2. Yaponiya ta'limining jadal suratlarda rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatgan
omillarni aytib o‘ting.
3. Koreya ta'lim tiziming milliy ta'lim tizimi bilan o‘xshashlik jixatlariga
misollar keltiring.
4. Xitoydagi nufuzli OTM larida ta'lim olish shartlar qanday?
5. Malayziya ta'limining o‘ziga xos xususiyatlari.
4.2. MDH mamlakatlari ta’lim tizimi
Mustaqil
Davlatlar
Hamdoʻstligi (MDH) —
davlatlararo
tashkilot.
1991
yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina
tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda
SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq
boʻlganligi qayd qilindi,
uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar,
madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini
bayon etdi. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon,
Armaniston,
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston,
Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga
MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota
shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993 yil
MDH
Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va
erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish,
umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa
tizimlarini
rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza
qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan
jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida
hamkorlik qilish va
tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda
tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim
turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi
organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi,
Hukumat
boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo
iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo
assambleya va boshqa MDHning doimiy
ishlovchi organi Minsk
shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi.
Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1
yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH
Nizomi bilan tartibga solinadi.
Bugungi kunda MDH mamlakatlarida 1450 ta oliy o‘quv yurtlari
mavjud bo‘lib, RAEX reyting agentligi (Expert RA) tomonidan oxirigi
yillarda tayyorlangan, sinflar bo‘yicha tartiblangan 153 universitet:
"A" - bitiruvchilarni tayyorlashning juda
yuqori darajasi;
"B" - bitiruvchilarni tayyorlashning juda yuqori darajasi;
"C" - bitiruvchilarni tayyorlashning yuqori darajasi;
"D" - bitiruvchilarni tayyorlashning maqbul darajasi;
"E" - bitiruvchilarni tayyorlashning etarli darajasi.
Rossiya universitetlari reytingda 95 o‘rinni egalladi. Shu bilan
birga, eng yuqori "A" reytingi faqat Moskva
davlat universiteti va
M.V.Lomonosovga berildi. Rossiya ta'limining yuqori darajasi chet ellik
talabalar tomonidan ham qadrlanadi, shuning uchun 2016-2019 yilgi
ma'lumotlarga ko‘ra Rossiyadagi talabalar umumiy sonining 5% chet
elliklar tashkil etdi va bu 240 mingdan ortiq odamni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: