Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 24,86 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü24,86 Kb.
#118919
  1   2   3
1-ma`ruza


1-ma`ruza.
Kompyuter lingvistikasi” faniga kirish
Reja
1. Kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelish asoslari.
2. Komyuter lingvistikasi va matematik lingvistika.
3. Kompyuter lingvistikasi fanining tekshirish obyekti, maqsad va vazifalari.
4. Kompyuter lingvistikasi va klassik tilshunoslik.
Til sistema sifatida aynan matematikaning o’zidir.
Matematika aniq fan bo’lib, formulalar munosabati
orqali reallashadi.Til ham matematika singari aniqlikni
talab qiladi va unda ikki yoki undan ortiq elementlarning
o’zaro munosabati bir butunlikni tashkil etadi.
Beryozin
Tayanch so’z va iboralar: til algebrasi, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi, mashina tarjimasi, metatil, sun’iy til, deskriptiv, kvantitativ, muloqotning optimal modeli, analiz, sintez, NLP, injener lingvistikasi, generatsiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuterdan unumli foydalanish, tillarga o’qitish, bilimlarini baholash, matnlarni tahrir qilish, tabiiy tillarning matematik modeli, o’zbek tilining kompyuter uslubi, matnlar korpusi, elektron lug’at, tezaurus.
Ma’lumki, tilshunoslik fani XIX (1816 yilda) asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo’nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning „chorrahasida“ (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik), psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: bioximiya, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o’zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo’ladi.

Yüklə 24,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin