“padarkush” dramasining g‘oyaviy ahamiyati xususida



Yüklə 380,58 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü380,58 Kb.
#163920
2951-Текст статьи-7244-1-10-20211017



“PADARKUSH” DRAMASINING G‘OYAVIY AHAMIYATI XUSUSIDA


 
G‘oipnazarova Durdona,
JDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi 
Ilmiy rahbar , f.f.f d.(PhD) Dilnavoz Salimova
 
Xuddi uzoq moziyda bo‘lganidek, yaqin o‘tmishda ham xalqimiz 
orasidan ko‘plab mashhur shoirlar, ulkan olimlar, xalqparvar va vatansevar kishilar 
yetishib chiqqan. Ular o‘z ijodlari bilan millat ijtimoiy tafakkuri taraqqiyotiga 
bebaho hissa qo‘shganlar. Ana shunday tafakkur taraqqiyotiga hissa qo‘shgan 
jurnalist va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiydir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining ’’Padarkush’’ dramasi bilan o‘zbek 
adabiyotiga drama janrini olib kirganligi bilan ahamiyatli sanaladi. U Yassaviy 
avlodidan bo‘lgan. O‘n sakkiz yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, muftiy 
darajasigacha ko‘tarilgan.
Behbudiy yozgan asarlariga to‘xtalsak, aksariyat asarlari ta’lim-tarbiya
tizimini yangicha usulda tashkil etib, rivojlantirishga qaratilgan. Behbudiy ta’lim 
tizimini mustahkam poydevor asosida qura olmaydigan jamiyatlarning taqdirini 
o‘zgartiruvchi bir qancha asarlar yaratdi, “Risolayi asbobi savod’’ (,,Savod 
chiqarish kitobi’’), ,,Risolai jug‘rofiya umroniy” (,,Qisqacha umumiy 
geografiya’’), ,,Kitobat ulbatfol’’ (,,Bolalar xati’’), ,, Amaliyoti islom’’ , ,,Tarixi 
islom” kabi kitoblari chop ettirdi. Behbudiy o‘z zamonasi yoshlariga murojaatida 
bunday yozadi: “Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, maktablar - 
taraqqiyotining boshlang‘ichi, madaniyati va saodatning darvozasidir. Har millat 
eng avvalo maktablar ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘paytirmaguncha taraqqiy 
yo‘lig‘a kirib madaniyatdan foydalanmas’’. Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z 
zamonasining yoshlarini shunchalar bilimli bo‘lishini xohlagan ediki, uning 
tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga “Behbudiya kutubxonasi”ni tashkil qildi. 
Behbudiy bundan tashqari vatandoshlarining ko‘proq ma’rifatli bo‘lishi uchun 
ro‘znoma va jurnallar nashrini yo‘lga qo‘yishda ishtirok etdi.


Behbudiyning “Padarkush” pyesasini birinchi o‘zbek drama asari sifatida
dramaturgiyaning keyingi rivoji uchun eshik ochdi, desak mubolag‘a bo‘lmas. 
Uch parda, to‘rt manzarali dramatik senariy mazmunan sodda bo‘lib, o‘qimagan, 
johil va nodon bolaning o‘z otasini o‘ldirgani haqida. Mahmudxo‘ja Behbudiy “ 
Padarkush “ (yoki “O‘qimagan bolaning holi”) dramasini yozish bilan adabiyotda 
o‘ziga xos yangilik yaratdi. Avvalo, shuni aytish joizki, “Padarkush” dramasida 
inqilobiy g‘oyalar emas, ma’rifatchilik, komillik qarashlarini ilgari suradi. Pyesada 
chorizm mustamlakachilik siyosatini fosh etuvchi va qoralovchi fikr-mulohazalar 
yo‘q bo‘lishiga qaramay, “Padarkush”ni sahnalashtirish o‘zi yaratilgan davrlarda
ruxsat berilmagan. “Padarkush“ asari yangi g‘oyani targ‘ib etishning yangi usuli 
sifatida yuzaga keldi. Jadidlarning qarashlarini ommaga taqdim etish uchun katta 
auditoriya kerak edi. Bunda barchaga birdek tanish, birdek qiziq hamda zo‘riqib 
o‘qilmaydigan asar ekaniga guvoh bo‘lamiz. Shu bilan birga tarbiyaviy ahamiyati 
bugungi kunimizda, ta’lim-tarbiya raqamli iqtisodiy hamda pandemiya davridagi 
ma’naviy qarashlar hamda kitobxonlik darz ketmasligi uchun dolzarb masalalar 
namoyoni deb qabul qila olamiz.
Asar bosh qahramoni davrining befarq: “Bizlarni xonavayron …bevatan va 
bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, jasorat, faqirlik, 
zarurat va xorliqlar… hammasi ilimsizlik va betarbiyalikning mevasi va 
natijasidir…”, degan yo‘sinda bayon qiladi. Bizning nazarimizda o‘sha davr 
yoshlariga vatan tuyg‘usi singishi kerak edi, buning uchun oila birinchi qadamdir. 
Oilada ilm-ma’rifatga e’tibor berilmagan sharoitda “padarkush”ga o‘xshagan 
farzandlar jaholat botqog‘iga tortilib boraveradilar. Xalqimiz tomonidan “Qush 
uyasida ko‘rganini qiladi” degan maqol bejiz keltirilmagan. Ma’rifatparvar 
behbudiyning zamon ichra og’riqli tashvishi millatimiz yoshlarining o‘z uylarida 
ma’rifat chirog‘ini yoqishni istamaydigan ota-onalarga da’vat etgudek muerojaati 
deb ham tushunamiz ushbu pyesani. Darhaqiqat, oilada ota-onaning ta’limga sarf 
qilingan sarmoyasi pirovardida farzandning kamoloti o‘z natijasini berishi tabiiy.
Ko‘z oldimizga Boy obrazi orqali pul topishga, mol-dunyo to‘plashga aqli yetgan
ammo farzand tabiyasi uchun vaqtini ham, moddiy imkoniyatini ham qizg‘ongan


johil, qoloq ota qiyofasi keladi. O‘zining ham ilm va ma’rifatdan bexabarligi bois,
Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi
savollariga qo‘pollik bilan, beparvo, loqayd, hatto farzandini o‘qitish masalasini 
jiddiy deb tushunish o‘rniga ensasi qotadi. Boyning dunyoqarashini inson qadri
ham, obro‘- e’tibori ham boylik bilan o‘lchanadigan mavqe, va badavlatligi 
tufayli hamma uni izzat-hurmat qiladi degan razilona qarash egallab olgan. 
Dramada boyning eng katta xatosi ziyoli kishining so‘zlariga quloq solmasdan, 
quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq 
qaraganidir.
O‘zbek xonadonlarida farzand otaga itoatkor bo‘lishi kutiladi. Asar 
ziddiyatli harakatlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshilik, 
ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar 
o‘rtasidagi kurash tarzida yoritib berilgan. Boyning arzandasi Toshmurod do‘st 
kim, dushman kim - farqiga bormaydi. Shuning oqibatida Tangriqul bilan o‘z 
uyiga o‘g‘rilikka borishga rozi bo‘ladi. Maishatparast sheriklari bilan otasining 
sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini rejalashtirib, ularni o‘z uyiga boshlab 
boradi. O‘g‘rilik qilayotgan o‘z farzandini sezgan otasini o‘ldirib, pulini olib 
ketadi. Boyning arzandasi Toshmurot o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sabab 
ham o‘zidan “tajribali” o‘g‘rilarga ergashadi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir 
asrdan oldinroq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois 
turli aldovlarga ishonib, oq-qorani ajratolmay kabih yo‘llarga kirib qolayotgan 
yoshlar uchrayotgani fikrimizni dalillaydi.
Drama xalqqa kuchli ta’sir ko‘rastdi. Dramadan ta’sirlanib Abdulla Qodiriy 
“Baxtsiz kuyov” pyesasini yozgani bizga ma’lum. Abdulla Qodiriy ilk pyesasini 
qanday yaratganini o‘zi haqidagi xotiralardan bilib olishimiz mumkin: “1913-yilda 
chiqqan “Padarkush” pyesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib 
yuborg‘onimni o‘zim ham payqamay qoldim”, degandi u 1915-yilda. Demak, 
mazkur dramatik asar g‘oyasi, kompozitsiyasining ayrim xususiyatlari Behbudiy 
bilan hamfikr adiblar – Fitrat, Cho‘lpon, Avloniy, Qodiriy ijodiga o`zining 
ta’sirini ko‘rsatganidan dalolat beradi. “Padarkush” dramasi o‘zbek teatri sahnasida 


qo‘yilgan ilk senariy sifatida tarixga muhrlanganini eslatib o‘tish joiz. Chunki 
ushbu ma’rifatga chorlovchi, ushbu yo‘lda ota-onalarni hushyorlikka chorlovchi bu 
asar tadqiqotchilar fikriga ko‘ra nafaqat “o‘qimagan bolaning otasini o‘ldirishi 
haqida”gi sujet bo‘lib qolmasdan, shuningdek, “mol-dunyo, hokimiyat vasvasasida 
qatl etilgan Mirzo Ulug‘bek bilan bog‘liq otakushlik fojiasidan boshlangan 
Turkiston tanazzuli xususidagi tragediyadir”.
Xulosa qilib aytganda, “padarkush”lar ko‘paymasligini, nafaqat 
padarkushlar balki ilmsizlarnng o‘zini kamaytirish kerak deb hisoblaymiz. Buning 
uchun, moddiy boyliklar oldida ilm, ta’lim, tarbiya qanchalik kata ma’naviy mulk 
ekanligini anglay olmog‘imiz va bo‘lajak o‘qituvchilar sifatida yosh avlodga 
anglata olmog‘imiz muhimdir.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
B. To‘xliyev, B. Karimov, К. Usmonova. Adabiyot - 2017. 
2.
Б.Назаров, С.Мирвалиев, Б.Тухлиев. Адабиётшуносликка кириш. – Т., 
2007. 
3.
O‘zbek adabiyoti. O‘rta maktablarning 11-sinfi uchun darslik. –T.: 
“O‘qituvchi”, 2004. – B.71
4.
Saydulla Mirzayev, XX asr O‘zbek adabiyoti. - 2005. 



Yüklə 380,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin