etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga
olib chiqiladi;
oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari,
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori
impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop
etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi,
shuningdek
respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga
bosqichma-bosqich kiritilishi ta'minlanadi;
O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim
dasturlarini amalga oshiruvchi "xab"ga aylantiriladi;
oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy ta'lim va
ilm-fan texnologiyalari jalb etiladi;
talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta
tashabbus
asosida rivojlantiriladi;
oliy ta'lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi, shu
jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng
jalb qilish hisobiga yaxshilanadi, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi
moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi va moliyaviy barqarorligi
ta'minlanadi;
ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari
bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi;
aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan
imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasi
oshiriladi, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlar yaxshilanadi.
Dostları ilə paylaş: