Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish Mavzu: Elektron raqamli imzo va uni respublikamizda tadbiq etilish holati
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Mustaqil ish
Mavzu: Elektron raqamli imzo va uni respublikamizda tadbiq etilish holati
Kirish Ushbu mustaqil ishda elektron raqamli imzo haqida,Undan foydalanish,qulaylik,zaiflik tomonlari yoritildi. ELektron raqamli imzodan hozirda ko'plab tashkilotlar foydalanishadi. ERI ko'plab kishilarning ishlarini osonlashtirishda bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.Masalan,biror tashkilotni rahbarining imzosi kerak bo'lib qolsa,U kishi ishxonada yo'q bo'lsa, ERIdan foydalanish ko'pchilikning vaqtini tejab qolishida xizmat qiladi.Elektron raqamli imzodan foydalanishda buzg'unchilarning hujumlarini oldini olish maqsadida ham ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Buzg'unchilar ERI haqida ma'lumotlarga ega bo'lgan holatda ular ushbu imzodan foydalanib,juda ko'plab iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun ERIlarning xavfsizligiga jiddiy e'tibor qaratilishi kerak.Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlar Elektron raqamli imzodan foydalanishni qonuniy asosda yo'lga qo'yishgan.Elektron raqamli imzolar kalitlarini sertifikatlarini ro'yxatga olish markazlari faoliyat olib bormoqda.Elektron raqamli imzo,qo'lanilishi haqida quyida yanada to'liqroq ma'lumot beriladi.
Elektron raqamli imzo haqida Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o`zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo`qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog`oz hujjatga shaxsan qo`yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron ma’lumotlarni kriptografik o`zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo ma’lumotlar blokiga qo`shib qo`yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo`li bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo`yganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro`yxatga olish markazlari tomonidan beriladi Bugungi kunda butun jahonda bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda.Aloqa sohasida ham axborot texnologiyalari yangi pog'onaga ko'tarilmoqda. Bu o'rinda elektron pochta, elektron hujjat alohida ahamiyatga ega. Elektron pochta o'zaro bog'langan kompyuterlar tarmog'i yordamida matbuot xabarlari (matn, rasm, chizma) va hatto tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u istalgan vaqtda kerakli ma’lumotni izlash va undan foydalanish imkonini beradi. Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo'lgan axborotdir. Elektron hujjat quyidagi tushunchalarga asoslanadi: elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo'yuvchi shaxsning o'ziga ma’lum bo'lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron hujjatda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligi tekshirilgandagi ijobiy natija kuzatiladi. Uzoq masofadan televizion tasvirlarni qabul qilish, uzatish yoki dunyodagi barcha davlatlar bilan telefon aloqasini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan Yer sun’iy yo'ldoshlarining ishlari ham kompyuter va maxsus dasturga asoslanganligi sir emas.