2-bob. Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimi umumiy o‘rta va maktabdan
tashqari ta’limni o‘z ichiga oladi.
Xalq ta’limi tizimida turli ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga
qaratilgan muassasalar — o‘qitish darajasi ta’lim standartlaridan yuqori
bo‘lgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati
cheklangan bolalar uchun ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi.
2019-yil 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 9 691
ta umumta’lim maktablari (jumladan, ayrim fanlar chuqurlashtirib
o‘qitiladigan 350 ta davlat ixtisoslashtirilgan muassasalari) mavjud.
Umumta’lim maktablaridagi umumiy o‘quvchilar soni 5,8
millionni tashkil qiladi. Shuningdek, 86 ta nodavlat ta’lim muassasasida
13,8 ming nafarga yaqin o‘quvchi tahsil oladi.
Bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish imkoni
yaratilgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (“Barkamol avlod”
markazlari) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Barkamol avlod” markazlarida 5
540 ta to‘garak tashkil etilgan va ularga 143 ming nafarga yaqin bolalar
qamrab olingan.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang‘ich kasb-
hunar ta’limi joriy etilgan bo‘lib, 51 turdagi ishchi kasblar bo‘yicha
kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarida 1 748 ta o‘quv-
ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan.
Xalq ta’limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar uchun 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-
internat mavjud bo‘lib, ularda 20 610 nafar bola ta’lim olmoqda.
Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan va
uzoq muddatli davolanishga muhtoj 13 437 nafar bolalar uyda ta’lim
olmoqda.
Alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj
bolalarning ta’limi 2 ta ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasida
amalga oshirilmoqda. 19 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar
shaharchasida 2 577 nafar yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda.
Xalq ta’limi tizimiga oid qonunchilikda, institutsional
rivojlanishda, maktab yoshidagi bolalarga zamon talablariga mos
ravishda ta’lim-tarbiya berishda ayrim bo‘shliq va kamchiliklar mavjud,
shu jumladan:
a) umumiy o‘rta ta’limni boshqarish sohasida:
-
umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta’lim sifatini
yuqori bosqichga ko‘tarish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida
hal etish talab etilmoqda;
-
umumta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ
xaraktyerga egaligi, ularni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarning yetishmasligi amalga oshirilayotgan
islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
-
mahalliy davlat hokimiyati organlari umuta’lim muassasalari
faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa
ma’lumotlarni to‘plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi
haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda;
-
davlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta’lim muassasalarini
boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
darajasi pastligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga
oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish
imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini ortiqcha
byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda;
-
xalq ta’limi tizimida ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning
rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik
subyektlarining ta’lim sohasidagi muammolarni hal etishdagi
ishtirokini cheklamoqda;
-
xalq ta’limi tizimida boshqaruv vertikalini amalga oshirish
mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi tuman (shahar) xalq
ta’limi bo‘limlari rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab
bo‘lmoqda;
-
umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish, shuningdek o‘quv
jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish
bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda;
b) kadrlarni tayyorlash sohasida:
-
matematika, fizika, kimyo, informatika, ingliz tili va boshqa chet
tillari kabi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlar yetishmovchiligi
kuzatilmoqda;
-
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoniga uzoq hududlardagi
talabalar uchun o‘qishga kirishda imtiyozlarning yo‘qligi sababli tog‘
va cho‘l hududlaridagi maktablarda o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori
darajada qolmoqda;
-
umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining 14 foizini o‘rta maxsus
ma’lumotli mutaxassislar tashkil etmoqda;
-
pedagogika
yo‘nalishidagi
oliy ta’lim muassasalari o‘quv
dasturlariga
bo‘lajak
pedagog
uchun
mazmuniy
yuklama
bermaydigan ayrim fanlar kiritilgan;
-
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarning mazmunan
eskirib qolganligi, shuningdek pedagogik amaliyotning yuzaki
o‘tilishi bo‘lajak pedagogning kasbiy sifatlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda;
-
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari umumiy sonining qariyb 25
foizini “Pedagogika” mutaxassisligi bitiruvchilari tashkil etishi va bu
mutaxassislik eng ommaviylardan biri bo‘lishiga qaramasdan, uning
jozibadorligi pastligi sababli pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilarining o‘z kasbi bo‘yicha mehnat qilish
motivatsiyasi past darajada qolmoqda;
-
pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini
aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqish lozim;
-
direktor va o‘qituvchilar bilishi va bajarishi kerak bo‘lgan aniq
belgilangan milliy standartlarning mavjud emasligi, ularning
salohiyati o‘sishiga hamda amaldagi muassasalar rahbarlarini tanlash
va tayinlash tartibining samarasizligiga olib kelmoqda;
-
mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlariga mos
emasligi, malaka oshirish kurslari mazmuni va qo‘llaniladigan
usullar
eskirganligi,
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali o‘qituvchilarni masofadan
qayta tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi o‘qituvchilarning
bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti;
-
ko‘p yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali va tajribali pedagoglar
ingliz tili yoki kompyuter savodxonligi bo‘yicha yetarli bilimga ega
emasligi sababli attestatsiyadan o‘ta olmaslik holatlari kuzatilmoqda;
-
o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan maktablarda kadrlar
tarkibi salohiyati pastligi tufayli talab darajasidagi ta’lim sifati
ta’minlanmayapti;
v) o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida:
-
o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish talab
etilmoqda;
-
ayrim maktablarda o‘quvchilar soni sinfda o‘quv jarayoni sifatining
keskin pasayishiga olib keladigan darajada oshib ketgan;
-
pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash lozim;
-
darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish
va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib qolmoqda hamda
ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etmoqda;
-
davlat
ta’lim
standartlari
kompetensiyaviy
yondashuvga
asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari,
shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni
yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash,
axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa
malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda;
-
foydalanilayotgan
darsliklar
sifatini
oshirish,
xorijiy
o‘quv
qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida
qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda;
-
xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish
jarayoni metodik yordamga muhtoj;
-
xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada
rivojlanmagan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari dasturlarida
o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus tayyorgarligini
ta’minlash lozim;
-
maktablarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish
bo‘yicha samarali ichki tizim, shuningdek o‘quvchilarni xavf
guruhidan chiqarish uchun maktab o‘qituvchilari va psixologlari
malakasini oshirish yuzasidan maxsus dasturlar ishlab chiqish talab
etilmoqda;
g) maktablarning moddiy-texnik ta’minoti sohasida:
-
maktablarning sport zallari va maydonchalari kerakli inventarlar bilan
jihozlanmaganligi, sinf xonalarida o‘quv mebel jihozlari, laboratoriya
uskunalari, kompyuter texnikasining yetishmasligi, ularning o‘z
vaqtida yangilanmasligi ota-onalarning ta’lim tizimiga nisbatan
e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda;
-
maktablarning 28 foizida qo‘shimcha jihozlashga ehtiyoj mavjud,
ishlatilayotgan jihozlarning 50 foizi ma’nan va jismonan eskirganligi
uchun almashtirilishi kerak;
-
3 000 dan ortiq umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sog‘lom
ovqatlanishi uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim;
-
elektr, ko‘mir, sovuq va issiq suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya bilan
bog‘liq infratuzilma muammolarini hal etishda mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti, ayniqsa
uzoq aholi punktlari va qishloq joylardagi 1 726 umumta’lim maktabi
qo‘lbola (burjuy) pechlar yordamida isitilmoqda;
-
umumta’lim muassasalarining binolarini qurish, rekonstruksiya qilish
va kapital ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy standartlarni joriy etish
kerak;
-
2 907 ta umumta’lim maktabi qurilish-ta’mirlash ishlariga muhtoj;
-
11 yillik ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan qo‘shimcha
o‘quvchi o‘rinlariga ehtiyoj mavjud.
d) xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish sohasida:
-
xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda mablag‘larni samarali va
shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
-
xalq ta’limi muassasalariga davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning
asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv jihozlari va materiallarini
yangilashga, maktab binolarini ta’mirlashga yetarli mablag‘
yo‘naltirilmayapti.
|