Muhammad Al Xorazmiy nomidagi tatu urganch filialining 972-21 guruh talabasi Ochilov Akbarning Dasturlash fanidan yozgan Mustaqil ishi


Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm



Yüklə 20,26 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü20,26 Kb.
#178975
1   2   3
Dasturlash 7

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Algoritm, algorifm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algoritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga 9-asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akad. A. N. Kol-mogorov). Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar nazariyasi paydo bo‘ldi. Oʻzbekiston Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha universitetlarda, Toshkent davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi.
  1. Asosiy qism.


    1. Algoritm va ularning turlari.




Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asos- lanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma- xil misollar keltirish mumkin. Demak, algoritm deganda, biror maqsadga erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo'ljallangan ko‘rsatma (buyruq)laming aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi. Bu algoritm tushunchasining matematik ta'rifi bo’lmasa ham intuitiv ma'noda algoritmning mazmunini ochib beruvchi tavsifidir.
Algoritmni tasvirlashni turlicha usullari mavjud. Odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz. Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi. 3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi. 4. Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. Men ushbu kurs ishimda algortimni asosan blok-sxemalar orqali ifodalaganman.
Algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- chiziqli algoritmlar;
tarmoqlanuvchi algoritmlar;
- takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;
- ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;
- rekurrent algoritmlar;
- takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
- ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga - chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:

Bosh.


Kiritiladigan qiymat

1-amal


2-amal

n-amal

Chop qilish
Tamom

Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi struktura berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.


- shart


+ -

A-amal


B-amal

Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, P - berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha A - amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha B - amal bajariladi.


Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog‘idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko‘rinishga ega:

P - shart



amal



Yüklə 20,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin