O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
O`zbekiston respublikasi

O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY
IJODINING ROLI 
XIX asrning 2-yarmi va XX asr boshida yashab ijod etgan O`zbek 
demokratik shoirlari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tarlarning asarlari o`zining 
g`oyaviy mazmundorligidan tashqari, tilining soddaligi va ravonligi bilan ham feodal-
saroy adabiyotiga mansub bo`lgan reaktsion shoirlardan ajralib turadi. Demokratik 
shoirlar o`z asarlarining ommaga tushunarli bo`lishiga va unga tezroq borib etishiga 
katta ahamiyat berdilar. Adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til 
elementlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitishga intildilar. 
O`zbek adabiy tili ko`p asrlik traditsiyaga ega bo`lib, u A.Navoiy 
tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan edi. Biroq zamonlar o`tishi bilan Navoiy 
tilidagi ayrim formalar o`zgarib eskira boshladi. Muqimiy asarlari tili Navoiy 
tilining eski o`zbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko`p jihatlari bilan 
farq qiladi. Bu farq asos-e`tibori bilan tildagi xalqchillikda ko`rinadi. 
Muqimiy mehnatkash omma hayotidan faqat tema, syujetnigina olmadi, 
balki shu bilan birga bitmas-tuganmas manba bo`lgan xalq tilidan ham unumli 
foydalandi. Bu jihatdan uning satirik asarlari tili xarakterlidir. 
Muqimiy asarlari tilidagi xalqchillik xalqning jonli tiliga xos bo`lgan 
kichraytish, erkalash kabi ma`nolarni ifoda qiluvchi so`z formalarini qo`llashda 
ko`rinadi. 


126 
Zulfu kәkilchәlәri yүzginәsigә tushgan
Anga oxsharki, tutar ayginani hālagina. 
So`z turkumlaridan ot, sifat va ravishga -gina, - cha, affikslarini qo`shish 
orqali yuqoridagi ma`nolarni ifoda qilishga erishgan. 
Muqimiy juda ham rang-barang bo`lgan jonli so`zlashuv tili vositalaridan 
ustalik bilan foydalandi va adabiy tilni yangi so`zlar, frazeologik birikmalar bilan 
boyitdi. Bunday so`z va iboralardan quyidagilarni ko`rish mumkin: «YOtqizib tilsәң 
banāgāh qarnidan iqmas alif», «qoydi sāyil kabi nechә xil nān», «qaysi kүn hajdan 
keldi boldi rasvābachchag`ar», «Kocha darbāza toy kuni zanjir», «zanchaligi», 
rudāpa, dag`uli «solag`i chiqqan», «luchchak», «hangu mang», «nosu bang». 
SHoir satirasi lirikasida xalq so`zlashuv tiliga oid qator so`zlarni uchratish 
mumkinki, ularning ekvivalenti shu davrgacha adabiy tilda bo`lgan emas. Masalan, 
xalq so`zlashuv tilida «sdacha» ma`nosida «kolg`ich» so`zi ishlatilgan. SHu so`z 
Muqimiyda qo`llangan: 
Āshiqidin choyxo`rini bexabar qalg`ich olur,
Emdi bolmish it, agar chandiki ilgәri kiyik. 
Paqir so`zi ( chaqa pul ma`nosida). 
Satar olsaң, ӛzim bahā qoysam,
Bir miri atu bir paqir aravang.
Tag, joy so`zi. 
Mag`rur xasisu beshu kam,
Har ganda goz ichkay qasam,
Tag jāy alur maxāvdin ham,
Hāji ӛzi murdār ekan. 
Muqimiy satiralarida ba`zi so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanib, adabiy tildagi 
ma`no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspressiv bo`yoqqa ega 


127 
ekanligi bilan ajralib turadi. Misollar: 
Toyga ӛzi tuxumdin xātin demәdi,
Achchig`idin atasi ash emәdi.
YAkka nafsimga gadālig` әylәsәm, andag` emәs,
Jo`jasi kӛp qip-qizil degәn: qani don?» ko`samen
Ichkәrisi birlә ham emdi tavakkal gap esәng
Erlәri ornig`a shāld xātunidin tegsә gap. 
YUqoridagi baytlardagi tuxum so`zi qarindosh-urug`, jo`ja- bola-chaqa, 
ichkari-xotin-qiz, ayol ma`nosida qo`llangandir. 
Muqimiy asarlarida jonli tilga xos leksik elementlarigina emas, balki 
fonetik xususiyatlari ham aks etgan: Misollar 
Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taroxlab
Ichkan giyahi bo`lsa ko`knor, aroba qursun.
Ilohi saxla sharridin, Muqimiyga jiyandur bu
Bahaqqi choriyoru hurmati payg`ambaron, bezgach.
Bu fonetik hodisa Farg`ona vodiysi shevalari uchun xarakterlidir.
Muqimiy ijodida so`zlashuv tilida bo`lgan eng uchida, өpkәңni bas, kөzgә
bizi ilmәgәy, ashi misāli tabaqda kөz yashi, changi chiqdi kabi
frazeologik birikmalardan unumli foydalangan. 
Muqimiy asarlarida -zor affiksi jonli tildagidek shaxs otlariga ham qo`shilib 
kelgan: 
Etdim ul oqshom g`am yutub,
Dashti qarakchizār ekәn. 
Muqimiy asarlari tili eski o`zbek tilining davomidir. Muqimiy asarlari tilida 
klassik shoirlarda uchrovchi leksik elementlar, grammatik formalarni uchratish mumkin. 
Navoiy va boshqa klassiklar leksikasida qatnashgan so`zlar Muqimiy lirikasidan ham 


128 
o`rin olgan. 
Uning asarlari grammatik kurilishida esa Navoiy tilida qayd qilingan 
barcha formalar uchraydi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin