uch yo‘nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo‘nalashlarida bilim
beradilar. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda hunar, kasb-kor
asoslari berib boriladi. Bular quydagilar:
Birinchisi, qishloq xo‘jalik kasblari ta’limi hisoblanib unda
tinglovchilarga fermerlik asoslari o‘qitiladi va unda qishloq xo‘jaligi
bo‘yicha menejmentlar yetishtirib beriladi bunday ta’lim Amerikaning
bo‘lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi.
Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o‘quvchilarga tijorat iqtisodiyoti,
ichki iqtisodiyot mutaxasisligi o‘rgatiladi, bunday o‘quv yo‘nalishlarida
bolalarda muruvvat me’morlarga g’amxo‘rlik qilish insonparvarlik
tuygularini tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo‘lib, unda yoshlarga maxsulot
ishlab chiqarish va mexaniklik kasbi o‘rgatiladi.
To‘rtinchisi, qurilish ta’limi bo‘lib, bu ta’lim tizimi orqali turli
qurilish kasblari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
Bu kasb dasturlari o‘quvchilarning ana shu kasblarga tayyorlashga
ham, ularni shu kasb-korini yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha
o‘qishni davom ettirishni ham tayorlashi mumkin. Bundan tashqari,
dasturning uchinchi turi ham mavjud bo‘lib, bu umumiy ta’lim
dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha beradi va
o‘quvchilarga kasblarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: