So‘zlar bir ma’noli yoki ko‘p ma’noli bo‘ladi. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya deyiladi. Bir ma’noli so‘zlar monosemantik so‘zlar deyiladi. Odam, chumchuq, ravish, tuya.. kabi so‘zlar bir ma’nolidir.
Birdan ortiq (bir necha) ma’nolarda keladigan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi. Ko‘p ma’noli so‘zlar polisemantik so‘zlar deyiladi. Ko‘p ma’noli so‘zlarda bosh (asosiy) va ko‘chma ma’no bo‘ladi.
Odamning ko‘zi ko‘ylak yoqasi uzuk ko‘zi yo‘l yoqasi кo‘ yog‘och ko‘zi yo tog‘ yoqasi
z oynaning ko‘zi qa daryo yoqasi
Ko‘p ma’noli so‘zlar omonim so‘zlardan quyidagicha farqlanadi: 1. Ko‘p ma’noli so‘z bir so‘zning bir necha ko‘chma ma’noda kelishidir. Omonim esa bir xil shaklga ega bo‘lgan birdan ortiq (bir necha) so‘zdir. Masalan, o‘t (olov), o‘t (o‘simlik), o‘t (harakat), o‘t
(inson a’zosi).
2. Ko‘p ma’noli so‘zning ma’nolari o‘rtasida bog‘lanish seziladi. Omonim so‘zlar ma’nolari o‘rtasida yaqinlik sezilmaydi.
So‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
So‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra 4 xil: omonim, sinonim, antonim, paronim.
Omonim.Shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar omonim deyiladi. Bir xil shaklga ega bo‘lgan bir necha so‘z omonim hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq so‘zning bir xil yozilishi va bir xil talaffuz etilishi natijasida omonimlar yuzaga keladi. Omonimlar quyidagicha hosil bo‘ladi:
1. Tarixda boshqa-boshqa hisoblangan so‘zlarning hozirgi alifboda bir xil yozilishi natijasida:
üch (3) uch (harakat) uch uch
2. Boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarning o‘zbek tilidagi so‘zlar bilan bir shakl hosil qilishi natijasida: atlas-atlas, etik-etik, tok-tok. 3. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanishning yo‘qolishi natijasida: dam (hordiq), dam (bosqon), dam (nafas); gap (til birligi), gap (yig‘in).
Omonimlik hodisasi bir turkum doirasida yoki bir necha turkum doirasida sodir bo‘ladi. Bir turkum doirasidagi omonimlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimligini saqlab qoladi: Biz yoqqan o‘tlarimizni o‘chirdik. Biz ekkan o‘tlarimizni o‘rdik.