Ta`limiy: DTS talablari asosida dars o`tish ,o'quvchilarning qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash; o'quvchilarni tabiatga estetik munosabatini shakllantirish. T.k.2 televizordan to‘g‘ri foydalanish. T.k.6 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish.
Tarbiyaviy: ularning badiiy fikr doirasini kengaytirish; o'quvchilarning estetik didini o'stirish; T.k.3mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish. T.k.4 o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish.
Rivojlantiruvchi: ; ularning tasviriy malakalarini shakllantirish; kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish; F.k.1 naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi. F.k.2 tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish va naturadan rasm ishlash.
Darsning usuli: Yangi bilim berish.
Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun:Mavzuga oid rassomlar tomonidan ishlangan san’at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, gullar. b) O’quvchilar uchun: Rasm daftar, qalam, o’chirg’ich, yozuv daftari, toza latta.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism :Salomlashish , davomatni aniqlash, navbatchining axboroti.
Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash.O'tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish.
O'tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan topshiriqiar tekshiriladi, ba’zi ishlar baholanadi va namoyish qilinadi. Iqtidorli o'quvchilar ishi ham tekshiriladi va ularning muallifflari rag'batlantiriladi.
Ш. Yangi mavzuning bayoni: Dars mavzusiga kirish: 1- oktabr – O`qituvchi va murbbiylar kuni. Ustozlar bizlarga o`qish va yozishni o`rgatadilar Kelajakda yaxshi inson bo`lishimizni ta`minlaydilr. Bu bayramda ularni tabriklashni unutmasligimiz kerak Gullarning go'zallik ramzi ekanligi, ularning rassomlar asarlarida aks ettirilishi yuzasidan suhbat savol-javob orqali amalga oshiriladi. Barglarning o'ziga xos shakli, ularning ba’zilari dumaloqroq, ba’zilari uzunchoq, ba’zilarining cheti tekis, boshqalariniki jimjimador ekanligiga e’tibor qaratiladi. O'qituvchi o'quvchilarni Tabriknomani eskizini bosqichlar asosida ishlashni bosqichlari bilan tanishtiradi va chizib ko'rsatadi.
Asosiy qism:
Tasvir o`lchamlarini belgilash Tasvirni xomaki ishlash Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar xayolan gullardan tuzilgan guldasta rasmini ishlaydilar. O'qituvchi tomonidan gullardan guldasta rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. O'quvchilar guldasta rasmini chizishga kirishadilar. IV.Darsni mustahkamlash; Darslikda berilgan savollar yordamida o'tilgan mavzu takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.