1.4. “Muammoli vaziyat” strategiyasidan foydalanish metodikasi
Muammoli ta'lim texnologiyalari talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta'lim texnologiyasining asosi - insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta'lim talabalarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta'limning bosh maqsadi - talabalarning o'rganilayotgaifmavzuga doir muammolarni to'liq tashunib/yetj^gi| erishish va ularni hal eta olishga o'rgatishdan iborat. Muammoli ta'limni amaliyotda qo'llashda asosiy masalalardan biri o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli o'quv fanlari bo'yicha o'qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko'zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
o'qituvchi talabalarga dars mavzusi bilan bog'liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo'lini topishni taklif qiladi;
bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bay on qiladi;
hal etish uchun yetarli bo'lmagan yoki ortiqcha ma'lumotlar bo'lgan yoki savolning qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
-o'qituvchi muammoni qo'yadi va o'zi yechadi;
-o'qituvchi muammoni qo'yadi va uning yechimini talabalar bilan birgalikda topadi;
-talabalarning o'zlari muammoni qo'yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo'llaniladigan usullar:
muammoni turli nuqtai-nazardan o'rganish, tahlil qilish;
solishtirish, umumlashtirish;
faktlarni aniqlash va qiyoslash;
vaziyatga bog'liq xulosalar chiqarish;
talabalarning o'zlari aniq savollar qo'yishi va boshqalar.
Muammoli ta'lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta'limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning~B©iyillarida bu yo'nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.Muammoli ta'limning asosiy g'oyasi bilimlarni talabalarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o'zlashtirilishini ta'minlashdan iborat.
O'zbekistonda muammoli ta'limni qo'llash bo'yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida talabalarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go'zal nutq tarkib toptirilgan.
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta'lim usullaridan biri sifatida qo'llaniladi. Bunda talaba chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq vato'g'ri so'zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o'qituvchining talabani mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda lining fikrlashidagi noto'g'ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo'liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;
Savol-javoblar orqali talabaning bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.
O'rganilayotgan mavzuning mazmunini talaba motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, talabaning qiziqish va qobiliyatlariga mos bo'lgan misollar tanlash orqaliamalga oshiriladi.
Talabani faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag'batlantirish usullaridan foydalaniladi.
O'qituvchi o'zini bilmaydigan odamdek, talabadek tutib, savollar berib boradi.
Talabaning to'g'ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so'zlashga jalb qilish.
Talabaning xato fikrlarini aniqlab borish.
Talabaning xato fikrlariga nisbatan to'g'ri fikrni o'qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali talaba uchun muammoli vaziyat yaratiladi va talabani o'z xatolarini o'zi tuzatishiga yo'naliiriladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo'lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o'qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo'lishi kabilardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |