O‘g‘uz lahjasi. Bu lahjaga Xorazm, turkman shevalari kiradi. Bu shevalarda so‘z boshidagi jarangsiz undosh jaranglilashadi: tovushdovush, kuch-guch. O‘zbek adabiy tiliga qarluq lahjasi: fonetik jihatdan Toshkent, morfologik jihatdan Farg‘ona shevasi asos bo‘lgan.
Dialekt va shevalarning o‘ziga xos jihatlari dialektologiya bo‘limida o‘rganiladi.
Label1 2. Terminologik leksika Professional va ilmiy terminlar terminologik leksikani tashkil etadi. Ilm-fan, texnika,qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo‘lgan so‘z yoki birikma termin deyiladi. Terminlar ikki xil bo‘ladi:
professional terminlar. Ma’lum kasb-hunarga va mutaxassislikka oid monosemantik so‘zlar professional terminlar hisoblanadi: masalan, charm, rezgi, shirach (etikdo‘zlik), angob, loya, taqsir, gulbo‘ta, bargi bodom (kulolchilik); zehdo‘zlik, piltakach, yo‘rmado‘zlik, bichiqchi, tarhkash(kashtachilik) kabi.
ilmiy terminlar. Har bir fan o‘ziga xos terminga ega. Tilshunoslikda: fonema, fonetika, ega, kesim; matematikada: kub, kvadrat, plyus.
3. Jargon va argolar Ma’lum tabaqa (sinf) vakillari nutqida qo‘llanadigan so‘zlar jargonlar deyiladi. Masalan, shoe’ qiling-bildiring, tanzil-foyda.
Argolarqiziqishlari, mashg‘ulotlari, yoshlari bir xil bo‘lgan ma’lum tor doiradagi guruh vakillari qo‘llaydigan so‘zlardir. Ular umumxalq tiliga oid so‘zlarni boshqa ma’noda qo‘llashadi. Otarchilar, o‘g‘rilar, savdogarlarning o‘z argolari mavjud. Masalan, a) otarchilar argosidan; yakan (pul), joyi (yo‘q), dah (yaxshi); b) o‘g‘rilar argosidan: loy(pul), ligavi (milisiya), harif (pul egasi, o‘g‘rilik ob’ekti); d) savdogarlar argosidan: sar yoki sarpiyoz (ming so‘m), kapara (olti ming so‘m); e) bezorilar argosidan: zamri (jim tur), hamka (non), deshevka (chaqimchi). Bu kabi sinflar, uyushma va to‘dalar yo‘qolishi bilan argo va jargonlar ham yo‘qoladi.