BETWEEN amali maydon qiymatini berilgan intervalga kirganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi natijani BETWEEN operatoridan foydalanib olish mumkin:
SELECT * FROM Doktorlar WHERE ID BETWEEN 2 AND 3
Misol: Familiyalari A xarfi bilan boshlanuvchi talabalar ro‘yxatini tanlab olish. Bunday xolatda LIKE operatoridan foydalanish qulay hisoblanadi. LIKE operatori faqat simvolli maydonlar uchun qo‘llaniladi va maydon qiymati operatorda ko‘rsatilgan namunaga mosligini tekshirish imkonini yaratadi. Namuna quyidagi maxsus simvollardan tashkil topadi:
_ (tagiga chizish belgisi) – bitta ixtiyoriy simvolni bildiradi;
% (foiz belgisi) – ixtiyoriy miqdordagi simvollar ketma – ketligini bildiradi.
Xulosa: Malumotlar bazasi fanidan quyidagi mustaqil ishni qilish davomida men o’tilgan mavzularni qaytadan o’qib o’sha mavzulardagi bilimlarimdagi kamchiliklarni ko’rdim.Mustaqil ishimchi qiziqarli va rangli qilishga bir qarashda zerikarli ko’rinishga ega bo’lmasligiga harakat qildim.Malumotlar bazasi hayotimizni har jabhasida bizni o’rab turibdi va biz shu bazani bir elemntimiz .Buni shunchaki bir oddiy misol ya’ni tug’ilganimizda olinadigan “Tug’ilganlik haqida guvohnoma” olishimizni misol qilishimiz mumkin.Bu bazada bizni shaxsiy ma’lumotlarimiz saqlanadi va ular vaqt o’tgan sari o’zgarib boradi.Deylik, familya,yosh,pasport seriya raqamlari, yashash manzilimiz va yana boshqa variantlarni keltirishimiz mumkin.Bu baza shunchaki hozirgi hayotimizda emas balki kelajakda ham bizga kerak bo’ladi .Ishlashimiz davomida biz bu MB nomli devor bilan yopilgan yo’lakka duch kelamiz.Agar biz MB bilan ishlashni o’rgangan bo’lsak bu devor hayot yo’llarimiz davomida oldimizdan chiqmaydi.
Quyida mustaqil ish davomida men MB bilan ishlashda ishlashda ishlatiladigan asosiy buyruqlar va MB ning asosiy va negiziy tushunchalari haqida bilib oldim.Shuningdek MB bilan ishlovchi maxsus dasturlardan biri MySql dasturini kompyuterga qanday o’rnatish va bu maxsus muhitda ishlashni ma’lum bir doirada bilib oldim, va bilishda davom etyapman.Bu mustaqil ish davomida men bilganlarimni takrorlab bilmagan mavzularimni to’dirib oldim.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.R.V.Qobulov, B.B.Akbaraliyev, J.T.Usmonov,O.B.Ro’ziboyev,Ma’lumotlar bazasi.(O’quv qo’llanma )-T:.<>,2021.-140 b.
2.Rahul Batra.Sql Primer An Accelerated introduction to SQL Basics.//Gurgaon,India.2019.-P 194.
3.Usmonov J.T .,Xo’jaqulov T.A. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi fanidan labaratoriya ishlarini bajarish bo’yicha usubiy ko’rsatma -T.:TATU,2016.-55b.
Internet saytlari:
1.www.intuit.ru;
2.www.oracle.com;
3.www.library.tuit.uz;
4.www.ziyonet.uz;
5.www.arxiv.uz.