O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
O`zbekiston respublikasi

OLTIN O`RDA ADABIY TILI 
Oltin O`rda adabiy tili qarluq-xorazm adabiy tili ta`sirida rivojlandi. 
SHuning uchun Oltin O`rda tsikliga kiruvchi yodgorliklarni ko`pchilik adabiyotlarda 
Xorazm yodnomalari deb ham yuritiladi. Xorazm yodgorliklarida qoraxoniylar 
davri adabiy tili, o`g`uz, qipchoq elementlari aralashgan, bu bilan esa umumxalq tili 
grafik kurilishi va leksikasini boyitgan. 
Xorazm yodgorliklari umumiy bir adabiy normaga ega emas. Asarning 
yozilgan o`rniga qarab, fonetik grammatik va leksikasi o`ziga xos xususiyatlarga 
ega bo`lgan. Masalan; «Muhabbatnoma» va «Nahjul Farodis» kabi asarlarda o`g`uz 
va qipchoq elementlari aralash holda qo`llansa, «Xisrav va SHirin», «Me`rojnoma» 


52 
(Muhammad payg`ambarning Makkadan Quddusga borishi va Quddusdan ko`kka 
chiqishi haqidagi noma) kabi asarlarda o`g`uz, qipchoq hamda koraxoniylar
davri tilining aralash qo`llanilganini ko`ramiz. 
Oltin O`rda adabiy tilining eng xarakterli yodgorliklaridan biri 
Qutbning «Xisrav va SHirin» dostonidir. 
«XISRAV VA SHIRIN» DOSTONINING TIL 
XUSUSIYATLARI 
A.M.SHcherbak 
asar 
tili 
Oltin 
O`rda 
turkumiga 
kiradigan 
«Muhabbatnoma» va «Tashshuqnoma» asarlari tilidan lug`aviy, fonetik va 
morfologik jihatdan farqlanishi, ayni zamonda qoraxoniylar davri yodgorliklari 
bo`lgan YUsuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» va Ahmad YUgnakiyning «Hibatul 
haqoyiq» asarlari bilan bir qatorda turishini aytadi, lekin qayd etilgan asarlar tili 
bilan qiyoslangan faktlarni keltirmaydi, balki «Xusrav va SHirin» dostoni tiliga xos 
bo`lgan ayrim fonetik va morfologik xususiyatlarini sanab o`tadi, xolos. 
«Xusrav va SHirin» dostoni va umuman, XIV asr yodgorliklari ustida 
maxsus tadqiqot ishi olib borgan e.I.Fozilov ham asar tilining «Devonu lug`otit 
turk», «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq»asarlari tilining xususiyatlari bilan ayrim 
umumiy tomonlarga ega ekanligani ko`rsatadi hamda o`sha xususiyatlarni sanab 
o`tadi. SHu bilan birga, e.I.Fozilov Xorazm yodgorliklarining dialektal asoslari 
to`g`risida 
fikr bildirib, unda o`g`uz, qipchoq, bulg`or, uyg`ur unsurlarining sinonimik 
qo`llanishini ta`kidlaydi hamda P.M.Melioranskiyning «dialektal rang-baranglik» 
haqidagi fikriga to`la qo`shiladi. 
SHu munosabat bilan ayrim mulohazalarni bildirish o`rinli bo`ladi. «Husrav 
va SHirin» asari ma`lum adabiy til an`anasi yuzaga-kelgan davrda yaratilgan. Bu 
davrda adabiy tilda endigina me`yorlar tizimi paydo bo`la boshlagan edi, ayni 
zamonda, qoraxoniylar davrida yaratilgan adabiy til an`anasining ta`siri kuchli edi, 
chunki o`sha davrda o`zini olim va fozil sanagan har bir kishi butun sharqqa 
mashxur bo`lgan «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlarini o`rganmasdan, 


53 
undan bahra olmasdan qolmas edi. Ma`lumki, sanab o`tilgan asarlar tilida ham qarluq 
ham chigil dialektlarining xususiyatlari aks etgan, SHu jixdtdan ham «Xusrav va 
SHirin» dostoni tilida uyg`ur tili unsurlari bo`lgan. Aslida uyur tili unsurlari 
to`gridan-to`g`ri uyg`ur tili yoki uning dialekti ta`sirnda emas, balki mavjud adabiy 
til an`anasi tufayli yuzaga kelgan. Anglashiladiki,asar tili shevasi xususida gap borar 
ekan, «dialektlar rang-barangligi» haqida emas, balki o`g`uz-qipchoq shevasining 
qisman ta`siri haqida so`z yuritish mumkin bo`ladi. 
SHu munosabat bilan yana bir fiktga oydinlik kiritishni maqsadga 
muvofiq, deb bilamiz. O`zbek adabiy tili tarixiga nazar tashlasak, XSH-X1U 
asarlarda endigina eski turkiy adabiy tildan ajralib chiqa boshlagan eski o`zbek 
adabiy tilining «qarluq-xorazm adabiy tili «CHig`atoy ulusi adabiy tili», «Oltin O`rda 
adabiy tili» degan yorliqlar bilan yuritilganini ko`ramiz. Sirtdan qaraganda, o`zbek 
adabiy tili xususida deyarli gap bormayotgandek tuyuladi. Nima uchun bir adabiy 
tilni turlicha nomlash zarur bo`ladi? Aslida bunga hojat yo`q, chunki XSH- XIV 
asrlarda garchi ma`lum darajada dialektal farqlar mavjud bo`lsa-da, ularni turli-
tuman adabiy til manbai sifatida karash mumkin emas.Bu kisqa davrdagi adabiy 
tilning turlicha nomlanishida, ayniqsa, «CHig`atoy», «Oltin O`rda« nomlari bilan 
yuritilishida ilmiy-lisoniy asos yo`q bo`lib, u ko`proq bosqinchilik siyosati bilan 
bog`langan edi. SHu tufayli XSH- XIV asrlarda yaratilgan va yuqoridagidek turlicha 
nomlanib kelingan asarlar tilini adabiy til nuqtai nazaridan umulashtirib o`rganish 
kerak, lekin o`ziga xos tomonlari bo`rttirib ko`rsatilishi lozim, deb hisoblaymiz. 
N.M. Mallaev «Xusrav va SHirin» dostoni XIV asr o`zbek adabiy tili va 
Xorazm dialektining muhim yodgorligi ekanligini ta`kidlaydi. Bu fikr ham izoh talab 
qiladi. Umuman olganda, har bir badiiy asarni ma`lum dialekt bilan bog`lab qo`yish 
mumkin emas, chunki avval ta`kidlaganimizdek, badiiy asar til an`anasi asosida 
yuzaga keladi, ya`ni ma`lum dialektning badiiy asari haqida so`z yuritib bo`lmaydi. 
SHu ma`noda «Xusrav va SHirin» dostonining tili Xorazm dialekti asosida yaratilgan 
deb aytish qiyin. Ikkinchi tomondan, har bir asar muallifi muayyan dialektning vakili 
bo`lganligi uchun ham asarida o`z dialekti unsurlaridan foydalanishi aniq. Bu esa 
badiiy asarni ma`lum dialekt bilangina bog`lab qo`yish uchun asos bo`la olmaydi. 


54 
N.M. Mallaevning yuqoridagi fikri adabiyotchilarga xos mubolag`a bilan aytilganini 
ta`kidlash o`rinli bo`ladi. 
Asar tilining fonetik jihatdan kaysi dialektga aloqadorligi masalasi ham 
e`tiborni tortadi. Bu masalada ham ixtilofli fikrlar mavjud. A.M.SHcherbak asar
tilida qorishiq undoshining keng qo`llanishini ta`kidlaydi, lekin U. Tursunov va 
B.O`rinboevlar Oltin o`rda adabiy tilining dialektal o`ziga xosligini ko`rsatishda 
undoshining «y» undoshiga mos kelishi bilan izohlaydilar. Ularning bu fikri bevosita 
«Xusrav va SHirin» dostoniga ham tegishlidir. Bizningcha, bu masalaga e.Najib to`la 
aniqlik kiritgan edi. e.Najib ajoyib faktni keltiradi. Uning ko`rsatashicha, asarda 67 
ta so`zda undoshi qayd qilingan. SHundan 29 tasi takrorlanmaydigan so`zlar 
(o`zaklar) bo`lib, 11 tasida «y» muqobillari, 2 tasida esa «z» muqobillari mavjud. 
Demak, 16 tasida «y» undoshiga o`tmagan, ya`ni muqobil bo`lmagan undoshli so`z 
qayd qilingan. 
Q.Mahmudov XP1- XIV asrlar yodgorliklari fonetikasini o`rganar
ekan, «Xusrav va SHirin» dostonida /dz/ undoshi bilan yonma-yon qo`llanganini 
aytadi, lekin «y» undoshi bilan yonma-yon qo`llanganini aytadi, lekin «y» undoshi 
bilan almashgan o`rinlarga misol keltirmaydi, aksincha «d» undoshli so`zlarga
— adaq, —qadg`u misollarini keltirish bilan chegaralanadi. Bundan shunday 
xulosa chiqadiki, asarda hamon dz — lashish saqlanadi. Misollarga murojat 
qilamiz: adz—ism, egarlamoq, әdzgarlamak— egarlamoq, әdzgulik —
yaxshilik, udzimaq -uxlamoq umidz—umid, shadzliq— shodlik, qudzi - quyi, kүdzәkү
—kuyov, 
 
 
pochcha 
va 
boshqalar. 
Matndan 
misollar 
keltiramiz. 
Adaqi yer yүzini barcha kezmish, 
Feyaek aniң ishin roy’shcha tүzmish. (138) 
Og`ul әdgү yaman che qilsa andin, 
Kӛrү ӛz og`li yandurg`ay jazasin. (141) 
Pәrilәr birlә yetti ersә ul hur, 


55 
Qodib suratni terkin ketti SHavur. (151)

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin