71
Lutfiy g`azallarining va umuman she`riyatining mazmunliligini,
badiiyligini xalq
og`zaki ijodi materiallaridan hamda jonli tilga xos bo`lgan so`z va iboralardan unumli
foydalangan.
Lutfiy she`ridagi misralar ma`nosini kuchaytirish, ta`kidlab ko`rsatish
uchun ko`proq turkiy so`z va so`z birikmalaridan radif sifatida foydalanadi. Masalan;
Partavedur ul tabassumdinki jān derlar ani,
Soyai sarving durur hamki ravān derlar ani.
YOki:
Mahvashim, bir nazar etsәng, ne nimaң ӛksүgүsi,
Banda sari guzar etsәng, ne nimәng ӛksүgүsi va h.o.
Lutfiy asarlari leksikasida asosiy o`rinni turkiy so`zlar tashkil etadi.
Ma`lumki, o`zbek klassik adabiyoti asarlari leksikasida fors-tojik va arabcha so`zlar
umumleksikaning aksariyat qismini tashkil qiladi. Lekin Lugfiy ijodida buning aksi
ko`rinadi. Masalan, «Tā jamāliңdin tushubturmen», «Ӛltүrүur hijrān meni» jumlalari
bilan boshlanuvchi g`azallarida 191 leksema katnashgan bo`lib (ayrim so`zlarning
takrori ham hisobga olingan), shundan 104 tasi turkiydir. Ma`lum bo`ladiki,
Lutfiy
ijodida turkiy so`zlar 55 va undan ortiqroq protsentni tashkil etadi.
Lutfiy asarlarining dialektal negizi masalasi ham ancha chigal
masalalardan biridir. Lutfiy ijodini ma`lum bir shevaga keskin ravishda bog`lab
bo`lmasa-da, unga singarmonizmli shevalar asos bo`lganligini aniqlaymiz.
Uning
she`rlarida lab va palatal singarmonizmga ko`plab misol keltirish mumkin: Masalan,
til oldi lablangan unlilar uyushib keladi;
Kӛңүl tā āraziңg`a boldi mushtāq,
Kӛzүmdә gāh qizil gүldүr, gāhi aq (128-bet).
Til orqa lablangan unlilar uyushib keladi.
Meni kӛrdүrgәli ul kӛzi otluk (o`tluk)
Kӛngүlni tash etәr, g`amzani chaqmaq (128).
73
YOki:
Tapqamen deb vaslidin bir kun davā
Tartaram dāim firāqiң dardini. (310-bet)
Ma`lum bo`ladiki, Lutfiy asarlari tili eski o`zbek tili xususiyatlarini boshlab
beruvchi vosita bo`lib xizmat qilsa, asarlarining soddaligi xalq og`zaki ijodidan unumli
foydalanishi asar tilining qam sodda va xalqqa tushunarli bo`lishini ta`minlagan.
Lutfiyning til imkoniyatlaridan
foydalanish mahorati haqida, «O`zbek
adabiyoti tarixi» asari mukammal ma`lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: