Muammoli vaziyat



Yüklə 9,01 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü9,01 Kb.
#207998
MUAMMOLI VAZIYAT


MUAMMOLI VAZIYAT
Bolani mustaqillikka o‘rgatadi
Innovatsion metodikalar o‘rgatish jarayonida muammoli vaziyat nomli yangi o‘qitish usuli paydo bo‘ldi. U muammoli savol, topshiriq, va vaziyat shaklida bo‘lishi ham mumkin. Muammoli savol – bu bola oldindan javob tayyorlab qo‘ya olmaydigan, kutilmagan bo‘lishi kerak.
Muammoli topshiriq – bunda bola dalillarni tahlil qiladi, sabablarni o‘zi topadi.
Muammoli vaziyat – bu bolani qiyin vaziyatdan chiqishga o‘rgatadi.
Bu usul bolaga nima beradi?
Bunda bola nimaga, qaerda, qanday qilib, nima uchun kabi savollarga javob qaytararkan, bu bolani mustaqillikka o‘rgatadi.
Bolaning ijodiy fikrlash qobiliyati oshadi.
Unda ta’lim olishga qiziqish uyg‘onadi
Bola noodatiy fikrlashni o‘rganadi.
Bola bitta muammoga turlicha yondoshish mumkinligini o‘rganadi.
Muammoli vaziyatga javob topish jarayonida mantiqiy fikrlaydi.
Muammoli vaziyatni to‘rt xil usulda qo‘llash mumkin:

  1. Tarbiyachining o‘zi muammo aytadi va bolalar muhokamasining faol tinglovchisiga aylanadi.

  2. Tarbiyachi muammoni aytadi, bola mustaqil yoki tarbiyachi yo‘nalishiga ko‘ra javob beradi.

  3. Bolaning o‘zi muammoni aytadi, tarbiyachi uni yechishga yordam beradi.

  4. Bolaning o‘zi muammoli vaziyat aytadi va uning yechimini topadi.

Tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida umumiy mavzu yozadi u o‘sha mavzularga mos muammoli vaziyat va uning yechimini topishlari kerak. Masalan “Suv”, “Ariq bo‘yida”, “Uyda yolg‘izligimda” kabi mavzularga bolaning o‘zi muammoli vaziyat va uning yechimini aytadi.
Xo‘sh, qanday muammoli vaziyatlardan foydalanish mumkin?
Bolalar rasm chizishayapti. Ominaning qalami sinib qoldi. Omina Rahimaning qalamiga qo‘l cho‘zmoqchi edi, Rahima qalmlarini oldi-da boshqa partaga borib o‘tirdi. Rahima nima uchun boshqa stolga borib o‘tirdi. U to‘g‘ri qildimi?
Qo‘shninikidan tutun chiqayapti, bu holatda sen nima qilasan?
Uyda jo‘mrakdagi suv to‘xtamayapti, birinchi nima qilasan? Keyinchi? Nima uchun?
Qizil qalpoqchaning bayramga borgisi kelayapti. Lekin u yerga faqat qizil ko‘ylak bilan kirilarkan. Qizil qalpoqchaning esa qizil ko‘ylagi yo‘q. U nima qilishi mumkin? Shoiraning buvisi kasal bo‘lib qoldi. Shoira nima qilishni bilmayapti. Ayni holatda u nima qilgani ma’qul?
Yüklə 9,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin