43
Tayanch tushunchalar:
1.
Oltoy nazariyasi – Oltoy nazpriyasiga rus sharqshunos olimi V.Radlov
asos solgan bo`lib, uning nazariyasiga ko`ra oltoy tillarida so`z boshida va oxirida
kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo`ladi.
2.
CHigillar – turkiy qavmlardan biri bo`lib,
madaniy jihatdan boshqa
turkiy qavmlardan ancha ustun edilar, ya`ni ular o`z yozuv an`analariga ega edilar.
3.
d’ dialekti – chigillar dialekti sanalib, Qoraxoniylar zamonida vujudga
kelgan adabiy tilga asos bo`ldi. Mo`g`ullar va ulardan keyingi adabiy tilda ham o`z
xususiyatlarini ham saqlab qoldi.
4.
y dialekti – mo`g`ullarning O`rta Osiyodagi mavqei pasayib mayda
turkiy davlatlarning paydo bo`lishi bilan d’ dialekti elementlari, ya`ni qoraxoniylar
adabiy tili an`anasi ham o`zining avvalgi ahamiyatini yo`qota boshladi.
Natijada
XIV asrning o`rtalaridan boshlab adabiy til an`anasi sifatida
y – dialekti yuzaga
chiqdi.
4-MAVZU
O`ZBEK ADABIY TILINING XII ASRDAN KEYINGI TAKOMILI
Reja
1. Bu davrdagi tarixiy jarayon va adabiy til an`anasi.
2. Bu davrning tayanch dialekti masalasi.
3. «Qarluq-Xorazm» adabiy tili va uning manbalari
4. «Chig`atoy ulusi» adabiy tili va uning manbalari.
5. «Oltin O`rda» adabiy tili va uning manbalari.
O`zbek adabiy tilining XII asrdan so`nggi takomilida XIII-XIV asrlardagi
tarixiy vokealarning roli kattadir.
44
Ma`lumki,
mo`g`ul qabilalarining faolligi X asrdanoq osha boradi.
Ularning qabilalaridan bo`lgan qoraxitoylar va XII asrning o`rtalarida O`rta
Osiyoga bostirib kiradilar. Bu erda ular ikki tomondan kurash olib borishga majbur
bo`ladilar.
Bir tomondan, Xorazmshoh davlati bilan, ikkinchi tomondan, mo`g`ul
urug`laridan naymanlar bilan.Xorazmshohlar bu kurashda ko`chmanchi qipchoqlar,
o`g`uzlardan foydalanadilar va qoraxoniylarni siqib chiqaradilar. Lekin ular O`rta
Osiyo, xususan, o`zbek elati sostavida Xitoy deb nomlangan urug`ni qoldirib ketdilar.
XIII asrning boshlarida esa O`rta Osiyoga mo`g`ullarning
istilosi
boshlanadi. V.Bartol’dning ta`kidlashicha, bu tarixiy voqea O`rta Osiyoda barpo
bo`lgan davlatning tiliga ham ta`sir etdi va uning tili turkiy til bo`lib rasmiylashdi.
Mo`g`ullar istilosi natijasida tuzilgan davlat
CHig`atoy davlati deb yuritildi va XIV
asrning oxirigacha Temuriylar imperiyasi tuzilguncha davom etdi. CHig`atoy davlati
turkiy, eroniy til va madaniyatiga ega bo`lgan qabila va elatlar yashovchi territoriyada
tashkil topdi va o`zining yozma adabiyot tilini yaratdiki,
u Navoiy davridagi eski
o`zbek adabiy tiliga baza bo`lib xizmat qildi.
CHig`atoy tili deb atalgan adabiy til ilmiy adabiyotlarda qoraxoniylar
davrida tashkil topgan qarluq-chigil-uyg`ur va g`arbiy xorazm (o`g`uz) tilining
davomi hamda taraqqiy
etishi natijasida yuzaga keldi, deb e`tirof qilinadi. XII-XIV
asrlar adabiy tiliga qoraxoniylar davri tili negiz qilib olinganligi uchun ham,
tildagi
«d»lashishga aylana boradi.
XIII asrda mo`g`ul qabilalarining ta`sirida Xorazm aholisining turkiy
tilga o`tishi jarayoni tugallandi.
XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida turkiy tillarda so`zlovchi aholilar faqat
qishloqlarda va cho`l rayonlarda emas, balki O`rta Osiyo,
Qashqarning yirik
shaharlarida ham oshib bordi.
Bu esa badiiy adabiyotda kitobiy tilga nisbatan jonli xalq tiliga murojaat
qilishni taqozo qila boshladi. SHu bilan birgalikda XIII- XIV asrlarda Xorazmni
ham qo`shib olgan
Oltin O`rda davlati tuziladi. Oltin O`rdaning bir qismi bo`lgan
Dostları ilə paylaş: