2-MAVZU
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXINI
DAVRLASHTIRISH
Reja:
1. Tesha Salimov tarhi
2. Fahri Kamol tarhi
3. A.M.Sherbek tarhi
4. Olim Usmonov tarhi
5. A.Aliev tarhi
6. U.Tursunov va boshqalarning tarhi
7. A.Muhtorov tarhi
8. G`.Abdurahmonov tarhi
O`zbek tili uyg`ur tili bilan birgalikda qarluq tili gruppasiga kiradi. Qarluq
tili tarixiy jihatdan O`rta Osiyo gruppasiga, ayniqsa, g`arbiy xun shaxobchasiga
kirgan tillar bilan oiladoshdir.
XI asrdan keyingi O`rta Osiyo turkiy tillari, shu jumladan, o`zbek adabiy
tilining rivojlanishidagi ma`lum davrlarni belgilash mumkin.
Til
tarixini
o`rganishdagi
eng
muhim
masalalardan
biri
-
davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o`zbek tili va unga urug`dosh bo`lgan
turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o`zaro munosabatlari
aniqlanishi lozim.
15
Ma`lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog`likdir.
Tasnif ma`lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. CHunki tasnifda
ham, davrlashtirishda ham bir xil printsipga amal qilinadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Qoshg`ariy tomonidan berilgan
bo`lsa ham XIX asrgacha bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan edi. XIX
asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladilar. Bulardan
ayrimlarini namuna uchun keltiramiz.
I. V. V. Radlov turkiy tillari to`rt guruhga bo`ladi:
1.SHarqiy guruh (Sibir’ tatarlari tili).
2. G`arbiy guruh (qirg`iz, qozoq, boshqird, tatar tillari).
3. O`rta Osiyo guruhi (o`zbek, uyg`ur tillari).
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim tatar tillari).
II. A.N. Samaylovich Radlov va Korsh tasniflarini birlashtirib oladi.
1. Janubiy - SHarqiy yoki chig`atoy guruhiga hozirgi uyg`ur,
o`zbek tillarini va shevalarini kiritadi.
2. Janubiy - G`arbiy yoki o`g`uz guruhiga o`zbek tilining o`(uz shevalarini
kiritadi.
III. S. E. Malov o`z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o`zbek, chig`atoy
tillarini kiritadi.
IV. N.A.Baskakov tasnifida turk tillarining G`arbiy xun tarmog`i qarluq
tillari guruhiga kiritiladi; a) qarluq — xorazm guruhi. Bunga qoraxoniy - xorazm
tili (Ahmad YAssaviy asarlari), hozirgi uyg`ur tili va shevalari kiritilgan (bunda
ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan).
IV. A.M.SHcherbak tarxi (1957)
Til tarixini o`rganishdagi eng muhim masalalardan biri — davrlashtirishdir.
Davrlashtirish uchun o`zbek tili va unga urug`dosh bo`lgan turkiy tillarning kelib
chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o`zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
16
Ma`lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog`liqdir.
Tasnif ma`lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. CHunki tasnifda ham,
davrlashtirishda ham bir xil printsipga, ya`ni tarixiylik printsipiga amal qilinadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshg`ariy tomonidan berilgan
bo`lsa ham, XIX asrgacha bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan edi. XIX
asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladilar. Bularga ayrimlarini
namuna sifatida keltiramiz:
I. V.V. Radlov turkiy tillarni to`rt guruhga bo`ladi:
1. SHarqiy guruh(Sibir’ tatarlari tili).
2. G`arbiy guruh (qirg`iz, qozoq, boshqird, tatar tillari...).
3. O`rta Osiyo guruhi (o`zbek, uyg`ur tillari).
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim-tatar tillari).
II. A.N.Samoylovich, Radlov va Korsh -tasniflarini birlashtirib oladi. 1.
Janubi - SHarkiy yoki chig`atoy guruhiga hozirgi uyg`ur, o`zbek tillarini va
shevalarini kiritadi.
SH.S.E. Malov o`z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o`zbek, chig`atoy
tillarini kiritadi.
IV.N.A. Baskakov tasnifqda turk tillarining G`arbiy xun tarmog`i qarluq
tillari guruhiga kiritiladi: a) qarluq-uyg`ur guruhi; b) qarluq - xorazm guruhi. Bunga
koraxoniy-xorazm tili (Ahmad YAssaviy asarlar), hozirgi o`zbek tili va shevalari,
hozirgi uyg`ur tili va shevalari kiritilgan (bunda ayrim lingvistik belgilar hisobga
olingan).
V. V.A. Bogoroditskiy (1921) tasnifida O`rta Osiyo guruhiga o`zbek,
uyg`ur, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq tillari kiritilgan.
Ularning ba`zilari turkiy tillarni hududiy - jo`g`rofiy jihatdan tasnif qilsa,
boqshalari tshsharning bir xil lingvistik beyagisiga asoslanadi. Uchinchilarida turkiy
tillar tarixi xalq tarixi bilan etarlicha bog`lanmaydi. SHular ichida N.A. Baskov
17
tasnifi ancha mukammal tuyuladi.
A.M. SHcherbek tarxi (1953):
1.Eng kadimgi davr o`zbek adabiy tili (X - XII asrlar).
2. O`rta davr o`zbek adabiy tili (X1U-XU1 asrlar).
3. YAngi davr o`zbek adabiy tili (XUSH-X1X asrlar).
4. eng yangi davr o`zbek adabiy tili (XIX asr oxiri va XX asr
boshlari). Olim Usmon tarxi (1957):
1. Turk xoqonligi davrida qadimgi tug-yu turk tili (U1-1X
asrlar). VI-VIII asrlar; VIII - IX asrlar).
2. Qadimgi o`zbek tili (1X-XN asrlar).
3. eski o`zbek tilining ilk davri (XIII -XIV asrlar).
4. eski o`zbek tili (XIV asrning oxiridan XIX asr II yarmigacha).
5. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili:
A) XIX asrning II yarmidan Oktyabr’ inqilobigacha bo`lgan davr o`zbek
adabiy tili.
B) SHo`ro davri o`zbek milliy adabiy tili.
VI. G`.Abduraxmonov, SH.SHukurov tarxi (1973):
1. eng qadimiy turkiy til (VII asrgacha).
2. Qadimgi turkiy til (VII asrdan XI asrgacha).
3. eski turkiy til (XI asrdan XIII asrgacha).
4. eski o`zbek adabiy tili (XIV asrdan XIX asrgacha).
5. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili.
VII. ergash Fozilov tarxi (1977).
A) Turkiy tillar uchun mushtarak bo`lgan obidalar - VI - X asrning birinchi
choragi. B) eski turkiy yodnomalar - IX - XII asrlar (Qutadg`u bilig», «Devonu
18
lug`otit turk», «Hibatul haqoyiq»).
I. Tarix oldi o`zbek tili - XP-X1U asrlar (manbalari-»Tafsir», Sayfi
Saroyi – «Guliston bit turkiy», «Muhabbatnoma», «Xusrav va SHirin», «Najhul
Farodis»...).
II. Ilk o`zbek tili -
Akademik A.Samoylovich O`rta Osiyo turkiy tshsharini quyidagi davrlarga
bo`lib ko`rsatadi.
I davr. X1-X1U asrlarni o`z ichiga oladi.
II davr. Mo`g`ullar hukmronligi davridagi o`zbek adabiy tili.
III davr. Temuriylar davridagi o`zbek adabiy tili. Bu davr XIX asrning 2-yarmiga
qadar davom etadi.
IV davr. O`rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olingandan keyingi adabiy
til.
.
O`zbek
tili
tarixini
uning
ichki
rivojlanish
xususiyatlariga
qarab,
shuningdek o`zbek xalqi va millatining shakllanishi, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga qarab
shunday davrlarga bo`lish mumkin.
I. O`zbek xalq tili taraqqiyotining ilk davri. Bu davr XI
asrdan
XIV
asrning yarmigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
II. O`zbek xalq tili taraqqiyotining O`rta davri. Bu XIV asrning 2-yarmidan XIX
asrning 1-yarmigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr eski o`zbek adabiy tilining
shakllangan va ma`lum tarakiyotga yuz tutgan davridir.
III. O`zbek xalq tili taraqqiyotining so`nggi davri. Bu davr XIX asrning 2-
yarmidan oktyabr’ revolyutsiyasining g`alabasi va O`zSSR barpo etilgan davrni o`z ichiga
oladi.
IV.Milliy O`zbek adabiy tili. Bu davrda O`zbekiston milliy tili shakllandi va
taraqqiy etdi.
Dostları ilə paylaş: |