O`RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINGANIDAN
1905 YILGACHA BO`LGAN DAVRDAGI O`ZBEK
ADABIY TILI
O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shib olinishi chekka o`lkalarda yashagan millatlar va
elatlar shu jumladan o`zbek xalqining ham rus madaniyati va adabiyotidan bahramand
bo`lishida ijobiy rol’ o`ynadi. Bu davrda ikkita adabiyot-reaktsion va progressiv-demokratik
adabiyoti o`sdi va taraqqiy etdi. Davrning adabiy tiliga diqqat qilsak,, undagi o`zgarish va
burilish avvalo leksikada ko`rinadi. XIX asrning II yarmida so`z san`atkorlari yangi
tushunchalarni ifodalash uchun rus tiliga, mahalliy shevalarga va o`zbek adabiy tilining ichki
imkoniyatlariga murojaat qildilar.
So`z tanlash va ijod qilishda o`sha davrda uch manbaga asoslanib ish tutdilar.. Ular
quyidagilardir:
1.O`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan so`zlar hisobiga adabiy
til boyidi. Ma`lumki, jamiyatda paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bunday so`zlarning bir qismini
123
semantik neologizmlar tashkil etadi. Rus madaniyati va fani bilan bog`liq kirib kelgan
tushunchalar quyidagicha ifoda qilingan:
a) Ruscha tushunchalarning ma`nosini berish uchun o`zbek tilida avvaldan bo`lgan
so`zlar moslashtirilgan. Masalan, Jahonnoma geografiya ma`nosida, manzil (T.Z.G)-stantsiya
ma’nosida, bosmaxona-tipografiya, tabib-vrach, nishon (T.V.G)-orden.
b) Rus tilidagi terminlarni kol’ka qilish orqali yangi tushunchalar ifoda
qilingan: poxval’naya gromata-ta`rifnoma, ambulatornaya - tabibxona, upravitel’ —
boshqaruvchi, jeleznaya doroga — temir yo`l, beliy tsar’ — oq poshsho, povestka -
chaqiruv qog`ozi, kerosin - er yog`i, shtraf - jarima puli, ruchka - po`lod qalam,
poezd - otash arava, poroxod - otash kema.
2.Xalq jonli tilidan foydalanib, adabiy tilni boyitdilar, Bu davr so`z san`atkorlari
XIX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan Maxmur, Gulxaniy traditsiyalarini davom ettirib,
«avomcha» hisoblangan xalq tilidan foydalanib adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar.
Professor Karimov ta`kidlaganidek, adabiyotning jonli tilga intilishi va uning
xazinasidan samarali foydalanishi bu adabiyotning hayotga yaqinlashayotganidan, realizmga
qarab intilganidan dalolat beradi. Haqiqatan xam, demokratik adabiyotda realizmning g`alaba
qilayotganligi adabiy til taraqqiyotida ham, uning leksik sostavida ham ko`rinib turadi.
SHunday ekan, demokratik adabiyot vakillarining asarlarida jonli so`zlashuv tiliga xos bo`lgan
so`zlarni ko`plab topish mumkin. Masalan, bo`zchi, kosov, bezgak, paxsa, loy, arava va
boshqalar.
3.Adabiy til rus tilining hisobiga boyidi. «Turkiston viloyati gazeti» da mahalliy
ziyolilar ayrim asar va maqolalarni rus tilidan tarjima qilib nashr qila boshladilar. Bunda
ko`pgina ruscha so`zlar o`z holicha qabul qilindi. Bundan tashqari madaniy va
siyosiy hayotdagi boshqa o`zgarishlar rus tilidagi so`zlarning o`zbek tiliga
o`zlashishiga olib keldi.
SHu davrdagi progressiv-demokrat shoir va yozuvchilar asarlarida
«Turkiston viloyati gazeti» sahifalarida quyidagi sohalarga oid ruscha va rus tili orqali
kirgan so`zlar qo`llangan:
124
1. Ijtimoiy-siyosiy, harbiy-politsiya rejimi bilan bog`liq bo`lgan so`zlar:
uezd, volost’, duma, pristav, konsul, soldat, tor’ma, shtraf, geniral, gubernator.
2. Transportga oid so`zlar: poezd, vagon, kolyaska, vokzal, stantsiya.
3. Pochta va telegraf bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: pochta, telegraf, adres,
marka, konvert.
4. Sanoat va moliya ishlari bilan bog`liq so`zlar: zavod, fabrika, kupets,
magazin, bank, vensel’.
5. Fan va madaniyat bilan bog`liq so`zlar: gimnaziya, teatr, muzika, muzey,
gazeta.
6. Meditsinaga oid so`zlar: gospital’, doktor, lazaret, fel’dsher. 7.Sud
ishlariga oid so`zlar: sud’ya, zakun.
8. Hujjat va mukofotlarga oid so`zlar: bilet, pasport, orden, medal’.
9. Uy-xo`jalik predmetlari nomlari: samovar, stol,
stul, patnis, talinka, lampa, fonuz, pech’, kalish, dran, sitets.
10.O`lchov birliklari nomlari: pud, sajen, vershon, minut.
11. Oziq-ovqatga doir so`zlar: pivo, kvas, limonad, kofe, konfet, kartoshka, suxari.
12.Etnik va toponomik nomlar: Moskva, Rossiya, ingliz, frantsuz, rus.
Bu davrdagi rus tilidan o`zbek tiliga so`z qabul qilinishi asosiy sababi
shundan iboratki, madaniy turmushda bir qancha yangiliklar paydo bo`ldi. Bunday
tushunchalarni ifodalash uchun o`zbek tilida so`z yo`q edi. SHuning uchun rus
tilidan to`g`ridan-to`g`ri so`z qabul qilganlar.
XIX asrning II-yarmida rus tilidan o`zlashgai so`zlarning bir qismi aslida
turkiy so`zlardir: Ular yangicha ma`no va ba`zi fonetik o`zgarishlar bilan qabul
qilingan. Bularga tovar, istihān, karandash (qalam) boyar, bek, bashmak, kolpak,
kabluk, chulan, cherak, den’gi, karaul, yarlik, kabak va h.o. O`zlashgan so`zlar
ichida etimologik jihatdan arabcha va Evropaning boshqa mamlakatlari tillariga oid
so`zlar ham bor.
125
YUqoridagi kabi so`zlarning aksariyat qismi jonli so`zlashuv nutqi orqali
va vaqtli matbuot orqali o`zbek tiliga kirib kelgan.
Turli tildagi tarjimalar faqat rus tilidan emas, balki fors-tojik tilidan ham
bo`ldi. Ayniqsa bu davrda Bedil ijodi bilan qiziqish va unga ergashish kuchaygan
edi. SHu tufayli demokratik shoirlar zullisonaynlikni davom ettiradi. Natijada
klassik adabiyotda fors-tojikcha, arabcha leksik va grammatik elementlardan
foydalanish traditsiyasi ham davom ettirildi.
Dostları ilə paylaş: |