80
Кононов А.Н. Грамматика языка тюркских рунических памятников
VII-IX вв..-Л., 1980.
Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. -Т.:
Ўқитувчи, 1994.
Исхоқов Ф. Эски ўзбек тили ва ѐзуви. - Т.: Ўқитувчи, 1995.
Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.:
Ўқитувчи, 1995.
7 -
MAVZU
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXIDA ALISHER NAVOIY IJODINING
ROLI
Reja:
1. O`zbek adabiy tilining mumtoz davridagi tarixiy sharoit.
2. Alisher Navoiy o`zbek tilining asoschisi.
3. Alisher Navoiyning asarlarida o`zbek tili me`yorlarining
belgilanishi.
4. Alisher Navoiyning asarlarida «turkiy», «turkcha» atamalarining
qo`llanishi va ma`nolari.
A.Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va
shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so`z san`atkoridir. Navoiy o`z asarlari
orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste`dod egasidir. Navoiy Husayn Bayqaro
saroyida ish ko`rgan adabiyot jamiyatining tashkilotchisi va ustozi edi. SHu
jamiyatdan o`z atrofiga zamondosh shoir va yozuvchilarni to`plab ular bilan fors-
tojik va turk-o`zbek
shoirlarining ijodlari haqida, adabiyotning turli masalalari
to`grisida, til va uslub haqida sermazmun va jozibali suhbatlar olib borar edi. Bu
suhbatlar Navoiyning aytishicha, jonli munozaralarga aylanib ketar edi. Bundan esa
Navoiy har choq xursand va mamnun bo`lgan. Navoiy zamondosh shoir,
yozuvchilarning buyuk homiysi va ustozi edi. SHoir
va yozuvchilarning shaxsiy
munozaraviy suhbatlarida biror chigil masala tug`ilib qolgudek bo`lsa hamda o`rtada
hal qilinmasa, shu masalani uzil-kesil hal qilish uchun suhbatdoshlar Alisher
81
Navoiyga murojaat kilardilar. Ular Navoiyning tiyran fikridan har doim o`zlariga
kerakli fikrlarni topa olar edilar. Deyarli 40 yil davomida olib borilgan shu
suhbatlar turk-o`zbek badiiy adabiyotida to`plangan boy tajriba,
adabiyotning turli
janrlarida to`plangan o`zining shaxsiy tajribalari keyinchalik «Xamsa», «Xazoyinul
maoniy», «Mezon-ul avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug`atayin»,
kabi asarlarni yozish uchun Navoiyga asos bo`lgandir. SHu yuqorida ko`rsatilgan
asarlarning yozilishi uchun bo`lgan boshqa sabablar Navoiy yashagan va ijod etgan
davrdagi tarixiy sharoitlar bilan bog`likdir. Bir vaqtlar shuhrat qozongan va qo`shni
davlatlarga ko`rqinch tug`dirib kelgan temuriylar davlati Navoiy ko`z oldida
inqirozga yuz tuga boshladi. Temuriylar o`rtasidagi uzluksiz kurashlar davlatning
harbiy- iqtisodiy qudratini zaiflashtirib yuborgan edi. Adabiyotda va adabiy tilda
etakchilik xamon traditsion forsigo`y shoirlar ko`lida edi.
Maktab va madrasalarda
arab va fors tili o`rganilib, ular bilan birga fors poeziyasi haqida ma`lumot olinar edi.
O`zbeklar orasidan chiqqan shoirlar o`zlarining dastlabki asarlarini ona tilida emas,
balki fors tilida yozar edilar. Fors tili esa asrlar mobaynida fors tilida yozgan so`z
ustalari tarafidan ishlanib, sayqal berib kelingan til edi. SHuning uchun ham fors
poeziyasida tarbiyalangan turk-o`zbek shoirlari uchun o`z ona tilida yozishdan ko`ra
badiiy jihatdan ishlangan fors tilida yozish oson edi. Bunga odatlanib qolgan
ko`pgina turk-o`zbek shoirlari o`z asarlarini forsiy til bilan yozib kelgan. Alisher
Navoiy «Majolis-un-nafois» asarida 459 ta shoir haqida ma`lumot berib, shundan 2-
majlisda 91 shoirdan 16 ta shoirning turk-o`zbek tilida, 3-majlisda 175 ta shoirdan
faqat 3 tasigina turkigo`y ekanligini aytadi. SHu keltirilgan ma`lumotdan ham ko`rinib
turibdiki, o`zbeklar ichidan etishib chiqqan so`z ustalari o`z ona tilida asar yozishga
kam e`tibor berganlar. Bu hol siyosiy jihatdan ham temuriylar davlatiga ma`lum
darajada putur egkazar edi. SHunday sharoitda o`zbek
tilini mensimas, uning
burdini tushirishga, bu til avom tili, dag`al til, ilmiy va badiiy tushunchalarni ifoda
qilish kudratiga ega bo`lmagan til, degan fikrlar ilgari surilar edi.
SHularga qarshi Navoiy o`zbek tilining badiiy qudratini adabiyotning butun
vositalari orqali isbot etdi. U yuksak badiiy ijodiyotning timsoli sifatida
«Xazoyinul maoniy», «Xamsa» va shu kabi sharq poeziyasida shuhrat qozongan
82
mavzularda asar yozib, o`zbek tilining qudratini keng namoyish qildi va shuhratini
yoydi. SHu asosda yozuv tilini umumxalq tiliga moslashtirdi. Bu haqda Navoiyning
o`zi ham ko`p asarlarida ko`rsatib o`tgan O`zbek tilining qudratini oshirgani
va xalq, tilini kitobiy til bilan yaqinlashtirgani haqida «Lison-ut-tayr»asarida shunday
deydi.
Tүrk nazmida chү tartib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
Navoiy xalq madaniyatini ko`tara olishdagi qudratli
vositalardan biri ona
tili ekanini zamondoshlari orasida birinchi bo`lib tarixiy jihatdan tushundi va
o`zining shu fikriga butun faoliyati sodiq qoldi. Navoiyning maqsadi badiiy jihatdan
ishlanmagan xalq tilini badiiy ishlash va uni forsiy til darajasiga ko`tarish hamda shu
asosda ona tilining shon-shuhratini keng yoyishdir. Navoiy deyarli har bir dostonida,
til masalasiga alohida e`tibor bergan. Masalan: «Layli va Majnun»da shunday deyiladi:
CHүn forsi erdi nuqta shavqi,
Azraq erdi anda tүrk zavqin.
Men tүrkchә bashlaban rivāyat,
Qildi bu fasānani hikāyat.
Kim shuhrat chүn jahāng`a bolg`ay
Tүrkiy ilә dag`i bahra olg`ay.
Navoiy badiiy adabiyotning butun sohasida ijod etib, xar sohada o`ziga xos
originallik yaratgan va shu asosda o`zbek tilining badiiy kudratini imkoniyatini keng
namoyish qildi.
Navoiy o`zbek tilining himoyachisi va targ`ibotchisi sifatida ham nazariy ham
praktik ishlarni amalga oshirdi, SHuning uchun buyuk turkolog N.I.Il’minskiy uni «Ona
tili uchun kurashda yagona va bahodir jangchi edi»,-deb ta`riflagan edi.
Dostları ilə paylaş: