Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti


Process sinfini tanlangan xossalari



Yüklə 231,13 Kb.
səhifə3/6
tarix20.01.2022
ölçüsü231,13 Kb.
#51437
1   2   3   4   5   6
O’RNATILGAN OPERATSION TIZIMLARDA SEMAFORLAR

Process sinfini tanlangan xossalari.

EditTime→ Bu xossa yakunlangan jarayonlar bilan boglangan vaqt metkasini ajratish imkonini beradi( DataTime tur yordamida).

Hadle→bu xossa operatsion tizim jarayoniga belgilangan deskriptorni qaytaradi(intPtr yordamida). .NET ilovasini yaratishda foydali bo‘lishi mumkin.

Id→ bu xossa mo‘ljallangan jarayonni identifilatoriga (PID) ega bo‘lish imkonini beradi.

MachineName→ bu xossa mo‘ljallangan jarayon bajarilayotganda kompyuter nomiga ega bo‘lish imkonini beradi.

MainWindowTitle→ bu xossa jarayon bosh oyna sarlavhasiga ega bo‘lish imkonini beradi (agar jarayonda bosh oyna bo‘lmasa bo‘sh qatorni qaytaradi).

Modules→ bu xossa mazkur jarayon ichida yuklangan (*.dll yoki*.exe) modullar to‘plamini beruvchi ProcessModuleCollection turlashtirilgan kolleksiyaga kira olish imkonini beradi.

ProcessName→ bu xossa jarayon nomiga ega bo‘lish imkonini beradi .

Responding→ bu xossa jarayonni foydalanuvchi interfeysi foydalanuvchi kirishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib beruvchi qiymatni qabul qilish imkonini beradi (yoki ayni vaqtda «uchish» holatida bo‘ladi).

StartTime→ bu xossa jarayon ishga tushganda vaqt qiymatini qabul qilish imkonini beradi (Date Time turi kurinishida).

Threads → bu xossa berilgan jarayondagi bajarilgan oqimlar to‘plamiga ega bo‘lish imkonini beradi (Process Thread ob’ektlar kolleksiyasi yordamida namoyon bo‘ladi)

O‘rnatilgan operatsion tizimlar o‘rnatilgan operatsion kompyuter tizimlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlardir. Bunday OTlar ixcham, zahiralardan foydalanish nuqtai nazaridan samarali, ishonchli bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, o‘rnatilmagan kompyuter operatsion tizimlarining ko‘plab foydalanilmaydigan funksiyalari maxsus ilovalargi moslashtirilgan holda maxsuslashtiriladi va tashlab yuboriladi. Ko‘p hollarda o‘rnatilgan operatsion tizim deganda real vaqt operatsion tizimlari tushuniladi, va aksincha real vaqt operatsion tizimi deganda o‘rnatilgan operatsion tizim tushuniladi.

Odatda, o‘rnatilgan operatsion tizim ishlayotgan apparat ta’minot zahiralari imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi, masalan tezkor xotira qurilmasi (TXQ, RAM-Random Access Memory) va doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ROM – Read Only Memory). Shuning uchun ham o‘rnatilgan apparat ta’minoti uchun yaratiladigan tizimlar nihoyatda maxsuslashtirilgan bo‘ladi, bu esa cheklangan zahiralar tufayli (low if compared to non-embedded systems) bunday tizimlar maxsus masalalar yoki sohani qamrab oladi. Asosiy (yoki bitta) markaziy protsessorning qayta ishlash qudratidan maksimal darajada foydalanish uchun o‘rnatilgan tizim yaratuvchilari bunday tizimlarni yozishda ko‘p hollarda Assembler tilidan foydalanadilar. Bu samarali mashina tili tezlik va determinizm nuqtai nazaridan qurilmalardan maksimal foydalanish imkonini beradi, bu esa o‘rnatilgan operatsion tizimning javob berish qobiliyatini maksimallashtiradi. Ammo bu barcha o‘rnatilgan operatsion tizimlarning Assembler dasturlash tilida yozilgan ekanini bildirmaydi, ko‘plab o‘rnatilgan operatsion tizimlar C va Java kabi tillarda yoziladi. To‘liq operatsion tizimlardan farq qilib, o‘rnatilgan operatsion tizimlar ilovalarni yuklamaydi va bajarmaydi, bu esa o‘rnatilgan operatsion tizimlarning faqat bitta ilova bilan ishlay olishini bildiradi.


Yüklə 231,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin