65
O`zbek xalqi va o`z tilining nomlanishi. O`zbek xalqi,
millati nomini
olgan xalq juda qadimiy tarixga ega bo`lgandek, ular tilining nomlanishi ham har
xil davrlarda turlicha bo`lgan. «O`zbek» degan nomning mazkur millatga va uning
tiliga nisbatan qo`llanishi Oktyabr’ inqilobidan keyin boshlandi. Ungacha Evropa
turkshunoslari O`zbekistonning o`troq aholisiga nisbatan sart so`zini qo`llaganlar.
«Sart» so`zining lug`aviy ma`nosi hali munozaralidir. M.Qoshg`ariy uni «Savdogar»
ma`nosida qo`llanganligani bildiradi. U.Tursunov va B.O`rinboevlar sanskritcha
sartavan (karvonboshi) so`zidan olinganligini aytadilar.
Sart so`zi har holda etnik nom emas.
Bu nom shahar aholisiga
ko`chmanchilar va sahroyilar tomonidan qo`yilgandir. SHuning uchun sart Navoiy va
Bobur sart atamasini tojik-forslarga nisbatan qo`llaganlar. Umuman, XVI asrgacha
O`rta Osiyo shaharlarida yashovchi tojik aholini sart deyilgan. SHayboniyxon
istilosidan keyin bu erlardagi o`troq turkiy aholi ham ko`chmanchi o`zbeklar
tomonidan sart deb yuritilgani ma`lum.
SHuningdek, o`zbek tili hamda o`zbek adabiy tili tarixda davriga qarab
turk, turkiy, turkcha, turkistoncha chig`atoy, O`rta Osiyo turkiysi kabi nomlar bilan
atalib kelgan. Mahalliy xalqlar o`zbek deb ataluvchi xalqni «turk»
va uning tilini
«turkiy» deb yuritganlar. Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug`aytayn» asarida
o`zbek xalqini , turk va uning tilini turk tili deb ataydi. Masalan: «...
mening ta’bim
turk lafziga muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izhor qilurmen. Bu garib
ma`ni adosida turkchada bu matla` borkim»
«Turk» nomi M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asaridayoq keng
ma`noda hamma turkiy xalqlarga nisbatan va tor ma`noda
SHarqiy turklarga
nisbatan qo`llangan.
«O`zbek» nomi esa hozirgi o`zbek xalqining bir kismini
tashkil etuvchi qipchoq urug`iga mansub bo`lgan qabilalarga nisbatan ishlatilgan.
Turk nomi O`rta Osiyo, Krzog`iston, Kavkaz, Volga bo`yi xalqlariga
nisbatan ham qo`llanganligidan, o`zbek
tilini ulardan farqlash uchun turkistoncha,
chig`atoycha, O`rta Osiyo turkchasi deb nomlaganlar.
66
CHig`atoy atamasi mo`gullar istilosilan keyin paydo bo`lgan. CHingizxon
vafotidan oldinroq bosib olgan o`lkalarni o`g`il va nabiralari o`rtasida taksimlagan.
SHunda O`rta Osiyo va SHimoliy Afg`oniston o`rtancha farzandi CHig`atoyga
berilgan. CHig`atoyxon tasarrufiga qaraydigan erlar CHig`atoy yurti, eli; elatlar esa
CHig`atoy ulusi; bu hududda yaratilgan adabiy,
tarixiy asarlar asta sekin, davrlar
o`tishi bilan chig`atoy adabiyoti, uning tili sun`iy ravishda chig`atoy tili nomi bilan
yuritiladigan bo`lgan. Demak, CHig`atoy atamasi hukmdor nomi bilan bog`langan
atamadir.
Navoiy «CHor devon»ida CHig`atoy, Jo`ji atamalari urug`, qabila
nomlarini bildirgani haqida ma`lumot berilgan:
«Turk krvmlari Jo`jidur, Inoq,
CHig`atoy».
Adabiyotshunoslikda
chig`atoy adabiyoti va chig`atoy tili, chig`atoy
turkiysi atamalari uchraydi. Bunda, ya`ni chig`atoy adabiyoti atamasi qo`llansa,
o`zbek mumtoz adabiyoti deb tushunmoq kerak. CHig`atoy tili, chig`atoy turkiysi
atamasi uchrab kolsa, uning eski o`zbek adabiy tili o`rnida ishlatilaganini anglaymiz.
O`zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, uning nomlanish tarixi xususida S.
P. Tolstov, A.YU. YAkubovskiy, YA. G`. G`ulomov, L.V. Oshanin, M. Vahobov,
A.Asqarov, B.Ahmedov, I. Jabborov kabi olimlarning har xil tarzdagi tadqiqotlari
mavjud. O`zbek atamasi garchi «o`zi-bek» -o`ziga bek,
mustaqil beglik kabi
ma`nolarni bildirgan so`z deb yuritila boshlagan bo`lsa ham, qadim bu so`z nimani
anglatgani aniq emas.
O`zbek so`zining kelib chikishi va qo`llanishi haqida hozircha eng so`nggi
ma`lumot professor X.Doniyorov maqolasida ancha batafsil beriladi. Maqolada biz
uchun yangi fikr muallifning o`zbek atamasining XI asrda ham ishlatilgani haqidagi
aniq manbalarga suyanib keltirgan mulohazasidir. SHuningdek,
bu nom bilan
ataluvchi qavmlarning hozirgi O`zbekiston, O`rta Osiyo va hatto arab mamlakatlari
xududida ham ancha ilgaridan beri yashab kelayotganligiga quyidagi misollar juda
yorqin dalil bo`la oladi. Masalan, XI asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Isoma
ibn Munqizning «Kitob-al e`tibor» («Ibratli kitob») degan asarida yozilishicha,
67
«o`zbek» qavmiga mansub bo`lgan kishilar o`sha vaqtdayoq Arabistonda ancha mavke
egallaganlar va evropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar
tomonida turib jang
qilganlar.
Navoiydan keyin XVI asr boshlarida o`zbek xalqi va uning tili o`zbek
nomi bilan ham yuritilgan. Buni Muhammad Solixning «SHayboniynoma»sidan
keltirilgan quyidagi baytdan ham bilish mumkin:
Holi aning eri Turkistondur O`zbak
eliga muazzam xondur.
SHayboniy Dashti qipchoqdan bostirib kirgandan so`ng ko`chmanchilar
bilan erli qabilalar aralashib ketadilar. SHu tufayli o`zbek degan nom keyinchalik
keng qo`llana boshlagan. O`zbek xalqi va uning tili qaysi nom bilan atalmasin, shu
xalqning birdan-bir aloqa vositasi bo`lib keldi.
Dostları ilə paylaş: