Muammoli vaziyat


O'qituvchi: «Berk konturda induksiya EYUK ni paydo bo'lishligini umumiy shartlarini eslab ko'raylik». Talabalar



Yüklə 153,44 Kb.
səhifə20/22
tarix19.12.2023
ölçüsü153,44 Kb.
#184967
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Muammoli vaziyat-fayllar.org

O'qituvchi: «Berk konturda induksiya EYUK ni paydo bo'lishligini umumiy shartlarini eslab ko'raylik».

Talabalar: Buning asosiy sharti konturni kesib o'tuvchi magnit oqimining o'zgarishi hisoblanadi.

O'qituvchi: “Bizning tajribamizda o'zgaruvchan magnit oqimi qanday hosil bo'ladi?”.
Bu savol talabalarni yana biroz o'ylantiradi. Chunki ular shu narsani bilishadiki, induksiya EYUK ni hosil qiluvchi o'zgaruvchan maydon zanjirdan tashqaridagi manba hisobidan bo'lib u, yoki tashqaridagi magnit, yoki tashqaridagi boshqa zanjirdan o'tayotgan tok bo'lishi mumkin.


2-muammoli vaziyat paydo bo'ldi. Paydo bo'lgan vaziyatning muhokamasi sinfda quyidagicha o'tadi.

O'qituvchi: “Eslab ko'ring, har qanday magnit maydoni nimadan hosil bo'ladi?”

Talabalar: “Elektr tokidan ” deb javob berishadi.

O'qituvchi: “Hozirgi holatda-chi?”.

Talabalar: Ishonch bilan bo'lmasada “Zanjir ulangandan keyin zanjirni o'zida hosil bo'ladigan tok tufayli bo'lsa kerak” deb javob berishadi.

O'qituvchi: “Yaxshi. Induksiya EYUK qanday hosil bo'ladi?”.

Talabalar: Javob:”Zanjir ulangandan keyin tok o'zining qiymatiga darhol erishmaydi, shu sababli g'altakni kesib o'tuvchi magnit oqimi avval ortib boradi va unda induksiya EYUKni paydo qiladi”. Bir ozgina sukutdan keyin: “Lens qoidasiga ko'ra induksiya EYUKi shunday ishoraga egaki, u tokning oshishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun ham lampochka darhol yona qolmaydi”.

O'qituvchi: “Bu to'g'ri, lekin Siz har doim: “G'altakni kesib o'tuvchi magnit oqimi deysiz”. G'altakni olib tashlasakchi, shunda ham zanjirni ulaganda induksiya EYUK paydo bo'ladimi?”.

Talabalar: “Zanjirning g'altaksiz, reostati bor qismida induksiya EYUK hosil bo'lmasligini ko'rdik”.

O'qituvchi: Biroz sukut saqlab sinfni kutib turganidan keyin to'g'ri javob aytiladi: Magnit oqimi g'altak bo'lmaganda ham zanjir konturini kesib o'tishi barobarida o'zgarib boradi. Demak, induksiya EYUK hosil bo'lishi kerak.


Yüklə 153,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin