mashg‘ulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan
hisoblanadi. Demak, bu fanni o‘zlashtirgan talaba uni qanday bahoga
o‘zlashtirganidan qat'iy nazar u 5 kreditni qo‘lga kiritadi.
Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini ochib berishda uni
faqat “kredit” va “modul” atamalari orqali izohlash yetarli bo‘lmaydi.
Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun qo‘llanilgan, xolos. Biz kredit-
modul tizimining mohiyatini boshqacha usulda ochib bermoqchimiz.
Ya'ni, biz kitobning yaratilishiga asos bo‘lgan tamoyillar, kredit-modul
tizimining amaldagi ta'lim tizimidan farq qiluvchi jihatlari haqida
to‘xtalib o‘tamiz.
Avval ta'kidlab o‘tilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari
va elementlari qisman O‘zbekiston oliy ta'lim tizimiga tatbiq qilingan.
Shunday ekan, biz bu yerda kredit-modul tizimining faqat biz uchun
yangi bo‘lgan va amaldagi ta'lim tizimida mavjud bo‘lmagan quyidagi
10 ta muammoli jihati va afzalliklari haqida fikr yuritamiz va zarur
joylarda amalga oshirishning imkoni bo‘lgan takliflarimizni keltirib
o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: