O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O`zbekiston respublikasi

ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN 
O`RGANISH MASALASI. 
O`zbek adabiy tili tarixining vazifasi badiiy, publitsistik, ilmiy- 
ommabop, dokumental asar va ishlarning tilini, ularda adabiy tilning aks etishini, 
taraqqiyot jarayonini hamda ularning stillarini o`rganishdan iborat. Umuman, adabiiy 
til taraqqiyoti ikki aspektda o`rganiladi; tarixiy va stilistik. Ular bir-biri bilan bog`liq 
holda o`rganiladi. Adabiy til stillar sistemasidan iborat bo`lib, u turli davrlarda 
jamiyatning rivoji bilan turli xil bo`lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida 
xar bir asar nutq tuzilishining o`ziga xosligi bilan farqlanadi. 
Adabiy til stili taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajralgan qolda 
qaralmaydi. Til birliklari va ularning qo`llanishi normalari asar janri bilan 
mustahkam aloqadadir. SHuning uchun ham adabiy tilning stillarini klassifikatsiya 
qilganda,uning janr xususiyati hisobiga olinadi. Janrlarga qarab adabiy tilning 
stillarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin.
1. Adabiy-badiiy stil. Bu ikki gruppaga bo`linadi: poetik uslub va prozaik 
uslub. 
2. Ijtimoiy-publitsistik stil. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy



ishlar, maqolalar va ocherklar stili kiradi. 
3. Ilmiy bayon stili. Bunga butun fanlarga doir ilmiy asarlarning stili kiradi. 
4. Professional texnik stil. Bu turli kasb-hunar sohasida ish yurituvchilar 
uchun xizmat qiladi. 
5. Rasmiy hujjatlar stili. 
6. Har xil yozishmalar, kundalik va xatlarga xos bo`lgan stil. 
Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida adabiy stillarning qo`llanishi 
doirasi o`zgarib boradi. Masalan, inqilobgacha o`zbek adabiy tilida poeziya stili keng 
qo`llangan bo`lsa, hozir proza stiliga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. 
Endi adabiy stillar uchun nimalar umumiy va nimalar o`ziga xos 
xususiyatlari bilan farqlanib turadi,degan savolga javob beramiz. Adabiy til stili 
uchun umumiy bo`lgan xususiyat tilning struktura elementlaridan-tilning fonetik, 
grammatik va leksik elementlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so`zlar borki, 
ular adabiy tilning barcha stillarida qatnasha oladi. Bu kabi so`zlarni ilmiy 
adabiyotlarda stilistik neytral so`zlar deb ham yuritiladi. Masalan, oq, suv, o`tirmoq, 
bormoq. Bunday umumiylik leksikada chegaralangan bo`lsa, fonetik va 
morfologiyada deyarli chegaralanmagan. 
Stillar quyidagi xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi; 
1. So`z tanlash xususiyatiga ko`ra. Rasmiy qog`ozlarda stilistik neytral 
so`zlar ko`p qo`llansa, she`riyatda obrazli so`zlar ko`p qo`llanadi. 
2. Terminologik ma`nolariga ko`ra. Masalan, morfologiya tilshunoslikda
so`z formasi haqidagi ta`limotni bildirsa, meditsinada hujayralar haqida
fikr yuritiladigan sohani bildiradi va x.k.
O`zbek tili O`rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg`iz, MDH davlatlaridan Volga 
bo`yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi 
gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg`ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda 
alohida til gruppasini tashkil etadi. Bu gruppa fanda turkiy tillar oilasi deb yuritiladi. Turkiy 
tillar umumiy gruppa qurilishi, fonetik teng kelishi, lug`at sostavi jihatidan bir-biriga yaqinlik 



darajasi shu tillar tarakqiyotining keyingi davrida yuzaga kelgan hodisa bo`lmay, balki qadimgi 
hodisadir. Turkiy tillar qanchalik qadim bo`lsa-da, ular orasidagi o`xshashlik, yaqinlik ko`pdir. 
Bularning hammasi turkiy tillar qadim zamonlarda qandaydir bir til manbaiga, negiziga ega 
bo`lganligidan darak beradi. Turkiy tillar esa,
o`z navbatida, boshqa tillar bilan aloqasiz va 
boshqa tillardan ajralib qolgan oila tili bo`lmagan, aksincha ular Oltoy gruppasiga kiradigan 
boshqa tillar bilan ko`p jihatidan tarixiy umumiylikka egadir. Turkiy tillarning o`zaro 
o`xshashlik darajalari quyidagilarda ko`rinadi: 
1. O`zbek tilidagi so`zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo`ladi: bil, 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin