Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Oliy ta’limning samaradorligi. Amaldagi ta'lim tizimida talabalar 
1-kursdan boshlab yo‘nalishlar va ular ichida tarmoqlar bo‘yicha 
ajratilib ixtisoslik fanlarini o‘qishni boshlashadi. Ya'ni, biz talabani hali 
abiturientlik paytidayoq tanlovdan mahrum qilib ixtisoslikka biriktirib 
qo‘yamiz. Kredit-modul tizimida esa eng avvalo talabaga tanlov imkoni 
beriladi. Tanlov fanlari semestrdan semestrga oshib boradi.
Ilg‘or xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bakalavriatni ikkita bosqichga 
ajratish orqali, 1-2 kurslarda tayanch fanlarni, 3-4 kurslarda esa tanlov 
asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitish mumkin. Demak, endilikda kadrlarga 
bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun 4 yil emas, 2 yil yetarli bo‘ladi. Bu 
esa oliy ta'limning ish unumini, samaradorligini 2 barobar oshiradi. 
Talaba-o‘qituvchi” nisbati. Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy 
ta'lim tizimida maxsus fanlarni past kurslardan boshlab rejalashtirish, 
o‘quv rejalardagi takrorlanadigan fanlarni har xil mutaxassisliklar 
bo‘yicha alohida o‘qitish, auditoriya soatlari hajmini oshirish kabi 
holatlar mavjud. Bunday jarayonlar o‘quv yuklamalarining keskin 
oshishiga sabab bo‘ladi. Biroq, biz bilamizki oliy o‘quv yurtida bitta 
o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan yuklama hajmi oliy o‘quv yurti bo‘yicha 
umumiy o‘quv yuklamasi hajmini talabalar soni asosida hisoblangan 
o‘qituvchilar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ya'ni, o‘qituvchilar shtati 
o‘quv yuklamalari asosida belgilanmaydi, balki talaba-o‘qituvchi nisbati 
orqali belgilanadi. Oliy o‘quv yurti bo‘yicha umumiy o‘qituvchilar soni 


aniqlangandan so‘ng, ushbu asosda kafedralar shtatini shakllantiriladi, 
bunda esa kafedra o‘quv yuklamalari hajmiga asoslaniladi. 
Kredit-modul tizimida talaba-o‘qituvchi nisbati 16:1 va undan ham 
yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunga auditoriya yuklamalarini 
kamaytirish, talabaning mustaqil ishi hajmini oshirish, o‘quv rejalarni 
unifikatsiyalash, darslarni katta auditoriyada tashkil qilish orqali erishish 
mumkin. Talabaning mustaqil ish turlari. Ochig‘ini tan olishimiz 
kerak, biz asosan “talabani qanday o‘qitishimiz kerak?” degan muammo 
ustida bosh qotiramiz. Kredit-modul tizimida esa “talaba qanday o‘qishi 
kerak?” degan muammo ko‘ndalang qo‘yiladi. Buni batafsil izohlab 
o‘tamiz.
Amaldagi ta'lim tizimida asosan auditoriyadagi darslarga ko‘proq 
e'tibor beriladi, talabaning mustaqil ishiga esa jiddiy e'tibor 
qaratilmaydi, chunki bu faoliyat turi chuqur o‘rganilmagan.
Kredit-modul tizimida esa fan moduli tarkibidagi “O‘qituvchi 
Rahbarligidagi Talabaning Mustaqil Ishi” (O‘RTMI) va o‘qituvchiga 
bog‘liq bo‘lmagan “Mustaqil Ta'lim” (MT) muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘RTMI ga keyslar, topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse, 
dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, kurs loyihasi, kurs ishi, 
ilmiy izlanishlar, fan to‘garaklarida qatnashish va h.k.larni misol qilib 
keltirish mumkin. Bunday faoliyat turlariga rahbarlik qilish uchun 
alohida o‘quv yuklamalari joriy etilishi maqsadga muvofiq. MT ga esa 
vodkastlar, o‘rgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar, FAQ, forumlarni 
misol qilib keltirish mumkin. O‘RTMI va MT turlari ro‘yxatini, 
glossariylarni, ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni zarur 
darajada shakllantirishimiz mumkin, lekin eng asosiy masala – har bir 
fan bo‘yicha o‘ziga xos O‘RTMI va MT turlarini ishlab chiqishdir. 
Ayniqsa, ushbu mustaqil ish turlarini masofaviy ta'lim platformalarida 
shakllantirish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bu 
jarayonlarni ilg‘or pedagoglarning tajribalarini ommalashtirish orqali 
jadallashtirish mumkin. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin