Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə45/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Antonim iboralar


Qarama-qarshi ma’no ifodalovchi iboralar antonim iboralar deyiladi: ko‘kka ko‘tarmoq-erga urmoq; yuzi yorug‘-yuzi shuvut; ko‘ngli joyiga tushmoq-yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq.
Iboralar so‘zlashuv va badiiy uslubda keng qo‘llanadi.
22-§. USLUBIYAT (STILISTIKA)
Uslub- so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. Shu yo‘l bilan ayni bir jumlada qo‘shimcha sub’ektiv ( modal) mazmun ham ifodalanadi. Nutq uslublari besh xil: so‘zlashuv, rasmiy, ilmiy, ommaviy, badiiy uslub.

  1. So‘zlashuv uslubi- ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanadi.

  2. Rasmiy-idoraviy ( ish qog‘ozlari uslubi)- shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: ariza, tilxat, adres, xat, telegramma, farmoyish, tarjimai hol rasmiy uslub ko‘rinishlaridir.

Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlari uslubining asosiy belgilaridir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. So‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi.

  1. Ilmiy uslub-fan-texnika tilidir. Ilmiy uslubning asosini atama, ta’rif, qoida, qonun va shartli belgilar tashkil etadi. Bu uslub termin ( atama) lar bilan ish ko‘radi.

  2. Ommaviy (ommabop, publisistik) uslub - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir.

  3. Badiiy uslub- badiiy tasvir vositalari ibora va asosan ko‘chma ma’nodagi so‘zlar asosida ish yurituvchi uslub.

Nutq uslublari stilistika ( uslubiyat) da o‘rganiladi. Stilistika “ stil” ( “ yozish quroli”, “ ruchka”, “ pat”) ma’nosidagi so‘zdan olingan.
Gapda, so‘z qo‘llashda ayrim xatolar mavjud bo‘ladiki, ular uslubiy xato sifatida qaraladi. Masalan, g‘o‘za, paxta so‘zlari juda yaqin tushunchani bildiradi. Shunga qaramay, “g‘o‘za terildi”, “ paxta gulladi” deyish xatodir.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin