O’zbek tilini o’qitishda idrok xaritasining o’rni jdpi o’qituvchisi. O. Mamirov



Yüklə 244,34 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.05.2023
ölçüsü244,34 Kb.
#116414
1509-Текст статьи-3710-1-10-20210509 (1)



O’ZBEK TILINI O’QITISHDA IDROK XARITASINING O’RNI 
JDPI o’qituvchisi. O.Mamirov 
  Ma’lumki, XXI asr kompyuter  texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot 
texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri 
bo’ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq 
ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” “Innovatsion ta’lim”, 
“Innovatsion pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun 
singib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, 
“Hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet 
kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib 
borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun 
naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat 
yo’q”. 
Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik 
lingvistika va “elektron - tarjimon”, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator 
yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda 
ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat o’ynashdan tortib, tibbiy tashxis 
qo’yish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, 
mazmunini so’zlab berish, she’r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi 
kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarixini chizish kabi yuzlab mehnat 
faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari 
ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi.
Shuning uchun hozirgi zamonda ta’lim tarbiya berishda aynan o’zbek tilini 
o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu 
pedagogic texnologiyalardan vosita yoki texnologiya sifatida foydalanish 
o’qituvchining mahoratiga bog’liq deb o’ylayman. Men aytmoqchi bo’lgan idrok 
xaritasi (intellectual xarita) ham huddi shu texnologiyaning bir qismi hisoblanadi.
Idrok xaritasidan bir vaqtni o’zida ham vosita ham texnologiya sifatida 
foydalanish mumkin. Idrok xaritasini yaratish uchun albatta o’qituvchi kompyuter 


texnologiyalarini juda yaxshi o’zlashtirishi lozim. Buni yuqoridagi xarita misolida 
ko’ramiz.
Bu xaritada Toxir malikning ijod yo’li birin ketin joylashgan. Xaritaning 
markazida taniqli yozuvchi Toxir Malikning surati aks etgan. O’quvchilar bu 
suratlar ko’rsatilganda o’quvchilar tomonidan asarlar tahlil qilinib qaysi yozuvchi 
qalamiga mansub ekanligi topiladi. Bu vositaning qulayligi o’quvchilar aynan asar 
yoki kitobning muqovasidagi suratni ko’rib ham tezroq idrok qiladi. Idrok 
natijasida xaritadan birin ketin foydalanib boshqa asarlarni ham qiyosiy tahlil qilib 
boorish mumkin. Endi ushbu maqolamizning asl mohiyatiga qaytamiz.
Tilshunoslik bo’limlarini ham idrok xaritasi yordamida o’tish mumkinmi? 
segan savol tug’ilishi mumkin. Ha albatta bu vosita orqali Fonetika, Leksikologiya, 
Frazeologiya Morfologiya, Sintaksis kabi bo’limlarni ham huddi shunday xarita 
yordamida ham o’tsa bo’ladi.
Xaritaning markaziga misol uchun morfologiya bo’limiga tegishli bo’lgan ot 
so’z turkumini tushintirishda juda qo’l keladi. Masalan xaritaning markaziga ot 
so’z turkumi deb yoziladi. Markaz atrofida esa aynan kim? Nima? Degan savol 
javob bo’lgan barcha suratlar joylashtiriladi. O’quvchilar esa darhol suratlarga 


qarab idrok qilishadi va javob berishadi. Darsni shu tariqa boshlash maqsadga 
muvofiq deb o’ylayman. Bu idrok xarita bilan yangi mavzuni o’tishda o’tgan 
mavzularni takrorlashda ham qo’llash mumkin. Idrok xaritasi o’quvchilarda 
tasavvur qilish va fikrlarni tizmlashtirish, o’tilayotgan mavzudagi bosh g’oyalar 
yoki asosiy tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi g’oyalar yoki 
tushunchalarni ajratish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Darsliklarda topshiriqlar ifodali o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish, matnni yod 
olish, matn mazmunini hikoya qilish, matn mazmunini qisqarti-rib hikoya qilish 
singari ko‘rinishlar mavjud. Ular o‘quvchilarning og‘zaki nutq malakalarining 
ortishiga omil bo‘ladi. Bеvosita yozma nutq takomiliga yo‘naltirilgan topshiriqlar 
ham bor. 5-sinf darsligida nazariy tushunchalar elеmеntar tarzda taqdim etilgan. 
Ona tilini uning o‘ziga xosligidan kеlib chiqqan holda o‘rganishning boshlanishi 
yеtuk kitobxonni shakllantirish uchun muayyan zamin yaratish imkonini bеradi. 5-
sinf darsligi bilan ishlashda o‘quvchilarning badiiy matn mohiyatini, sеhrini, 
tarovatini, shular asosida esa o‘zbеkcha so‘z nazokatini tushunishlari, his etishlari, 
anglab yеtishlari uchun dastlabki qadamlar qo‘yiladi. Ammo har bir matnning 
o‘ziga xos tarzdagi yondashuvlarni taqozo etishini ham unutmaslik kеrak. Dastur 
va darsliklarda o‘rganilishi ko‘zda tutilgan matnlar badiiy qimmati, tarbiyaviy 
ahamiyati hamda o‘quvchilarning yoshi, ruhiy imkoniyatlari, aqliy rivojlanish 
darajalariga mosligiga ko‘ra tanlangan. 
Idrok xaritasi namoyishlarni o’tkazish, qaror qabul qilish, o’z vaqtini 
rejalashtirish, katta miqdordagi ma’lumotlarni esda saqlash, aqliy hujumlarni 
o’tkazish, o’z-o’zini tahlil qilish, murakkab loyihalarni ishlab chiqish, mustaqil 
ta’lim, rivojlanish va shu kabi vazifalarni hal etishda ajoyib vosita bo’lib xizmat 
qiladi.
Adabiyotlar 
1. O’zbek tili o’qitish metodikasi. B.To’qliyev 
2. Urazova M. B., Khodjaev B. Kh. Intellect cards as a development factor of 
a professional competence of future teachers. 
3. Бьюзен Т., Бьюзен Б. Супермышление. - Минск: Попурри, 2003. - 211с.  

Yüklə 244,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin