Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati
Kredit-modul tizimida akademik faoliyat turlari. Kredit ta'lim
tizimini joriy etishning yangi sharoitlarida professor-o‘qituvchilarning
roli ham sezilarli darajada o‘zgaradi.
Kredit ta'lim tizimida o‘qituvchi (pedagog) o‘zining vazifasiga
ko‘ra ta'lim jarayonining quyidagi sub'ektlari sifatida faoliyat olib
borishi mumkin:
• lektor;
• tyutor;
• edvayzer;
• maxsus komissiya a'zosi.
Lektor sifatida yuqori akademik professorlar yoki dotsentlar
safidan malakali o‘qituvchilar tayinlanadi. Ular ma'ruza darslarini yuqori
ilmiy-uslubiy darajada olib borishadi.
Ma'ruzalar akademik potoklarga, ya'ni mutaxassisligi yaqin
bo‘lgan bir nechta guruhlarga o‘qiladi. Auditoriyadagi talabalar soni
lektorning malakasidan va auditoriyaning texnik imkoniyatlaridan kelib
chiqib belgilanadi.
Professor va dotsentlar o‘zlarining ilmiy saviyasi, ilmiy izlanish
yo‘nalishlari va pedagogik mahoratidan kelib chiqib bir mutaxassislik
ichida bir nechta fanlaridan ma'ruza o‘qishlari mumkin.
Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra ma'ruza o‘qish
huquqi ilmiy darajasiz, lekin eng tajribali va yuqori malakali
o‘qituvchilarga ham beriladi.
Lektor, tyutor, edvayzer va boshqa sub'ektlarning vazifalari. Lektor
o‘zining har bir ma'ruza mashg‘uloti bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligisiz
amalga oshiriladigan talabaning mustaqil ta'limiga (TMT) ga 0,5-1 soat
oralig‘ida vaqt ajratishi maqsadga muvofiq.
Tyutor – fan o‘qituvchisi sifatida amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarini olib boradi, maslahat beradi, O‘RTMI ni tashkil qiladi
va amalga oshiradi, kurs ishlariga rahbarlik qiladi, amaliyotlarni tashkil
qiladi.
Tyutor har bir talabaning fanni o‘rganishini nazorat qiladi, shaxsiy
topshiriqlarni bajarishini va amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyatini
baholaydi va zarur bo‘lsa yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, tyutor
talabaning aniq bir fanni o‘rganishdagi faoliyatini umumiy tahlil qilishi
mumkin.
Tyutorlar quyidagi sifatlarga ega bo‘lishlari lozim:
o‘qituvchilik: amaliy mashg‘ulotlarni talab darajasida olib borish,
talabalarga kasbiy o‘zini anglashda yordam berish, fanning o‘quv-
uslubiy materiallaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta'minlash;
maslahatchilik: talabalarning bilish jarayonlarini muvofiqlashtirish,
guruhli maslahat va muloqot darslarini olib borish, fanning turli
masalalari bo‘yicha talabalarga yakka tartibda maslahatlar berish;
menejerlik: talabalar guruhlarini yig‘ish va shakllantirish, guruhli
mashg‘ulotlarni boshqarish, talabalarning fanni o‘zlashtirishini nazorat
qilish.
Tyutorning vazifalari quyidagilardan iborat:
talabaning o‘qishi maksimal darajada samarali bo‘lishiga yordam
berish;
talabalarning o‘zlashtirishini muntazam nazorat qilish;
bajarilgan topshiriqlar bo‘yicha talaba bilan aloqani ta'minlash;
guruhli va yakka tartibda maslahatlar berish;
butun o‘qish davrida o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ta'minlash.
Tyutor O‘RTMI uchun har bir amaliy mashg‘ulotga nisbatan 0,5-1 soat
oralig‘ida vaqt ajratishi tavsiya etiladi.
Shaxsiy o‘quv traektoriyasini tanlash va amalga oshirish, shuningdek
o‘quv rejalarining mobilligi va moslashuvchanligini ta'minlash uchun
kredit ta'lim tizimi sharoitida oliy o‘quv yurtlarida maslahat xizmati,
ya'ni edvayzerlar – akademik maslahatchilar xizmati tashkil qilinadi.
Ularning soni fakultetdagi talabalarning sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Edvayzerlar talabalarning akademik manfaatlarini himoya qilishi
va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha zarur axborot
materiallarini tayyorlashda ishtirok etishi, ularni talabalarga elektron
shaklda taqdim etishi va ularning shaxsiy o‘quv rejalarini tuzish va
tuzatish kiritishda yordam berishi, uslubiy materiallarning o‘z vaqtida
tayyorlanishi va mavjudligini, yo‘nalishning barcha fanlari bo‘yicha
oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish qoidalarining bajarilishini
nazorat qilishi zarur.
Edvayzer – o‘qish davri bo‘yicha shaxsiy o‘quv traektoriyasini tanlash
va ta'lim dasturini o‘zlashtirishga yordam beruvchi o‘qituvchi
hisoblanadi. Bundan tashqari, edvayzer talabaga kelgusidagi karerasiga
oid masalalarni yechishda, bitiruv ishi mavzusini tanlashda, kasbiy
amaliyot bazalarini aniqlashda maslahat yordamini ko‘rsatishi mumkin.
Edvayzerning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
• talabalarga shaxsiy o‘quv traektoriyalarini aniqlash va ta'lim dasturini
o‘zlashtirishda yordam ko‘rsatish;
• o‘quv traektoriyasini tanlashda talabalarning ehtiyojlari, qiziqishlari va
istaklarini aniqlash;
• talabalarga fanlarni tanlashda maslahatlar berish;
• talabalarga shaxsiy o‘quv rejalarini tuzish va zarur bo‘lsa tuzatishga
yordam berish;
• talabalarning o‘zlashtirishi va akademik mavqyei masalalari bo‘yicha
ekspert komissiyalari ishida ishtirok etish.
Edvayzerlar kafedra mudirlari bilan kelishilgan holda oliy o‘quv
yurti rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi. Edvayzer talabalarni oliy o‘quv
yurtining o‘ziga xos jihatlari, ishchi o‘quv rejasi mazmuni, diplom olish
uchun qo‘yiladigan talablar, tanlangan yo‘nalishning imkoniyatlari bilan
tanishtiradi va talabalarning moyilligi, imkoniyatlari, qiziqishlari va
maqsadlariga muvofiq shaxsiy o‘quv traektoriyalarini tanlashda
yordamchi hisoblanadi. Edvayzer qayd qilish tadbirlarida ishtirok etadi.
Har bir edvayzerga RO tomonidan ma'lum miqdorda talabalar
biriktiriladi. Talabalar biriktirilgandan so‘ng edvayzer ular bilan shaxsiy
rejimda ishlashga o‘tadi. Edvayzer tashkiliy-uslubiy ishlarda ishtirok
etadi hamda fanlarni tanlash va ularga yozilish bo‘yicha maslahatlar
beradi, yo‘nalishning tanlov fanlari kataloglari va ishchi o‘quv dasturlari
bilan tanishtiradi.
O‘quv yili davomida edvayzer fakultet dekani tomonidan
tasdiqlanadigan maslahat jadvallariga muvofiq ishlaydi. Talabalarning
shoshilinch akademik muammolarini hal qilish maqsadida edvayzer ish
jadvalidan tashqari shaxsiy uchrashuvlarni ham belgilashi mumkin.
Edvayzerning maslahatchilik faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
• talabalarni ta'lim jarayonining qoidalari bilan tanishtirish;
• talabalarning qarashlari, qadriyatlari, ularning moyilligi va
imkoniyatlarini aniqlash;
• namunaviy o‘quv reja va tanlov fanlari katalogi bilan tanishtirish
(majburiy, tanlov fanlari ro‘yxatini, fanlarning prerekvizitlarini tuzishga
qo‘yiladigan talablar bilan);
• kreditlar miqdori va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar olib
borish.
Kredit-modul tizimida xorijda keng tarqalgan supervayzerlik,
moderatorlik, fasilitatorlik kabi faoliyat turlari ham ko‘zda tutilishi
mumkin.
Fasilitator - (ingliz tilida facilitator, latincha facilis–engil, qulay) -
guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy
yechimini
topishga
yo‘naltirish,
guruhdagi
komunikatsiyani
rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
Moderator - qabul qilingan qoidalarga amal qilish tekshiradi,
tinglovchilarning
mustaqil
fikrlash
va
ishlash
qobiliyatlarni
rivojlantirish,
bilish
faolyatini
faollashtirishga
yordam
beradi.
Ma'lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi,
fikrlarni umumlashtiradi.
Supervayzer - quyidagi to‘rt fazifani bajaradi: o‘qituvchi sifatida
o‘rgatadi, fasilitatorlik, maslahatchi, ekspert vazifani bajaradi.
Bizning ta'limda ushbu faoliyatlarning hammasi professor-o‘qituvchilar
tomonidan bajariladi. O‘qituvchilik faoliyatini bunday turlarga ajratish
bu faoliyat turining samarasini yanada oshiradi.
O‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturi, talabaning mustaqil ishi
sifatini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar. Kredit ta'lim tizimida oliy
o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga yordam
beruvchi turli komissiyalar tuzilishi maqsadga muvofiq. Tajribalarni
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, qator xorijiy oliy o‘quv yurtlarida bunday
komissiyalar sifatida: o‘quv rejalari bo‘yicha, ishchi dasturlar bo‘yicha,
TMI sifatini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va
baholash, kasbga yo‘naltirish, o‘quv jarayoniga ilmiy yutuqlarni tatbiq
etish bo‘yicha komissiyalar joriy etilishi mumkin.
O‘quv rejalari bo‘yicha komissiya. Komissiya faoliyatining
maqsadi – butun o‘quv davri uchun yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi o‘quv
rejalarini ishlab chiqishdir. Komissiya faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
1) tanlov fanlari ro‘yxatini shakllantirish va tizimga solish;
2) kafedralarga yo‘nalishlar bo‘yicha prerekvizitlarni aniqlashda yordam
berish;
3) ishchi o‘quv rejalarini tuzish.
Komissiya a'zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
1) o‘quv rejalari bo‘yicha komissiya ishida muntazam ishtirok etish;
2) talabaning o‘quv traektoriyasini shakllantirish bo‘yicha seminarlar
ishida ishtirok etish;
3) tanlov fanlarini tanlash bo‘yicha asosiy holatlarni muntazam ravishda
ishlab chiqish;
4) tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish uchun fanlarning tayyorligini
ekspertiza qilish;
5) prerekvizitlar tizimini shakllantirish bo‘yicha asosiy yondashuvlarni
ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |