Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish Mavzu: php mvc texnologiyasi



Yüklə 156,6 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü156,6 Kb.
#106357
mvc


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Mustaqil ish

Mavzu: PHP MVC texnologiyasi
Bajardi: To'lqunov Zayniddin

Web ilovalarining ishlash tamoyillari hamda ASP.NET MVC
texnologiyalari haqida

Web-ilova - bu shunday ilovaki, server bajarayotgan barcha ishlarini
Internet orqali klient qurilmasiga yuboradi. Ularni qo'llash uchun Web-browser
zarurdir.
Web-texnologiyalar bilan bog'liq texnologiya bilan ishlashda turli xil
dasturlar mavjud bo'lib, ular vaqt o'tgan sayin o'zgarib, murakkablashib
bormoqda. Ya'ni texnika-texnologiyalarining keskin suratda rivojlanishi yangidan
yangi dasturlash tillarini o'rganishni va bilishni talab etmoqa. Hozirgi kunda bu
dasturlardan eng zamonaviysi Visual Studio 2013.ASP.NET va berilganlar
bazasi SQL Server 2012shular jumlasidandir. Visual Studio 2013- bu dastur
yaratuvchi uchun Microsoft platformasida dastur (ilova) yaratish imkonini
beruvchi instrumentlar ya'ni uskunalar to'plamidir. ASP.NET bazasida
dasturlash uchun VisualStudio.NET redaktoridan foydalaniladi. ASP.NET

ilovasi turli xil dasturlash tillarida yaratilishi mumkin. Odatda bu dasturlash tillari
Visual Basic va C# tillari hisoblanadi. Ushbu tizimni yaratish jarayonida nega
endi aynan Visual Studio 2013: ASP.NET dan foydalaniladi? degan savolni
qo'yilishi tabiiy. Chunki web-texnologiyalar bilan ishlovchi, Web-formalarni
yaratish imkoniyati mavjud bo'lgan bir nechta dasturlash tillari mavjud. Aynan
Visual Studio 2013: ASP.NET dan foydalaninshning sababi Visual Studio 2013
tarkibiga kiruvchi ASP.NET Web sahifalarni bevosita dasturlash jarayonida
yaratish imkonini beradi. Unda web sahifaning HTML kod (Sourse) va C# da
dasturlash orqali amalga oshirsa bo'ladi.
ASP.NET boshqa web-ilovalarni yaratuvchi plotformalardan farqli bir
qancha afzalliklarga ega. Eng asosiy afzalliklaridan biri bu - dasturlash uskunakari
va Windows serveri bilan integratsiyalashuvidir.
Web-loyihalar bilan ishlash jarayonida ko'pgina hollarda mavjud bo'lgan
instrumentlar to'plami kerakli talablarni qanoatlantirmasligi muammosiga duch
kelamiz. Web-ilova web-serverni HTML-kodni kliyentga yuborishga majbur
qiladi. Bunday kodlar Internet Explorer kabi web-brouzerlarda aks etadi.
Brouzerning Adreslar satriga foydalanuvchi URL-adresni kiritganda Webserverga HTTP- so'rov yuboriladi. HTTP-so'rov tarkibiga so'ralgan fayl nomi va
quyidagi qo'shimcha ma'lumotlar kiradi: identifikatsiyalanuvchi kliyent ilovasi,
klient tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi tillar, kerakli so'rov bo'yicha qo'shimcha
ma'lumotlar. Web-server Web-brouzer asosida foydalanuvchiga matnli darcha,
tugmalar va ro'yxatlarni ko'rsatuvchi tarkibiga HTML-kod kiruvchi HTTPprotokolini qaytaradi.
ASP.NET - bu dinamik web-sahifani server tomonda kod yordamida
yaratishga mo'ljallangan texnologiya hisoblanadi. Bu web-sahifalar Windowsning
kliyent dasturlariga o'xshash turli dasturlar orqali ham yaratilgan bo`lishi mumkin.
Kliyent tizimlarda Web-ilovalar uchun ASP.NET ni qo'llash uchun oddiygina
Web-brouzer zarur bo'ladi. Bunda Internet Explorer, Opera, Netscepe Navigator,

Firefox yoki ixtiyoriy HTML ni qo'llab-quvvatlovchi web-brouzer va bunda
.NET platformasini o'rnatish zaruriyati yo'q.
Server tizimlari ASP.NET muhitida bajariluvchi bo'lsa u o'rnatilgan bo'lishi
zarur. Agar sistemada Internet Information Services (IIS) xizmati o'rnatilgan
bo'lsa, Net Fremwork platformasini installyatsiya qilayotgan vaqtda server
bajariluvchi ASP.NET muhitni konfiguratsiya qiladi. Ishlab chiqish jarayonida
Visual Studio o'zining shaxsiy ASP.NET Web Development Serveriga ega
bo'lagani uchun IIS bilan ishlashga hech qanday hojat qolmaydi.
Quyidagi sxemada Web-brouzerdan kelib tushgan so'rov bo'yicha
bajariluvchi ASP.NET muhitini qanday ishlashini 2-rasmda ko'rishimiz
mumkin.


Hozirgi kunda Amerika, Yevropa va Isroilda ASP.NET dasturchilar PHP
dasturchilariga nisbatan o'n barobar ko'p. Bu esa shuni izohlaydiki, katta va
qimmat hisoblanadigan loyihalarni yaratishda PHP dan ko'ra ASP.NET da
yozilgan dasturlar tezroq ishlaydi va deyarli ishdan chiqmaydi.



Yüklə 156,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin