
arxeologiya , tarix va shunga o‘xshah fanlarning dalillariga suyanib ,
tilning kelib chiqishi masalasiga yondashishi mumkin .
Turli nutq tovushlarini biriktirib , so‘zlar hosil qilish va so‘zlar
vositasida gap tuzib , istak va
maqsadni ifodalash kishilik
jamiyatining boshlang‘ich davrlarida yashagan odamlarni o‘ylantirib
kelgan . Shuning uchun tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida qadimgi
kishilar turli rivoyatlarni to‘qiganlar. Bu rivoyatlarning ba’zilarida til
ma’budlar, ba’zilarida Alloh tomonidan yaratilib , kishilarga taqdim
qilinganligi , ayrimlarida esa tilni ajoyib bir donishmand yaratganligi
talqin qilingan .
Yuqorida ta’kidlanganidek, antik zamonlardan beri tilning kelib
chiqishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar yaratilgan . Antik
faylasuflar tilning kelib chiqishini bir – biriga qarama – qarshi
bo‘lgan ikki xil nazariya bilan tushuntirishga harakat qilganlar . Ba’zi
faylasuflar til tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan , ya’ni so‘z va
predmetlar o‘rtasida to‘g‘ ridan – to‘g‘ri tabiiy bog‘lanish bo‘lganligi
uchun kishilar predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan , deb
isbotlamoqchi bo‘lganlar . Ba’zi faylasuflar esa til kishilarning bir-
biri bilan o‘zaro kelishishi
natijasida vujudga kelgan , deb
hisoblaganlar , Ana shu bir-biriga qarama – qarshi ikki nazariyaning
o‘zaro kurashi natijasida yana bir qancha nazariyalar vujudga kelgan.
Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi
nazariyalar mavjud bo‘lib , ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda . Bu
nazariyalarning ba’zilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda
bo‘lishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa , boshqalari
ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi uchun , keyin boshqalar
uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan , deb hisoblaydi . Shu tariqa
tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi
haqida turlicha qarashlar ,
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
9
nazariyalar , farazlar yaratildi . Ushbu nazariyalar tanqidiy tahlil
asosida o‘rganilishi lozim . Bu nazariyalar asosan 4 ta :
Dostları ilə paylaş: