4. Hisobot mazmuni: 1) o’lchash sxemalari;
2) olingan bog’liqliklar jadvallari va grafiklari;
3) o’lchash va hisob natijalarining tahlili.
5. Nazorat savollari. 1. Yarimo’tkazgichli diod to’yinish toki qanday fizik mohiyatga ega ?
2. Ideal yarimo’tkazgichli diod VAXsining tenglamasini yozing va undagi parametrlarning fizik ma'nosini tushuntiring?
3. Diodga qo’yilgan kuchlanish qiymati va qutbi undagi p-n o’tish kengligiga qanday ta'sir ko’rsatadi ?
4. Diodning elektr modeli sxemasini chizing. Sxemadagi elementlar va ularning parametrlarini tushuntiring?
5. Germaniyli va kremniyli diodlarning VAXsi bir xil sharoitda farqli bo’lishiga sabab nima va u diodlarning qaysi parametrlari bilan ifodalanadi?
6. Yarimo’tkazgichli diod elektr modeli parametrlarini tajribada qanday aniqlash mumkin?