Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag’ning 48%
davlat tomonidan, 50 % firma, konsern, sindikatlardan undiriladi,
qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining mablag’lari tashkil qiladi. AQShdagi
fundamental izlanishlarning bevosita ijrochisi oliy o‘quv yurtlari, ularni
mablag’ bilan ta’minlab, ishlab chiqarishga
tadbiq etuvchilar esa turli
sanoat, qurilish va boshqa tashkilotlardir. Ishlab chiqarish korxonalari
dorilfununlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qiladi. Ma’lumotlarga
qaraganda dorilfununlarning qariyb 70% ilmiy xodimlari turli firmalarda
tadqiqotchi maslahatchi bo‘lib ishlaydilar. Dorilfununning muayyan
sohada tadqiqot olib borish uchun mo‘ljallangan ilmiy xodimlari, ishlab
chiqarish korxonalarning ilmiy labaratoriyalariga boradilar.
Amerikada bir yillik o‘qish bahosi o‘rtacha 20 ming dollar. Gap
ilmgohning kim tamonidan moliyalashishida. Bir xildagi ilm dargohlari
odatda arzonroq. Albatta, bu imtiyoz
faqat AQSH ning muayyan
shtatida yashovchi fuqarolarga taalluqli. Oddiy misol: shtat fuqorasi
yiliga taxminan 5 ming dollar to‘lasa, boshqa shtatdan yoki davlatdan
kelgan fuqora yiliga 15 ming dollar to‘laydi
O‘qituvchilar malakasini
oshirish tizimi
AQSh ta’lim boshqaruv organlarida o‘qituvchi kadrlarning sifat
tarkibiga, uning insoniy kamoloti,
malakasi, saviyasini takomillashtirib
borishiga juda qat’iy talablar qo‘yiladi.
Barcha shtatlar, Kolumbiya va Puerto-Riko okruglari boshlang’ich
maktablariga ishlash uchun bakalavr malakasini talab qiladilar. O‘rta
maktablardagi o‘qituvchi kadrlarga esa 47 shtatda va Puerto Rikoda eng
kamida bakalavr va Kolumbiya okrugida 5 yil o‘qituvchilik ta’limi yoki
magistr darajasi kerak bo‘ladi. Ko‘pgina mahalliy maktablar
o‘qituvchiga shtatlar qo‘ygan talablardan ham yuqori talablar qo‘ydilar.
Pedagogik praktika 4 oydan 6 oygacha cho‘ziladi.
Ular maktab
labaratoriyalarida yoki jamoa maktablaridan birida o‘tkaziladi.
Bitiruvchilar kollejning beshinchi kursini bitirish paytida magistr
darajasini beruvchi kurs dasturini o‘taydilar. Lekin shunga qaramay
AQSh ta’lim tizimi o‘zining bir qator nuqsonlariga ham ega.
Ta’limni
«liberallashtirish»,
«demokratlashtirish»
amalda
pedagoglar uchun bilim puxtaligini nazorat qilish talabchanlikni oshirish
imkoniyatini bermaydi. Shu tufayli boy tajriba
va moddiy bazaga ega
bo‘lgan AQShda butunlay savodsiz bolalar talaygina topiladi.
Dostları ilə paylaş: