68
CHig`atoy nomi CHig`atoy usulidagi adabiy til bilan bog`langan edi. Ma`lumki,
CHig`atoy ulusining tili eski o`zbek tilining vujudga kelishida muhim rol’
o`ynagani haqidagi fikr bilan avval tanishib o`tgan edik.
O`rta Osiyo turkiy tillaridagi o`ziga xoslik va
ajralish protsessi Temur va
temuriylar davrida yanada sur`atlashgan edi.
SHu o`lkada yangi adabiy til traditsiyasi shakllangan. Bu tarditsiya
qoraxoniylar zamonidagi adabiy tarditsiyadan o`zining «y» lashish traditsiyasi bilan
farq qilgan, ya`ni bu traditsiya «y» dialekti zaminida shakllangan edi. Mo`g`ul
davlatining siyosiy jihatdan zaiflashishi va hokimiyat mahalliy hukmdorlar qo`liga
o`tishi bilan bog`liq ravishda adabiy tilga maxalliy dialektlarning ta`siri
yanada
kuchaydi. SHu ta`sirning yorqin namunasini «Xisrav va SHirin» asarida ham
ko`rgan bo`lsak, Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarida yanada yorqinroq ko`ramiz.
«Xisrav va SHirin» dostonida qoraxoniylar adabiy
tili traditsiyasining
ta`siri kuchliroq sezilsa, «Muhabbatnoma» asarida fonetik va morfologik formalarda
shu traditsiya mag`lubiyatga uchraydi.
Dostları ilə paylaş: