O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
O`zbekiston respublikasi

Ushbu erda saң to`dani(ng) ustiga chiqib (B N), Lutfiyni(ng) niyati uldurki (L) va h.o. 
2 CHiqish kelishigi faqat —din//din//tin//tin variantlarda qo`llandi Ma`lumki, 
Navoiygacha bu kelishik —dun//dүn//tun//tүn, dan//dәn//tan//tәn kabi variantli 
affikslarga ham ega edi 
Solishtiring Mahmud Qoshg`ariyda suvdan sezdәn, «O`g`uznoma»da kop 
toqushgudun soң, anuң kөzi kәktүn kәkre Serdi va h.o. 
3 Birgalik nisbat — sh affiksi bilan ifodalanadi: qachishmaq tapishmaq, 
chapishmaq. 
4 Orttirma nisbat -t, affiksi bilan ifodalanadi gogurt, buyurt 
5 Sifatdosh -gu//qu//ku barg`ku, bilgү, aytku; 
6 Navoiy asarlarida ravishdosh yasovchi -gach//gәch, kәch//qach affiksi 
keng qo`llandi әylәgәch, yetkәch 
YUqoridagilardan tashqari so`z yasovchi affikslarining qo`llanishi 
doirasi kengaygan: 
-chi//-chi affiksi kasb-xunarga, lavozim va ovchilik bilan bog`liq so`zlarni 
yasagan qushchi, barschi, qo`riqchi, qorchi, suvchi, yurtchi, xazinachi, axtachi, 
turnachi va h.o. 
-vul saroy lavozimlari otlarini yasagan yakkovul (yo`l boshlovchi), 
kintavul (qo`rgon qorovuli) bakāvul, qaravul, yasavul 
- e affiksi abstrakt oti yasagan iasal qo`shin safi), qabāl (qamal), 


86 
tutqal (xazinachi) tusqal (soqchi). 
Navoiy ijodidan bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. 
YUqoridagi faktlar shundan dalolat beradiki, A Navoiy o`zbek
tili imkoniyatlaridan juda keng foydalinishi natijasida o`zbek tili leksikasi va 
grammatik qurilishi ma`lum bir normaga tushdi SHuning uchun ham Alisher 
Navoiy haqli ravishda o`zbek adabiy tilining asoschisi deb ataymiz Navoiy asarlari 
orqali eski o`zbek adabiy tili o`zining yuqori pog`onasiga ko`tarildi. Navoiy asrlar 
mobaynida turkiy tillarda qo`llanib kelgan boy manbalardan keng foydalandi. Uning 
tili qadimgi SHarqiy Turkiston tilidan, shuningdek, qadimgi uyg`ur tili ta`siridan, 
asosiy leksik va grammatik xususiyatlaridan qutulgan bo`lsa ham, ba`zi poetik 
talablarga ko`ra uning tilida arxaik elementlar ishlatilgandir Arxaik elementlar 
deyilganda, SHarqiy Turkiston, shu jumladan qadimgi uyg`ur va qadimgi turkiy 
tillarga oid leksik va grammatik hodisalar kiradi. 
Arxaik elementlar poetik nutqda ko`p vaqt dabdabali tus berish, tildagi 
ta`sirchanlikni, ekspressivlikni oshirish uchun xizmat qilib keldi SHu nuqtai nazardan 
Navoiy uz asarlari tilida bunday elementlarga murojaat qilgan Navoiy tilida ari, 
o`gon, ugush, qamu, uksuk-kom, bitik asi kabi leksik arxaizmlar qullangan Misollar; 
Kalāmi nechәakim, sāfu arig`dur 
Mang`a nuqsāndin o`zga ne asig`dur (Farxod va SHirin) 
YOki 
Nag`malar turkāna sӛz etildi ugush 
Mastlig`din oylakim, xushnag`ma kush (Lison-ut-tayr) 
SHuningdek, SHarqiy Turkiston tiliga xos bo`lgan -gu//g`u//qu//ku kabi 
morfologik elementlar ham uchraydi o`qig`u, degu, yaqqu, eshitku 
Navoiy tilida tartib sonning - inch (birinch, uchinch) affiksi bilan 
ifodalangan varianti xam qayd qilinadi. 
YUqoridagi leksik va grammatik elementlar A Navoiy tilida o`z o`rnida 


87 
va uslub talabi bilangina qo`llangan. 
Alisher Navoiy turkiy tillar madaniy merosi va boyligidan ham ustalik 
bilan foydalandi Navoiy tilida qipchoq, o`g`uz elementlari alohida o`rin tutadi. Bular 
keng tarqalgandir. Bu xodisa yolg`iz Navoiy asarlari tili uchungina emas, balki eski 
o`zbek poetik tili uchun ham xosdir. 
Akademik Radlov Navoiy tilidagi g`arbiy yoki o`g`uz tili elementlari 
masalasida ikki fikrni ilgari suradi. Birinchi fikrga karaganda, Navoiy tili o`g`uz deb 
atalgan adabiy tillar, ya`ni, ozarbayjon, turkman, usmonli turk kabi tillarga ta`sir 
qilib, buning natijasida mazkur o`g`uz elementlari yuqorida ko`rsatilgan tillarga 
tarqalgan. Bunda akademik Radlov Navoiy tilining g`arbiy tillarga ta`sirini ko`zda 
tutadi. Ikkinchi fikrga qaraganda, Navoiy zamonida g`arbiy turklarda shunday bir 
adabiy til markazi bo`lganki, bu adabiy til turli yo`llar bilan Navoiy tiliga ta`sir 
ko`rsatgan bulishi mumkin. 
Masala Navoiy asarlari uchun tayanch bo`lgan dialekt asosida hal qilinishi 
mumkin. Navoiy tilida, shuningdek, eski o`zbek poetik tilida o`g`uz tilining 
elementlari keng miqyosda qo`llangan, lekin bu elementlar Navoiy va unga 
zamondosh adiblar tiliga tashqi jarayonning ta`sirida paydo bo`lib qolmagan, 
aksincha, bunday elementlar o`zbek tilining o`g`uz shevalari orqali tilga kirgandir. 
Ma`lumki, XIII-XIV asrlarda Xorazmda adabiy til markazi paydo bo`ldi. 
Bu markaz «y»lashgan dialekt zaminida vujudga kelishi bilan birga o`g`uz tilining 
leksik elementlarini va qator morfologik formalarini o`zlashtirgan edi. O`g`uz 
dialektining bevosita ta`siri «Muhabbatnoma», «Xisrav va SHirin» va XIX asrning 
birinchi yarmida ijod etgan shoirlar tilida keng tarqalgandir. Bu traditsiya tabiiy 
Navoiy tilida xam davom etgan. Masalan, ev(uy), o`l (bo`l), uyumag` (uxlamoq). 
Ishq dardig`a Navāiy kibi mag`rur o`lmang 
Ӛzni har mahvash uchun shiftai hāl әylәmәңiz. 
( T.A.II,I 405-bet) 
YUqoridagi kabi hodisa Lutfiy va boshqa shoirlar ijodida ham keng 


88 
tarqalgandir. Navoiy tilida tarixan qadimgi turkiy tilga, lekin Navoiy davrida 
g`arbiy tillar xususiyatiga aylangan sifatdoshning —mish affiksi bilan ifodalangan 
formasi qayd qilinadi: 
Har yaram jismimda bir xayrān kӛz olmish hālima 
Turfa kӛrkim, muncha hayrān kӛzgә hayrāndur kӛzgә.
G`arbiy tillarga xos yana quyidagi morfologik xususiyatlar uchraydi: 
I shaxsda shaxs-son affiksining qisqargan shakli: 
Sarvi āzādimni bag` ichrә xirāmān istәrәm, 
Sabzasin sarsabzu gүl bargini xandān istәrәm 
(II ,1 239-bet) 
shaxs hozirgi-kelasi zamon formasining qo`llanishida ham g`arbiy tillarga 
xos xususiyat saqlanadi bilmon, istaman 
Ey Navāiy, hech bilmankim, unag`aymu kӛngүl
Ancha-muncha ajnabiy sӛzlәrni irshād әylәdim
Ozarbayjon, usmonli turk tillariga xos bo`lgan infinitivning bo`lishsiz 
formasi ham uchraydi: 
Asl uldurki, sanamlar sari kӛz salmәg`әsen
ey Navāiy, tilәsәng kӛrmәmәk aslā āfat. 
…Dam urmamaq kerak (Maxbubul kulub) 
Navoiy tilida o`g`uz elementlaridan tashqari qipchoq tillariga xos 
elementlar ham uchraydi Lekin ular juda oz miqdordadir hamda ular Navoiy tilining 
umumiy taraqqiyotiga u kadar ta`sir qilolmaydi.
NAVOIYNING ARAB VA FORS TILLARIGA MUNOSABATI 
Navoiy turkiy til elementlaridan tashqari fors va arab tillarining madaniy 
merosidan xam keng foydalangan. Arabcha-forscha elementlarning ko`pchiligi 


89 
Navoiy tilini tabiiy ancha murakkablashtirgan. 
Klassik janr sistemasida va poeziyaning arabcha vazn o`lchovlaridan 
foydalanish Navoiyga poetik erkinlik bergan. Bundan tashqari o`sha davr talabiga 
ko`ra poetik asarlar ko`tarinki, dabdabali uslub bilan yozilishi kerak edi. Badiiy 
traditsiya ta`siri natijasida poetik uslub xalq tilidan kisman bo`lsa-da, uzilib qolganligi 
taassurotini beradi. SHuning uchun Navoiy poetik tematika sohasida eski 
traditsiyadan chetga chikqan bo`lsa-da, til va uslub masalalarida klassik traditsiya 
chegarasidan chetga chiqa olmadi. Alisher Navoiy o`zining poetik asarlarida, 
jumladan, «CHor devon», «Xamsa» asarlarida o`zbek tilini fors-tojik adabiy tili kabi 
ishlashga va unga dabdabali tus berishga harakat qildi. Bularning hammasi arab va 
fors tillarining elementlariga keng yo`l ochib berdi. 
Navoiy asarlarida arabcha-forscha leksik elementlar bilan birga morfologik 
elementlar qo`llangan. Navoiy tilida otlarning aniqlik va noaniqlik formalari 
mavjud. Noaniqlik formasi -i affiksi bilan hosil qilingan. Bu affiks o`zbek tiliga tojik 
tilidan o`tgan bo`lib, eronshunoslikda «yoyi vaxdat» (birlik yoyi) deb ataladi. 
Masalan, «Karam (saxovat) bir jafākashniң shiddati (qiyinchilik) yukin kүtәrmәkdүr va 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin