O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
O`zbekiston respublikasi

TURDI ASARLARINING TIL VA USLUBI 


106 
SHoir Turdi XVII asrning oxirida Buxoroda ijod etgan demokratik 
tendentsiyadagi adabiyotning yirik namoyandasidir. Turdi ijodida satira asosiy o`rinni 
egallaydi. 
Ma`lumki, satira janrida ijod etish ma`lum darajada shoirdan ko`tarinki 
uslubdan voz kechib, xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. SHu 
tufayli ham Turdi she`rlarida xalq tilida qo`llanadigan leksika ko`plab aks etgan. 
Masalan, «Subxonqulixon to`g`risida hajviya» she`rida og`zaki nutqqa xos bo`lgan 
ko`r, ko`ppak, qumaloq, qirchonu va boshqa so`zlar qo`llangan. SHu she`rdan 
olingan quyidagi parchada buning isboti ko`rinadi: 
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini, 
Kasb ilә mālin alib, qoymadingiz bitini,
Qamchilar dag` salib bugang`a, tilib bitini
Yardiңiz zahrāsini (ichidan) alib ӛtini
Bolmadi kam bu raiyat bashidan hech tayaq. 
Bu banddagi she`rda ham edingiz, itdek, etini, molin, bitini, buyunga, tilib, 
tayoq kabi so`zlar og`zaki nutqqa xos so`zlardir. 
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar faqat leksikada emas, balki 
morfologiyada ham ko`rinadi. Masalan, o`tgan zamon fe`lining II shaxs
ko`pligida (qo`ymadingizlar) ko`plikning ikki marta qo`shilishi, shahar
shevalaridagidek men olmoshiga —ga affiksi qo`shilgach, menga tarzida talaffuz 
qilinishi, izladim fe`lning shevalarda aytilganidek, istadim varianti ham qo`llangan.
Ne ayaq, ne bashig`a etdim, sarāpā istәdim,
Qayadim ikki yolniң ortasida hamrāh istәdim. 
Turdi she`rlarida xalq jonli tili xususiyatlari bilan birga, g`arbiy tillarning 
ta`sirini ham ko`ramiz. Albatta, bunda ulug` ozarbayjon shoiri Fuzuliyning asarlaridan 
ilhomlangan bo`lsa kerak. SHu ta`sir natijasida ayrim so`zlarda, ko`pincha so`zning 
boshnda keluvchi tovushi ga o`tadi. 


107 
Fitna sho`r hama ilә maskun dutdi 
Xublar masnadini sifla bilan dun dutdi.
O`g`uz tillarida qo`llanadigan cho`x (ko`p) so`zidan foydalangan: 
Tufrāg`da jān bitsә, ravādүr, ne ajab gүl 
Mux sarvi sixl etdi nihān kӛzlәri shahlā. 
O`g`uz tillariga xos jo`nalish kelishigi (-a/ә affiksi) formasida (Etmadim 
hech era bu qofiya paymolig`din), o`tgan zamon aniq fe`lining birinchi shaxs 
birligining-diman (YOt mandin kim bulur yaxshi zamonlar ko`rdiman) affiksi bilan 
hosil qilinishida, hozirgi-kelasi zamon fe`lining -man, (Bila olmon bu dudaul 
raxshi Rustam yo parizod) affiksi bilan, sifatdoshning -an (Barcha bo`yniga salan 
bu rishtani qat etmadi) affiksi bilan hosil qilinishida, harakat nomiga jo`nalish 
kelishigi affiksi qo`shilganda, unda fonetik o`zgarish yuz berishida (Zarni jam 
aylamaga hirsu havo besh tutub; yuzini ko`rmaga hasratda bo`ldum eshitib nomi) 
ko`rinadi. 
SHunday qilib, Turdi bir tomondan ulug` Navoiy traditsiyalarini davom 
ettirgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Ozarbayjon shoiri Fuzuliy ijodidan ta`sirlandi. 
SHu tufayli adabiy tilda Alisher Navoiy an`analarini saqlagan bo`lsa, 
ikkinchi tomondan o`g`uz tili elementlaridan foydalandi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin