O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O`zbekiston respublikasi

bolti, өzim saqint’m; kөrүr kөzүm kөrmәztәg, bilir biligim bilmәztәg bolti, өzүm 
saqintim. Od tәңri yasar, kisi ogli kөp olg`әli (yoki өlүgli) torumis. 
Kultagin obidasidan keltirilgan bu parchada qariyib hamma so`zlar 
tushunarlidir: Kultegin bo`lmaganda edi, siz hammangiz o`lar zdingiz. Inim Kultagin 
kerak bo`ldi, o`zim sog`indim, ko`rar ko`zim ko`rmasdek, bilgan bilimimni 
bilmagandek bo`ldim, o`zim sogindim. Oh, tangri, inson o`g`li o`lish uchun 
tug`iladimi? 
Ko`rinib turibdiki, qadimgi turkiy yozuv yodnomalari umumturkiy tillar 
uchun asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. 
Ma`lumki, yozma yodgorliklar bizga yozuv orqali etib kelgan. SHunday 
ekan, turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan? - degan savol tug`iladi. 
Tarixiy va arxeologik manbalarning ko`rsatishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi 
turkiy xalqlar oromey, so`g`diy, xorazmiy, urxun-enasoy yoki runiy, uyg`ur, arab 
yozuvidan foydalanganlar 
Oromey yozuvining ta`sirida shakllangan so`g`diy va xorazmiy yozuvlari 
eramizning 1-U asrlarida ishlatilgan. SHuningdek, oromey yozuvi ta`sirida eramizning 
birinchi asrida uyg`ur yozuvi shakllanadi. V asrga kelib esa, runiy nomi bilan atalgan 
urxun-enasoy yozuvi paydo bo`ladi. 
Runiy yozuvi oromey yozuvi ta`sirida paydo bo`lgan so`g`diy va xorazmiy 
yozuvlari asosida shakllangan. Bunga turkiy tillar tovushlarini ifodalovchi tamg`a 
shaklidagi harflar ham qo`shilgan. 
Bu yozuvlarning borligi fan olamiga XVIII asrdagana ma`lum bo`ldi. 
Ularning namunalari enasoy daryosi bo`yida topiladi. XIX asr oxirida rus sayyohi va 


11 
yozuvchisi N.M.YAdrintsev Urxun daryosi bo`yidan shu xildagi yozuvlarni topadi va 
tuzilishi jihatidan German runik yozuvlariga o`xshagani uchun runiy yozuv deb 
ataydi. Runiy yozuvdagi yodgorliklar katta hududga taqalgan bo`lib, ular feodal 
hukmdorlar va ularning qarindoshlari qabri ustiga qo`yilgan toshlar, idishlar, yog`och 
va tog` qoyalarda saqlangan. Bu yozuvdagi bitiklar enasoy daryosi bo`ylaridan, 
Qirg`izistonning Talas vodiysidan, Urxun daryosi Selenga havzasi va unga yaqin 
joylardan, Boyqol ko`li atroflaridan topilgan. 
Uyg`ur yozuvi yangi so`g`d yozuvi asosida shakllangan bo`lib, u keyinchalik 
mo`gullarga va mo`g`ullardan manjurlarga o`tgan. Uyg`ur yozuvi VI tortib XV 
asrgacha turkiy xalqlarda va buddaviylar orasida XVIII asrgacha ishlatilib kelingan. 
Uyg`ur yozuvi asosida 1X-X asrlarga tepishli bo`lgan turkiy tillarning yozma 
yodgorliklari paydo bo`ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo`lgan asrlardir. 
Uyg`ur alfaviti bilan yozilgan yodgorliklarning xususiyati va mazmuniga 
qarab, quyidagilarga bo`lish mumkin: 1. Uyg`ur yodgorligi. 2. Ma`naviylik 
yodnomasi. 3. Buddiy yodnoma. 4. Xristian yodnomasi. 
X1-XU asrlarga oid ko`pgina yirik asarlar turk uyg`ur yozuvida tartib 
qilingan. Masalan, «Me`rojnoma», «Tazkirai avliyo», «Baxtiyornoma» kabi bir 
qator asarlar shu yozuvda ko`chirilgan. «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq», 
«Muhabbatnoma» kabi asarlarning uyg`ur yozuvida ko`chirilgan nusxalari ham 
mavjud. 
Akademik V.V. Radlov birinchi marta kadimgi turkiy adabiy tilning 
o`ziga xos dialektlarini o`rganib chikdi va uni shimoliy, janubiy va aralash dialekt 
deb uch guruhga bo`ldi. SHimoliy turkiy adabiy tilga runiy yoki o`rxun-enasoy 
yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so`z 
boshida va so`z oxirida jarangli undoshlar o`rnida ko`proq jarangsiz undoshlar 
kelishidir. Lekin bundan b undoshi istisnodir, chunki so`zning oxiri n va ng 
tovushlari bilan tugagan so`zlarda so`z boshidagi jarangli undoshi saqlanadi: bәn-
men, bing-ming, bin-min kabi. Masalan Tonyuquq bәnәg aydi - Toyo`quq menga 
aytdi (Tonyo`quq). Bagnu tash taqitdim-Mangu tosh tikdim (Kultagin). 


12 
Bundan tashqari, t tovushi so`z boshida ko`p ishlatiladi: Su barin tidi -
Qo`shin bilan bor dedi (Tonyo`quq). 
Tushum kelishi uchun asosan -g` (-g) / -ig` - ig - ug` - үg affiskli shakl 
qo`llangan: sabig` - so`zni, yag`ig` - dushmanni (Tonyo`quq), on әrig - o`n erni 
(Kultagin). 
Qaratqich kelishigi affiksi -ning/-ing shaklida ishlatilgan: Kultәginniң 
altunin, kүmүshүn; Qag`aniң sabi -Xoqonning so`zi; biziң sү - bizning askar 
(Kultagin). 
O`rin-payt, chiqish kelishiklari uchun — da / - dә// - ta / tә affiksli shakl 
qo`llangan: Tүrgesh qag`anta kөrүg kәlti - Turgash xoqondan ayg`oqchi keldi 
(Kultagin), Qirqizta yanti- miz — Qirg`izlardan qaytdik (Tonyo`quq). 
O`tgan zamon fe`li ma`nosida -di / - di // - ti / - ti, - mish / - mish (- mis / - 
mis) affikslaridan tashqari — duq / - dүk affiksli shakl ham qo`llangan. - duq / - 
duk affiksli shakl o`tgan zamon fe`li ma`nosida shaxs-son ko`rsatkichisiz uchala 
shaxsning birligi va ko`pligi uchun ishlatilavergan. 
O`rxun-Enasoy yozuv yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so`zlar 
uchraydi: el (el), ben (men) ilig (qo`l), siz, og`lan, yash, at, tәңri, altmish kabi. 
Lekin semantik xususiyatlari bilan iste`moldan chiqib ketgan so`zlar ham mavjud: 
bodun (xalq), bag` (ittifoqchshshk), sү (qo`shin), sabim (so`zim) iti (yubordi), tosiq 
(to`ygan), ukush (ko`p) kabi. 
Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg`ur yozuvi asosida paydo 
bo`lgan. Bularga Selenga, Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruxdagi 
tillar fonetik jihatdan shimoliy guruxdagi tillardan oxiri n, ng bilan uchraydigan 
so`zlar boshidagi b tovushining m tovushiga o`zgarishi bilan farqlanadi: baңu - 
maңu (mangu), ban - men, biң miң kabi. 
Qaratqich kelishigi -niң / -niң affiksi bilan, chiqish kelishigi - din / -din // 
tin / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe`lning o`tgan zamon shakli har bir shaxs va son 
uchun alohida affikslarga ega. 


13 
Aralash dialektning fonetik jihatdan o`ziga xos xususiyatlari tovushining
tovushi bilan, ch tovushining tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun -azun 
(dune), atun - adun (boshqa) kabi

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin