bo‘lishi
mumkin.
Shuningdek,
o‘qishning davomi nokasbiy
yo‘nalishdagi kurslarda ham bo‘lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan
GCSE va «A» level kurslari ham tegishlidir. Kunduzgi o‘qish kurslariga
qo‘shimcha tarzda o‘qishni ish bilan birga olib boruvchilar uchun qator
sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. «Keyingi ta’lim» kollejlari tijorat
va ishlab chiqarish korxonalari bilan chambarchas bog’langan va asosan
ishchilar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi, ammo «keyingi
ta’lim»ning ko‘p kollejlari oliy o‘quv muassasalari bilan chambarchas
bog’liqdir. Bu kollej talabalariga oliy ma’lumot olishlari uchun
universitetda o‘qishni davom ettirishlariga imkon beradi.
Oliy ta’lim «A» 1eve1dan yuqori darajadagi ta’limning har qanday
turini o‘z ichiga oladi. Bunday ta’lim universitetning turli kurslarida,
kollejlarda, oliy ta’lim institutlarida (shu jumladan pedagogika
institutlari), shuningdek, keyingi ta’lim institutlarida ham bo‘lishi
mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada 89 ta universitet mavjud
(shu jumladan oliy ta’limning 1992 yildagi Aktiga muvofiq tashkil
etilgan 39 ta «yangi» universitetlar ham) bo‘lib, ular sobiq
politexniklarga o‘z fanlari bo‘yicha daraja berishga va universitet
nomini olib yurishga yo‘l beradi.
Dostları ilə paylaş: