O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


ABULG`OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
O`zbekiston respublikasi

ABULG`OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI 
XVII-XIX asrlarda yaratilgan asarlarda ikki xil tendentsiya mavjud edi. 
Birinchi tendentsiya shundan iboratki, unda Alisher Navoiy ijodiga ergashish tufayli 
badiiy asarlarda ko`tarinki uslub saqlangan edi. To`g`ri, bunday uslubda og`zaki 
nutq yoki jonli so`zlashuv tili elementlari ham keng qo`llangan. Ikkinchi 
tendentsiyada esa tarixiy, ta`limiy asarlar tilida dialektlarning adabiy tilga bo`lgan 
ta`siri yanada kuchaygan. SHu jihatdan Abulg`ozi Bahodirxonning «SHajarai turk» 
va «SHajarai tarokima» asarlarining tili xarakterlidir. 
«SHajarai tarokima» asari turkman xalqi tarixiga bag`ishlangan. Unda 
afsonalar ham ko`p o`rinni egallagan. 


108 
«SHajarai turk» asarida yoritilgan ma`lumot uchta tematikaga bo`linadi: 
1. Diniy xarakterdagi Odam ato haqidagi afsonalar. 
2. O`g`uz-turkmanlarning O`g`uz haqidagi ma`lumotlari. 
3. Real asosga ega bo`lgan, lekin afsonaviy tarzda etib kelgan voqealar. 
Abulg`ozi Baxodirxon asarlari tilida adabiy tilning soddalashtirilgani 
ko`rinadi. Buning o`ziga yarasha sababi bor. Tarix asarlarini yozgan, ayniqsa, 
hukmdor oiladan chikqan, mualliflar feodalizmni mangu tuzum deb, xalqli 
hukmdorlarga itoat ettirish uchun asarni xalq tushunadigan tilda yozishga harakat 
qilar edilar. SHuning uchun ham Abulg`ozi o`zining tarix asarlari boshqa tarixlardan 
farqli ekanini ta`kidlab, quyidagilarni yozadi: «Barcha bilingki, bizdin burun turkiy 
tarix aytqanlar arabiy lug`atlarni qoshib tururlar va turkiyni ham saj` qilib tururlar. 
Uzlarining hunarlari va ustazlarini xalqqa ma`lum qilmaq uchun. Biz munlarning hech 
kaysisini qilmaduq, aning uchunkim, bu kitobni o`qug`uchi va tinglag`uchi, albatta, 
turk bolg`usi turur: bas, turklarga turkona aytmak kerak, to ularning barchasi fahm 
qilg`aylar». «SHajarai tarokima»dan olingan bu fikrni «SHajarai turk» dan olingan 
quyidagi parcha yana ham oydinlashtiradi: «Hamma ulug`lar, ham oddiy kishilar 
tushunsun teb, men bu tarixni turkiy tili bila aytdim. Turkiyni ham andoq 
aytubmenkim, besh yashar o`g`lon ham tushunur. Tushunush oson bo`lsun teb, men 
chig`atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir dona ham so`z qo`shmadim «. 
Haqiqatan ham, Abulg`ozi asarlarining tilini kuzatar ekanmiz, unda 
san`atkorlarcha badiiy qayta ishlangan xalq so`zlashuv tilining namunasini ko`ramiz. 
Asarda arabcha so`zlarga nisbatan turkiy so`zlar ko`p o`rinni egallagan. Unda 
ulkәn, bitmәk, ulus, yalavach (payg`ambar), tilmәch, ushaq (mayda) charlamaq,
kөrklүk, kent, boluk (bo`lim) kabi turkiy so`zlar qo`llangan. 
Asarlar fonetikasida quyidagilar ko`zga tashlanadi: 
So`z boshidagi d -t ga o`tadi: degәn-tegәn, deb-teb, dedik-teduk. 
Ba`zi o`rinlarda so`z boshida y-j ga o`tadi : yov-jav, yo`l-jo`l 
(Xorazmda jamlovchi o`g`uz shevalari mavjud bo`lganligi). 


109 
-q, -k undoshi bilan tugagan 2 bo`g`inli so`zlarga egalik affiksi 
qo`shilganda g ulardagi tovushi g ga o`tmaydi: 
Ayaqi agrib yatur. eshiki yapiq. 
Asarlar morfologiyasida esa tubandagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi: -chi 
so`z yasovchiga nisbatan -ji varianti ko`p qo`llangan: elchi, tevaji. 
Sonning tartib son turi - lanchi affiksi bilan hosil qilingan: beshlәnchi, 
etilәnchi, tuquzlanchi. 
Kelishik formalarining barchasi qo`llanishda bo`lgan. 
Xarakterli xususiyat shundaki, tushum kelishigining -n/in//in affiksi bilan 
hosil qilingan formasi ham qayd qilinadi: kochlarin (xotinlarini) va kelinlәrin 
chaqirib.., Ma`lumki, bunday qo`llanish asosan poeziya janriga xosdir. 
III shaxs kishilik olmosh an, ular alar tarzida qo`llangan. 
Buyruq-istak maylining 1 shaxs ko`pligi -aliң//ali 
Affiksi bilan hosil qilingan. emdi shah; Malikni aytaling. Uurtni buzali 
tesalar. 
SHunday qilib, Abulg`ozi asarlarida adabiy til so`zlashuv tilini 
yaqinlashtirishga harakat qildi va uning asari adabiy tilda xalq tili elementlarining 
mustahkamlanishi uchun munosib hissa bo`lib qo`shildi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin