O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


MAHMUD QOSHG`ARIYNING «DEVONU LUG`ATIT TURK» ASARI HAMDA



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
O`zbekiston respublikasi

MAHMUD QOSHG`ARIYNING «DEVONU LUG`ATIT TURK» ASARI HAMDA 


34 
UNING TARIXIY VA ILMIY AHAMIYATI 
XI asrda turkiy qabilalar orasidagi munosabat kuchaydi. Lekin tilda turli xil 
qabila va urug` tiliga oid formalar qo`llanilar edi. Ana shu davrda turkiy tilda 
ma`lum normalarni yaratish ehtiyoji vujudga keladi. Ana shu talabni qondirish 
maqsadida M.Qoshg`ariy «Devonu lug`atit turk» asarini yaratdi va bu bilan turkiy 
xalqlarning tilshunosligiga hamda madaniyatiga ulkan hissa qo`shdi. Ma`lumki, bu 
asarning yuzaga kelishi mamlakatda qoraxoniylar hukmronligining o`rnatilishi va 
Somoniylar zamonasidagi madaniyat va ilmiy traditsiya qoraxoniylar davrida xam 
davom ettirilishi bilan bog`liq edi. Ana shu davrda M.Qoshg`ariy arab filologiyasini 
o`qib o`rgandi. U arab filologiyasini qanchalik o`rganib borsa, o`z ona tilini 
o`rganish bilan shu darajada qiziqib bordi. U uzoq yillar mobaynida shaharma-shahar, 
tog`ma-tog` kezib, u erlarda yashagan turkiy xalqlar hayotini, etnografiyasini va shu 
bilan bog`liq ravishda tilini o`rganib chiqdi. Har bir qabila tiliga xos bo`lgan dialektal 
xususiyatlarni aniqladi. «Men, deb yozadi M.K., - turklar, turkmanlar, o`ruzlar, 
chigillar, yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar 
kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim. Turli xil so`z xususiyatlarini aniqladim. Men bu 
ishlarni til bilganim uchun emas, balki har bir kichik farqlarni aniqlash uchun qildim, 
bo`lmasa, men tilda ularning etuklaridan, eng katta xushfahmlaridan usta 
nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, o`g`uzlar, yag`molar, 
qirg`izlarning tillari butunlay dilimga jo bo`ldi. Ularni puxta, bir asosda tartibga 
soldim»(DLT. I. 44-bet). 
Maxmud Qoshg`ariy «Devon»da o`sha davrdagi turkiy qabilalar leksikasi, 
fonetikasi va fammatik qurilishini yoritib berdi. 
«Devon»da M.Qoshg`ariy iste`molda bor so`zlarni izohlash bilan bir 
qatorda, har bir turkiy qabilaning o`ziga xos xususiyatini berish uchun alohida yo`l 
tanlaydi. Bu haqda shunday deydi: «Men har bir qabilaga mansub so`zlarni yasalish 
xususiyatlarini va qanday qo`llanishini qisqacha izohlab ko`rsatish uchun alohida 
yo`l tutdim. Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo`llanib kelgan she`rlardan, 
shodlik va motam kunlarida qo`llaniladigan xikmatli so`zlaridan, maqollaridan 


35 
keltirdim» (DLT, I, 47-bet) M.Qoshg`ariy so`z ma`nolarining kengayishi
etimologiyasi kabi hodisalar haqida ham to`xtalgan. 
Mahmud Qoshg`ariy chetdan qabul qilingan so`zlarga ikki xil 
munosabatda bo`ladi. Predmet va tushuncha bilan bog`liq ravishda kirib kelgan 
so`zlarga ijobiy munosabatda bo`ladi. Tilda mavjud bo`lgan so`zlar o`rnida boshqa 
tildan olingan so`zni qo`llashga salbiy qaragan va bu holatni zararli, manfiy holat 
deb bilgan. Bunga ko`ra bilge, bitik, urag`ut kabi turkcha so`zlar o`rnida arabcha 
olim, kitob, ayol so`zlarini qo`llamaslik kerak.
M.Qoshg`ariy o`sha davr fonetikasiga doir qimmatli fikrlarni bayon qiladi. 
SHu davr alfaviti to`g`risida: «Turkiy tillarda qo`llaniladigan asosiy harflar soni 18 
tadir. Xolbuki, tildagi tovushlar 18 ta emas, ko`pdir. Bu 18 harf etishmaydi. 
Bulardan boshqa tilda mavjud bo`lgan tovushlarni berish uchun yana 7 ta tovushni 
ana shu mavjud harflar ustiga maxsus belgi qo`yib yoziladi» (DLTD , 47-48-bet). 
SHuningdek, M.Qoshg`ariy unli va undosh tovushlar, ularning xarakteristikasi, 
tovush almashinishi qonuniyatlari haqida o`rinli fikrlarni bayon qiladi. 
«Devon»da turkiy tshshar morfologiyasi haqida ham ma`lumotlar bor. 
Unda so`z turkumlari va so`z yasovchi affikslar o`z davriga yarasha yoritilgan. 
M.K.Aristotel’ fikriga tayanib, turkiy tilda 3 ta so`z turkumini ajratadi: ot, fe`l, 
yordamchi so`zlar. M.Qoshg`ariy sintaksis masalalarini «Devon»da yoritmaydi, 
chunki bunga bag`ishlab maxsus asar, «Javohirun-nahv fil-lug`atit turk» asarini 
yozgan, lekin u bizgacha etib kelmagan. 
«Devonu lug`atit turk» asari 1914 yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan 
topiladi. Qo`lyozmani ko`chiruvchi Muhammad binni Abu Bakr Damashqiyning 
yozishicha, u nusxani M.Qoshg`ariyning o`z dastxatidan olgan. 
«Devonu lug`atit turk» 1915-17 yillarda uch tomdan iborat qilib 
Istambulda nashr etiladi. SHu nashr asosida K.Brokkel’man 1928 yilda nemischaga 
tarjima qilib, uni nashr qiladi. 1939 yilda Anqarada Basim Atalay turk tiliga 
tarjima qiladi. 1960-63 yillarda-esa prof. S.Mutallibov «Devon»ning o`zbek 
tilidagi tarjimasini yaratdi. 


36 
«Devonu lug`atit turk» turkiy xalqlar tillari tarixini o`rganishda muhim 
manbadir. Ayni zamonda, uni o`z davrining entsiklopedik asari deyish mumkin. 
Asarda turli qabila va xalqlarning tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, urf-odati, 
geografiyasi materiallari bordir. Bu asarni o`rganish bilan O`rta Osiyo xalqlari va 
O`rta Osiyo madaniyatining kelib chiqishini yoritishda yuz bergan xato va 
kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Mazkur asarning tarixiy ahamiyati ham 
shundadir. 
Muhimi shundaki, M.Qoshg`ariy tomonidan berilgan ma`lumotlar hozirgi 
turkiy tillarni o`rganishda va ularning qiyosiy tarixiy grammatikasini yaratishda 
qimmatli manba bo`lib qoldi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin