1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
O`zbek
filologiyasi
kafedrasi
Til tarixi
MA’RUZA MATNI
fanidan
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha
Ta`lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar
Ta`lim yo`nalishi: 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish
(o`zbek tili)
Тузувчи: ф.ф.н. Саидов Ё.
Buxoro – 2014
2
1.KIRISH.
Adabiy til umumhalq tilining oliy shakli
Reja
1. «O`zbek adabiy tili tarixi» til tarixi fanlaridan biri sifatida.
2. Adabiy til tarixi va uning manbalari.
3. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyoti.
4. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyoti.
5. O`zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni.
6. O`zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til, qadimgi yozuvlar.
7. O`zbek adabiy tili va eski turkiy til, yozuv yodgorliklari.
O`zbek adabiy tili tarixi o`zbek tilshunosligi doirasiga kiradigan
ixtisosiy fanlardan biridir. Ma`lumki, o`zbek tili tarixi uch mustaqil predmetni o`z
ichiga oladi. Bular - «Qadimgi turkiy til», «O`zbek adabiy tili tarixi» va «O`zbek
tilining tarixiy grammatikasi» predmetlaridir. Bu uchala predmet ichki xususiyatlari
bilan bir-biriga bog`lik bo`lishiga karamasdan, tekshirish ob`ektlarini o`rganish usullari
jihatidan bir-biridan farq qiladi.
«Qadimgi turkiy til» kursida barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak
sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va morfologik va
sintaktik xususiyatlarini o`rganiladi.
«O`zbek tilining tarixiy grammatika»si tilning fonetik sistemasi
taraqqiyotini, grammatik strukturasining rivojlanishini o`rganish bilan qiziqadi. Lekin
til hodisalarining ijtimoiy hodisalar bilan munosabati, stillar taraqqiyoti va uning turli
ko`rinishlari, tilning normasi kabi masalalar uning tekshirish doirasidan chetda
qoladi. Bularni esa «O`zbek adabiy tili tarixi» predmeti tekshiradi.
«O`zbek adabiy tili tarixi» kursi til taraqqiyotini xalq tarixi bilan
3
bog`liqlik holda yoritib beradi. Adabiy til stilida yuz beradigan barcha o`zgarishlar u
yoki bu darajada xalqning moddiy va ma`naviy hayotida yuz beradigan o`zgarishlar
bilan bog`liqdir.
Ishlab chiqarish va savdoning rivojlanishi, sinflarning paydo bo`lishi,
davlatlarning kelib chiqishi, ilm-fan va adabiyotning taraqqiyoti kabi ijtimoiy-tarixiy
omillar til taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatadi. Bu har bir omil o`zbek adabiy o`zbek
adabiy tilida o`z aksini topishi bilan chegaralanib qolmasdan, balki ular badiiy
tasvir vositalari taraqqiyotiga o`z ta`sirini ko`rsatadi.
Til tarixini o`rganish hozirgi zamon o`zbek tilini tarixiy tushunish, ya`ni bu
tilning uzoq asrlar mobaynida davom etgan murakkab tarixiy jarayonlarning tarixiy
samarasi ekanini keng tushunish imkonini tug`diradi. O`zbek tili, uning adabiy formasi
uzoq davr va asrlarning tarixiy mahsulidir. U tarixda ma`lum bo`lgan boshqa tillar
kabi urug` tilidan qabila, qabila tilidan xalq va xalq tilidan milliy tilga qarab taraqqiy
etdi. Uzoq asrlar davom etgan bu jarayonda o`tmish asrlardagi til hodisalari keyingi
davrlardagi til hodisalaridan farqlanib qoldi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot talablariga
javob berolmagan til hodisalari asta-sekin umumtil aloqasidan chiqib ketdi. Ularning
o`rnini zamon talabi bilan yuzaga kelgan yangi til hodisalari egalladi. SHuning
natijasida yuqorida aytilgandek, hozirgi zamon o`zbek tili o`zining o`tmishidan
uzoqlashib ketdi. Bu holatni yozuv yodgorliklarida aks etgan hodisalar bilan
qiyoslashda yaqqol ko`rish mumkin.
Ma`lumki, tilning struktura elementlari uzoq o`tgan davr ichida bir xilda
o`zgarib kelmadi. Ijtimoiy-tarixiy tarakqiyot dastavval tilning leksikasiga o`z ta`sirini
o`tkazadi. SHuning uchun tilning boshqa struktura elementlariga ko`ra tilning lug`at
sostavi o`zgaruvchan bo`ladi.
Tilning lug`at sostaviga qaraganda uning grammatik kurilishi sekinlik bilan
o`zgargan. Tilning fonetik sistemasi fammatik strukturasiga nisbatan yana sekinlik
bilan o`zgaradi.
O`zbek adabiy tili tarixining ob`ekti matn va adabiy til hisoblanadi.
Adabiy til tarixining eng muhim vazifalaridan biri buyuk so`z ustalari
4
tomonidan rivojlantirilgan umumxalq tilining qayta ishlanish xususiyati va rolini
aniqlashdir.
O`zbek adabiy tili tarixi bir qator fanlar bilan bog`liq ravishda o`rganiladi
va ular bilan uzviy bog`lanadi. Birinchi navbatda, o`zbek tilshunosligi doirasiga
kiradigan fanlar bilan uzviy bog`lanadi. «O`zbek adabiy tili tarixi», «O`zbek tilining
tarixiy grammatikasi», «O`zbek dialektologiyasi»ning bergan ilmiy xulosalariga
suyanadi. Ayni zamonda hozirgi o`zbek adabiy tili kursiga ilmiy zamin hozirlaydi. 2-
navbatda «Adabiyot tarixi» fani bilan bog`lanadi, chunki ulkan va boy madaniy
yodgorliklarimiz shu davr tilini tashuvchi manba xisoblanadi. 3-navbatda
«O`zbekiston tarixi» fani bilan munosabatda bo`ladi, chunki adabiyot va til tarixini
xalq tarixisiz tasavvur qilish mumkin emas.
O`zbek adabiy tili tarixining asosiy manbalariga yozma obidalar - badiiy,
ilmiy asarlarning mantlari, sheva materiallari, joy nomlari, kishi ismlari, hozirgi
o`zbek adabiy tili materiallari, tarixiy lingvistik lug`atlar, turkshunoslikka oid
o`zbek, rus va xorijiy olimlarning tadqiqot va qo`llanmalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |