Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar 
 
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 
O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: 

STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va 
tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida 
urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot 
talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat 
ta’lim standartlari joriy etiladi; 

xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda 
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar 
(PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da O‘zbekiston Respublikasining 
doimiy ishtiroki ta’minlanadi; 

ta’lim dasturlari va muassasalarini akkreditatsiya qilish uchun 
O‘zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro birlashmalarga kirishi 
ta’minlanadi; 

xorijiy til, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini 
chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik materiallar va multimedia 
mahsulotlarining yangi avlodlari tayyorlanadi; 

muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalari 
negizida 
tarmoq 
maktablari 
yaratiladi 
va 
ushbu 
tarmoqqa 


o‘quvchilarni qamrab olish koeffitsiyenti past bo‘lgan boshqa 
maktablar ham kiritiladi; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 
bittadan Prezident maktablari tashkil etiladi; 

4 860 umumta’lim muassasasi tasdiqlangan baholash mezonlariga 
muvofiq “Zamonaviy maktablar”ga aylantiriladi; 

davr talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlar malakasini oshirish 
kurslarining o‘quv dasturiga asosan o‘qituvchilarga metodik yordam 
ko‘rsatish maqsadida elektron resurslar yaratiladi; 

maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish va bolalarni maktabdan 
tashqari ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish o‘quvchilar umumiy 
soniga nisbatan 50 foizga yetkaziladi; 

oliy ta’lim muassasalarida “Xalq ta’limi sohasida boshqaruv” 
yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi; 

umumta’lim fanlari bo‘yicha 3 mingga yaqin pedagog ixtisosligi 
bo‘lmagan kadrlar pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarida 
o‘qitiladi; 

xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarining elektr 
energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir, ichimlik suvi va boshqa kommunal 
xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlanishi tashkil etiladi; 

barcha ta’lim muassasalarining internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi 
ta’minlanadi; 

barcha umumta’lim maktablarida o‘zlashtirish jurnallari va kundalik 
yozuvlarning elektron shakllaridan foydalanish, davomatni masofadan 
monitoring qilish, o‘quvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati 
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy 
etiladi; 

barcha umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va 
boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini 
ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi; 

barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchining identifikatsiya 
kartalari (ID-karta, NFC belgisi va boshqalar) joriy etiladi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin