Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg`ona filiali



Yüklə 21,69 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü21,69 Kb.
#171103
Qo`shmonov Jumabekning Elektronika fanidan mustaqil ishi 1


MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI

MUSTAQIL ISH


Kafedra nomi;
Mavzu; Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy va
Ustida amallarni bajarish algoritmi.

Bajardi; Qo`shmonov Jumabek


Qabul qildi; Umurzakova D.M
Mavzu; Steklar va navbatlar.Ularni mantiqiy tasvirlash va ustuda amallar bajarish.

Reja;


  1. Steklar va navbatlar

  2. Mantiqiy tasvirlash

  3. Ustida amallar bajarish


Stack -bu yana bir chiziqli ma’lumot tuzilmasi bo’lib, u ham Linked listning maxsus bir ko’rinishi hisoblanadi. Stackda har bir tugunda ma’lumot va o’zidan oldingi tugun adresi saqlanadi. Shuning uchun unda faqat oxirgi qo’shilgan ma’lumot ustidagina qandaydir amal bajarish mumkin.
Ko’pchilikni “hayotini saqlab qolgan” CTRL+Z operatsiyasini ko’z oldingizga keltiring. Har safar bu tugmalarni bosganda oxirgi qilgan ishlaringiz orqadan oldinga qarab chiqib keladi (bekor qilinadi). Huddi shu yerda stack tuzilmasi ishlatilganini ko’rishimiz mumkin.
Stackga hayotiy misol sifatida bir uchi yopiq bo’lgan trubani keltirish mumkin. Trubaga do’stingiz bir nechta turli rangdagi sharlar tashladi. Endi siz sharlar rangini bilish uchun faqatgina do’stingiz oxirgi bo’lib truba ichiga tashlagan sharning ranginigina ko’ra olasiz. Qolgan sharlarni ko’rish uchun do’stingiz tashlagan tartibdan teskari tartibda ularni olib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Rekursiv funksiyalar ham huddi shunday ishlaydi. Oxiriga yetmagan funksiyalar (return bo’lmagan) kelgan joyidan rekursiya stekiga tashlab ketilaveradi va keyin ular orqadan oldinga qarab bajariladi. Operatsiyalarning bunday ko’rinishda bajarilish jarayoni LIFO (Last In First Out) deb ataladi.
Stacklar bilan ishlashda doim eng oxirgi element adresi “esda saqlanadi” va bu element ko’pincha top deb ataladi.
Stack ustidagi asosiy amallar

  • Stackga element qo’shish (Push)

  • Stackdan elementni olish. Element o’chiriladi (Pop)

  • Stackdagi top elementni ko’rish. Element o’chirilmaydi (Peek)

  • Stackni bo’shlikka tekshirish (isEmpty)

Queue (Navbat)
Queue ham Stack singari chiziqli ma’lumot tuzilmasi bo’lib, hayotdagi oddiy navbat singari ishlaydi. Shu sababli Stackdan farqli o’laroq Queueda eng oxirgi qo’shilgan elementga emas birinchi qo’shilgan elementga birinchi bo’lib “xizmat ko’rsatiladi”. Operatsiyalarni bunday ko’rinishda amalga oshirilishi esa FIFO (First In First Out) deb ataladi. Queueni tasavvur etish uchun quyidagi rasmning o’zi yetarli deb o’ylayman

Image source: tutorialspoint.com
Queuega dasturiy misollar sifatida printerga narsalarni chop qilishni uzatishni, yoki protsessor operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini misol keltirish mumkin (protsessor ishlashi har doim ham FIFO ga asoslanmaydi). Yanayam qiziqrog’i hammamiz yoshligimizda (yoki hozir ham) o’ynashni yaxshi ko’rgan iloncha o’yinini Queuega misol qilish mumkin
@AlgorithmUz telegram kanali

Yüklə 21,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin