Muallifdan


Mehnat hayqiriqlari nazariyasi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Mehnat hayqiriqlari nazariyasi
tarafdorlari tildagi barcha so‘zlar 
ibtidoiy kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat 
qilishga undaydigan Ixtiyorsiz qiyqirishlar natijasida paydo bo‘lgan , 
deb da’vo qiladilar .
Bu nazariyani XIX asrning 70 – yillarida fransuz faylasufi L. 
Nuare yaratdi . Uning qayd qilishicha , til instinktiv hayqiriqlardan 
paydo bo‘lgan. Nemis olimi Karl Byuxer ham ushbu nazariyani 
quvvatlaydi. 
Bu nazariya bir qarashda haqiqatga birmuncha yaqin nazariyadek 
ko‘rinsa ham , mantiq jihatdan asossizdir . Chunki mehnat qilishdagi 
qiyqiriqlar , hayqiriqlar mehnat jarayonidagi bir maromga , bir 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11 
11
qolipga solish uchun bir vosita bo‘lgan , xolos . 
uy , oh , voh , viq , 
oho, ehe
kabi hayqiriqlar kishilar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lganligi 
ehtimol.
Mehnat hayqiriqlari undov nazariyasiga o‘xshab ketadi . Lekin 
bu nazariya ham tilning kelib chiqish sabablarini , tilning paydo 
bo‘lishini jamiyatning paydo bo‘lishi , so‘zlash va fikr yuritish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy 
bog‘lay olmaydi . 
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi
. Bu nazariya XIX asrning ikkinchi 
yarmida paydo bo‘lib , uni ilgari suruvchi olimlar ba’zida bir-biriga 
zid xulosalarga kelishgan , ularning tilning kelib chiqishi 
to‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Bu nazariyaga asosan, narsalarni 
qanday atashni odamlarning o‘zlari kelishib olishgan. Biror narsani 
nomlashda kelishib olish uchun , tabiiyki , kelishuv vositasi , ya’ni til 
kerak bo‘ladi . Ushbu nazariya tilning paydo bo‘lishini emas , balki 
til rivojlanishining bir yo‘nalishini yoritishi mumkin . Hozirgi vaqtga 
kelib u yoki bu fanga taalluqli atamalar yoki so‘zlar o‘zaro kelishib 
olinadi . Lekin buning til shakllanishiga aloqasi yo‘q. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalarning hammasi ham tilning 
kelib chiqishi masalasini to‘g‘ri yoritishga ojizlik qiladi . Chunki bu 
nazariyalar tilning kelib chiqishi masalasini insoniyatning paydo 
bo‘lishi , dastlabki kishilar jamoasining vujudga kelishi masalasidan 
ajratib olgan holda qaraydi . 
Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr 
ko‘rmasin , u gapirmaydi . Chunki til nasldan naslga , avloddan 
avlodga o‘tmaydi , ya’ni uni irsiyatga bo‘lab qo‘yish to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Irsiyat qonuniga binoan , bolaning biologik , antropologik 
xususiyatlari avloddan avlodga o‘tadi , lekin o‘zbek oilasida 
tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi deyish noto‘g‘ridir. U 
qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila , qaysi ijtimoiy muhitda 
tarbiyalanishiga bog‘liq. 
Qayd etilgan nazariyalarda, birinchidan , til go‘yo jamiyat tarixi 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12 
12
taraqqiyotidan chetda , o‘z holicha taraqqiy etadigan hodisa, deb 
qaralgan. Shuning uchun ham tilning kelib chiqishi masalasi ibtidoiy 
davrdagi kishilarning mehnat faoliyatidan ajratilgan holda qaralgan. 
Ikkinchidan, bu nazariyalarda tilning kelib chiqishi masalasi 
tafakkurning paydo bo‘lish masalasi bilan birgalikda , o‘zaro 
bog‘langan holda emas , balki ajratilgan holda talqin qilingan. 
Uchinchidan , odamning paydo bo‘lishi jarayonidagi barcha biologik 
asoslar hisobga olinmagan.
Sharq tilshunosligida ham tilning paydo bo‘lishiga oid 
mulohazalar 
bildurilgan. 
Jumladan, 
Alisher 
Navoiyning 
“Muhokamat-ul lug‘atayn” asari muqaddimasida o‘sha davr 
dunyoqarashiga mos bo‘lgan tilning paydo bo‘lishiga doir qarashlar 
bayon qilingan. Alisher Navoiy tilning paydo bo‘lishini Nuh 
alayhissalom avlodlariga bog‘laydi:

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin