Mudira maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari. Mudira ishining mazmuni


ILG`OR PEDAGOGIK TAJRIBANI UMUMLASHTIRISH



Yüklə 60,57 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü60,57 Kb.
#165951
1   2   3
Mudira maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari. Mudira ishining ma

ILG`OR PEDAGOGIK TAJRIBANI UMUMLASHTIRISH
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini, innovasion g`oyalarini, barcha ilg`or tajribalarini tahlil qilish, va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta`lim tashkiloti tashkiliy-metodik ishining muhim asosi bo`lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida mudiraning roli, faoliyati ko’p qirralidir.Mudira maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to’la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi.o’z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudirao’z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi vao’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik,o’ziga va qo’l ostidagilarga talabchanlik, mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir. Jamoadagio’zaro to’g’ri munosabatlar, har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishini nazorat qiladi. Rahbarlik mavqeyi mudirani o’z g’oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda oshirishga, pedagogik bilimlarni, bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashiga, hozirgi bos-qichda maktabgacha ta'lim oldida turgan vazifalami bilishga,o’z bilimlaridan faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik, instruktivme'yoriy hujjatlarnipuxtabilishi vaamalqilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilishi, kam-chiliklami darhol bartaraf qilish choralarini ko’rishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi xalq ta'limini bosh-qarish bo’limlari tomonidan oliy ma'lumotga va 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega 163 shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish, tar-biyalash bo’yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muas-sasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umu-miy ta'lim mahoratini va madaniy darajasini muntazamo’stirib borishiga g’amxo’rlik qiladi, xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao’z vaqtida joydan-joyga ko’chirib turili-shini ta'minlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar rezervini shakllantirib, ular bilan doimiy ish olib boradi. Mudira bolalar bog’chasining butun faoliyatiga, bolalar bog’chasini obodonlashtirish, ko’kalam-zorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarni to’g’ri taqsimlash, muassasani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini to’g’ri tashkil etish, bog’chani rejadagi bolalar bilan to’ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchunjavobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning mala-kasini oshirish ishlari bo’yicha bosh rahbardir. Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilish uchun bolalar muassasasida to’g’ri kun tartibi, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyena qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi, yong’inga qarshi tadbirlaro’tkazadi. Qishga vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlarini g’amlaydi. Bog’cha xodimlarinio’z vaqtida oylik maosh bilan ta'-minlaydi. Ish yuritishni qattiq riazorat qiladi. Faol xodimlarni rag’batlantiradi. Bolalar bog’chasidao’tkaziladigan joriy va kapital ta'mirga bosh rahbardir. Xo’jalik mudiri, ombor mudiri, kir yuvuvchi, bog’bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbato’tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat'iy nazorat tashkil etadi. Tashkliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi: 1) bayram ertaliklarinio’tkazish va rahbarlik; 2) ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa bo’lib kuzatish va tahlil qilish. Masalan, ochiq mashg’ulot, sayrlarni kuzatish; 3) xalq ta'limi bo’limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tajtiyachi va bolalarni ko’rik-tanlovlarga qatnashtirish, yil tarbiya-chisi, san'at bayrami, sport bayramlarinio’tkazish. Mudiraning talim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagi-larda namoyon bo’ladi: a) har bir guruhda ta'lim-tarbiyaviy reja asosidagi ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarinio’rganish va tahlil qilish: guruhning ta'limtarbiyaviy ish rejasi, tashxis daf-tari, bular —o’tkazilgan ishlarning hisobotidir. b) guruhning jihozlanishini nazorat qilish, bunda guruhlarga qarab burchaklar 164 soni takomillashib boradi Mudira kvartalda bir marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar qo’mitasining raisi olib boradi yoki yor-dam beradi. Mudira 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo, kamchiliklar, bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi. Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo’mitasi bilan ish usul-lari quyidagi tarzda amalga oshiriladi: 1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlaro’tkazish. 2. Ota-onalar universitetlari tashkil qilish. Unda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta'limi bo’limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetining asosiy maqsadi oila va bolalar tarbiyasi masalalarinio’rganish va kamchiliklarni, muammolarni hal etishdan iborat. Mudira maktab bilan aloqao’r-natib 1 yilga mo’ljallangan rcja asosida ish ko’radi. Bunda bog’-chaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshirila-digan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga tayyorlash, lotin alifbosinio’rgatish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi. Mudiraning ma'muriy xo’jalik faoliyati bu reja asosida konting bo’yicha bolalarnijoylashtirish, «Uchinchi ming yillikning bolasi»dasturining bajarilishi ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarnio’z vaqtida joy-joyiga qo’yib ish-latishni tashkil etish, bolalami ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etish, yozgi sog’lomlashtirish mavsumlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to’g’ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishdan iborat. Mudira bog’chani kerakli texnikaviy va xo’jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlashi, binonio’z vaqtida ta'mirlashi vao’quv-ko’rgazmali qurollar bilan to’ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer uchastkasini to’g’ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy ko’rikdano’tkazishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi amaldagi qo-nunchilik doirasida maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning kasb-kor va mansab faoliyat-lariga asossiz aralashuvga chek qo’yuvchi zarur choralar ko’radi, maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo’yadi, shu masalalar bo’yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. 165 Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi no-midan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, muas-sasalarva tashkilotlarda uning manfaatini himoya qiladi, kreditlar tarqatadi; shartnomalartuzadi, ishonch qog’ozlarini beradi, bank-larda hisob va boshqa schyotlarini ochadi, u maktabgacha ta'lim muassasasi uchun zarur bo’lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pulo’tkazish yo’li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko’rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar mak-tabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majbu-riydir. Tarbiyachi-metodist, katta meditsina hamshirasi, xo’jalik mudiriningo’z huquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir. Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyida-gilardan iborat: ma'muriy guruh (mudira, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina hamshirasi), pedagogika, meditsina xizmati ko’rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta'lim muas-sasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy re-surslarni biriktiradi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig’ilishidir. Maktabgacha ta'lim muassasasintng umumiy yig’ilishi: -maktabgacha ta'lim muassasalari to’g’risida Nizom asosidao’zining har bir Ustavini (Ustav deyiladi) ko’rib chiqadi va qabul qiladi; -maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zaruriyatini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi; -yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi ya tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pe-dagogik va xizmat ko’rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yoilarini belgilaydi; -jamoa shartnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qo’mitasiga taqdim etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari kadrlarining lavozimi huquqlari va majburiyatlari, ularning boshqaruv vakolatlari va vazifalario’z-bekiston Respublikasining qonun hujjatlari, tegishli me'yoriy huj-jatlar, ta’lim muassasasi Nizomi bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi xalq ta’limi boshqaruv organlari tomonidan oliy maiumotga ega va besh yildan kam bo’l-magan pedagogik stajga ega bo’lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tarbiyalash bo’yicha ishni ma'muriyat, mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Kadrlarni tanlash chog’ida maktabgacha ta’lim muassasasi rahbario’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 205-sonli qaroriga, 166 maktab-gacha ta'lim muassasasi Ustaviga amal qiladi. Bunda da'vogarlarning shaxsiy sifatlari va tanlagan sohaga moyilliklari inobatga olinadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdao’z-o’zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir boigan turg’un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni pedagogik va xizmat ko’rsatish mehnati samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi,o’z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazamo’stirib borishga g’amxo’rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao’z vaqtidajoydan-joyga ko’chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'-muriyat ruhiy-pedagogiko’qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg’unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita mak-tabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadano’tkazish uchun optimal shartsharoitlami ta'minlaydi, ulargao’z vaqtida zarur metodik yordam ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim muassasa-sida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan ish olib boriladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, umumiy yig’ilish qarori bilan, maktabgacha ta’lim muassasasida yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llash ishlari amalga oshiriladi. Kadrlar bilan ishlashda hamkorlik prinsipida ish olib boriladi, bular quyidagilar: a)mutlaq hamkorlik minimumi — jamoa a'zolari soniga va ishni to’g’ri olib borishga suyanadi; b)bekorga vaqto’tkazmaslik, doimo to’g’ri siyosatni izchillik bilan amalga oshirish; d)tezkorlik va fikrlashish, uddaburonlik; e)fikrlashuv natijasini xabar qilish, aniq amaliyotga asoslangan holda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim ishini metodik jihatdan to’g’ri rejalashtirish, maqsadida yillik reja tuziladi. Bolalar muassasasining yillik rejasi davlatimizning xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim sohasidagi qarorlariga hamda xalq ta’limining dasturiymetodik hujjatlariga muvofiq ravishda tuziladi. Yillik reja maktabgacha ta’lim muassasasining istiqbol faoliyatini aks ettiruvchi asosiy hujjatidir. Unda pedagog va xizmat qiluvchi xodimlarning 167 ishlarini tashkil etish masalalari aniqlanadi. Yillik reja tuzishda bog’chaning hamma jamoasi ishtirok etadi. Yillik reja har biro’quv yiliga sentabrdan-sentabrgacha tu-ziladi. Rejani kasaba uyushmasi qo’mitasi va kamolot tashkiloti, ota-onalar qo’mitasi maktab bilan kelishilgan holda rejalashtiriladi. Yillik rejaning kirish qismidao’tgano’quv yilining qisqacha tahlili beriladi, muassasaning holati to’g’risida tushuncha beriladi. Har bir bo’lim alohida tahlil qilinadi, qanday ishlar bajarilganligi, yo’l qo’yilgan kamchiliklarning sababi, nimalarga erishilganligi batafsil muhokama qilinadi. II-qismida yangio’quv yiliga vazifalar qabul qilinadi, vazifalar qabul qilishda maktabgacha ta'lim muassasasining ishini hamda pedagogik jamoaning ishlash qobiliyatlarini, har bir pedagogning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olib, aniq to’g’ri rejalashtiriladi. III-qismda yil davomidao’tkaziladigan tashkiliy ishlar rejalashtirilib, bular «MTM ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishiga, belgilangan vazifalarning aniq bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Yillik rejadagi asosiy tashkiliy ishlar: —pedagogik jamoaning g’oyaviy-siyosiy hamda pedagogik ongini oshirish; metodik ongnio’stirish; ilg’or tajribalarni, pedagogik tajribani almashinish; turli faoliyatlarni nazorat qilish va muhokama qilish, metodik kabinetni jihozlash, dastur talablarining bajarilishini nazorat qilish, ota-onalar bilan ishlash (umumiy va guruh bo’yicha ota-onalar majlislari, ma'ruza va maslahatlar, ko’rgazmali tashviqot ishlari); —ma'muriy-xo’jalik faoliyat (bino remonti, mebellar va boshqa atributlarni remont qilish, ko’chatlar ekish, sport maydon-chasi, fizkultura jihozlarini sotib olish, bolalar hayotini saq-lash va muhofaza qilish ishlari); —xizmat qiluvchi xodimlarning g’oyaviy-siyosiy ongini, islilash malakalarini oshirish. Ishlarni, vazifalarni yil davomiga bir tckis taqsimlash, ish baja-ruvchi shaxslar, muddati, hajmi belgilanadi. Muassasaning har bir xodimi biror bir ma'ruza, tashkiliy ishlar bilan qatnashishi kerak. Bu jamoada ishchan iqlimni shakllantiradi, ishni sermazmun qiladi. Yillik rejada kasaba uyushmasi qo’mitasi, ota-onalar qo’mitasi, tibbiy xodimlarning (bog’cha shifokori va hamshiraning) yillik rejalari aks etadi, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, maktab bilan bog’chaning aloqasi rejalashtiriladi. Pedagog xodimlarning malaka oshirish rejasi ham yillik rejada aks etadi. Yillik reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi hamda jamoa tomonidan ko’rib chiqiladi va yuqori maorif organlari (tuman xalq ta'Iimi bo’limlari, shahar xalq ta'Iimi bo’limlari, viloyat xalq ta'limi bo’limlari va h.k.)ning maktabgacha ta'lim nazoratchi-me-todist tomonidan tasdiqlanadi. Yillik reja xodimlarning foydala-nishlari uchun qulay bo’lgan joyda saqlanadi. Yillik rcja barcha vazifalarini bajarishda muassasaning hamma xodimlari javobgardirlar. 168 Mudira quyidagi shaklda metodik ishlarga rahbarlik qiladi: •pedagogik kengash; •seminar, seminar mashg’uloti; •tibbiy-metodik pedagogik kengash; •ochiq tadbirlarni tashkil etish; •yakkama-yakka ishlash; •jamoa tariqasida maslahat. •Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'hrn-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko’rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg’or tajriba minbaridir. •Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hi-soblanadi. •Pedagogik kengashga bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tar-biyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo’llarini izlash, muassasa ish tajribasiga pedagogika fanining yutuqlari va ilg’or pedagoglar tajribasini joriy qilish, tarbiyachilarning pedagoglik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi. •Pedagogik kengash Xalq ta'limi vazirligi, Xalq ta'Iimi bo’-limlarining maktabgacha ta'lim bo’yicha buyruq, instruksiya, ni-zom va boshqa me'yoriy hujjatlarini; maktabgacha muassasaning yillik ish rejasini; bolalar sog’lig’ini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhi bo’yicha «Maktabgacha ta'Iim muassasasida ta'Iim-tarbiya dasturi»ning sifatli bajarilishi jarayonini; ish tajribasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilaming ilg’or tajriba-larini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berish-ning aktual masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi. •Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnash-chilarni qiziqtiruvchi mavzularning kengligini, aktualligini ta'-minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi. •Pedagogik kengash tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar, mu-siqa rahbari, maktabgacha muassasaga xizmat ko’rsatuvchi shi-fokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi qo’mitasining raisi, ota-onalar qo’mitasining raisi kiradi. Kengash yig’ilishiga jamoat tash-kilotlarining vakillari, maktablaro’qituvchilari, maktabgacha muas-sasada tarbiyalanuvchilarning ota-onalari taklif etilishi mumkin. •Pedagoglar pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan va maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan reja bo’-yicha ishlaydilar. Pedagogik kengash ishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi muhokamasiga qo’yilgan masala qan-chalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’Iiq bo’ladi. •Pedagogik kengashning yig’ilishi ikki oyda bir marta chaqi-riladi, zaruriyat tug’ilganda navbatdan tashqari yig’ilish chaqiri-lishi mumkin. Muhokamaga ko’pi bilan 2—3 masala qo’yiladi, pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtdao’tkaziladi. Pedagogik kengash qarorining loyihasini ma'ruzachi (bolalar bog’chasining mudirasi yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi. •Seminarlar pedagoglarning nazariy, metodik bilimlarini, mu-taxassislik, 169 malakasini oshirishning keng tarqalgan shakli bo’lib,o’qituvchilar malakasini oshirish instituti va metodik kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi. •Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika bo’-yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb masalalarini hal etishdir. Seminaro’quv tema-tika rejasi 1 yilga mo’'ljallangan bo’lib, shahar, tumanda seminar oyda 1—2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat va respublikada esa 5—12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi. •Seminarlar ish sifatini yaxshilash maqsadida ilmiy tekshirish instituti tomonidano’quv tematikasining rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan. •Seminaro’quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va mudira tarbiyachilar bilan birgalikda tanlaydi, pedagogik kengash uni tas-diqlaydi, bu yillik rejada aks etadi, so’ngra metodist faol tarbiya-chilar bilan birgalikda seminar ishining aniq rejasini ishlab chiqadi. •Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan-yilga takrorlanmasligi kerak. Bu seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi. Har bir seminarda quruq nazariyachilikka yo’l qo’ymay,o’rganilayotgan materialni hayot bilan bog’Iash kerak. •Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi. Seminar mavzulari taxminan shunday bo’lishi mumkin: •1. Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr vrach yoki psixolog olib boradi). •2. Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish. •3. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash. •4. Tarbiyachining bolalar bilano’zaro munosabatlari va h.k. •Seminar mashg’ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarinio’stiruvchi ish shakli bo’lib, bunda: bolalar loy, applikatsiya, qurish-yasash, badiiyo’qish, ashula aytish, raqsga tushish va boshqa ishlarni amalga oshiradilar. Ular mutaxassis yordamida amaliy ji-hatdan saviyalarinio’stirib boradilar. Seminar mashg’ulotlariga mudira, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi. Seminar mashg’uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi. •Tarbiyachilarning bilimlarini boyitish maqsadida yangi metodik va pedagogik adabiyotlar, sohaga oid jurnaldagi maqolalaro’rga-nilib, muhokama qilinadi. Maktabgacha ta'lim xodimlarning dunyo-qarashlarini kengaytirish maqsadida esa shahar va tumanning diq-qatga sazovor yodkorliklarigao’quv ekskursiyalari tashkil etiladi. Bir yilda 3—4 martao’quv ekskursiyalar tashkil etiladi. Muzeylarga ekskursiya tashkil etilsa yanada yaxshi, chunki bundan olingan taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi. •Vaziyat tug’ilganda metodist tomonidan yakkama-yakka maslahatlaro’tkaziladi. Uzoqjoylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi. •Jamoa maslahati 1 oyda 1 martao’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi,o’tkazish muddatini belgilab tuman shartsharoitidan kelib chiqilgan holdao’tkaziladi. •Tarbiyachilarning g’oyaviy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va ishlash malakalarinio’stirish uchun turli mavzular bo’yicha ma'ruzalaro’tkaziladi. Bular 170 siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin. •Maktabgacha ta'lim xodimlariningo’z ustida ishlashlari g’oya-viy-siyosiy saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan usuldir. Metodik ishlarni jamoa ish shakli bilan birgalikda olib borilsa, bilim manbayi boyib boradi.Yillik rejada maktabgacha ta'lim bo’yicha ayrim nazariy ma-salalarni, maktabgacha ta'lim dasturini, dasturiy-metodik mate riallarnio’rganish rejalaslitiriladi.o’z ustida ishlashda faqatginao’r-ganiladigan mavzular cmas, balki undagi asosiy savollar, masalalaro’rganiladi adabiyotlar ko’rsatiladi. •Mudira kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar bilano’z ustilarida ishlashni qanday tashkil etishi yuzasidan suh-batlashishi, yordam ko’rsatishi shart. •Bu tadbirlarning tizimli, aniq reja asosida olib borilishi goyat muhimdir. Tashkiliy-pcdagogik vazifalarni amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit. kerakli materiallar, bajaruvchi — javobgar shaxslar, ularni hisobga olib borisho’quv yilining boshida bel-gilanadi, buni mudira doimo nazorat qilib boradi. •Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar qo’mitasining raisi belgilanadi. •Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo’I qo’yilayotgan kamchiliklar joyida hal etiladi. Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar. •Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka suhbatlar tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va bog’cha mu-dirasi masalalarni ilmiy asoslangan holga hal etmog’i lozim. Mas-lahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa guruhlarda «ko’-chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. •Maktabgacha ta'Iim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda — kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tar-biyasiga oid kitoblar otaonalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi. •Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu otaonalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yon-doshishga yordam beradi.
Yüklə 60,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin