O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
O`zbekiston respublikasi

Savol va topshiriqlar: 
1. XVII-XIX asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvol haqida tarix fanidan 
nimalarni bilasiz? 
2. XVII-XIX asrlarda yaratilgan qaysi adabiy manbalarda Alisher
Navoiy an`anasining davom ettirilgan? 
3. Bu davrning dialektal murakkabligi nimadan iborat? 
4. Bu davr adabiy tilining demokratlashuvi deganda nimani tushunasiz? 


120 
5. XVII-XIX asrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilarning qanday 
asarlarini bilasiz? 
 
Adabiyotlar: 

Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. - Т.: Ўқитувчи.
1982. 

Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий 
грамматикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1973. 

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy 
grammatikasi. –Т.: O‘qituvchi, 2008. 

Кононов А.Н. Грамматика языка тюркских рунических памятников 
VII-IX вв..-Л., 1980. 

Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. -Т.:
Ўқитувчи, 1994. 

Исхоқов Ф. Эски ўзбек тили ва ѐзуви. - Т.: Ўқитувчи, 1995. 

Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: 
Ўқитувчи, 1995. 
10-MAVZU 
YANGI IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNING 
RIVOJLANIB BORISHI SHAROITLARIDA O`ZBEK ADABIY TILINING 
TAKOMILLASHISH XARAKTERI 
 
Reja: 
1. O`zbek xalqi adabiy tilining so`nggi davri: 
a) XIX asrning 60-pillaridan 1905 yillargacha bo`lgan adabiyoti; 
b) 1905 yildan inqilobgacha bo`lgan davr; 
2. Bu davr o`zbek xalq adabiy tilining boyish manbalari. 
3. O`zbek adabiy tiliga gazeta va publitsistik uslublarning kirib kelishi. 
4. Umummilliy tilni yaratish sohasidagi urinishlar: panturkizm, panislomizm. 
5. Bu davr ijodkorlari asarlarining til xususiyatlari, uslublari. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi o`zbek adabiy tiliga tarixiy 


121 
xarakteristika. 
Bu davrdagi adabiy til O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib 
olinishi bilan yuz bergan tarixiy sharoitda taraqqiy etdi. CHor Rossiyasi bosib olgan 
o`lkalardagi xom-ashyo manbalaridan to`liq foydalanish va shu boyliklarni o`z 
foydasiga hal qilish uchun qator tadbirlarni ko`rish kerak edi. SHu tadbirlar 
mamlakat hayotida iqtisodiy va madaniy xususiyatdagi o`zgarishlarni kiritish
bilan bog`liq edi. SHu iqtisodiy problemani hal qilish uchun mamlakatda katta va 
kichik xajmdagi ishchi korxonalar (paxtachilik bilan bog`lik, bo`lgan fabrika va 
zavodlar), O`rta Osiyoni Rossiya bilan bog`laydigan temir yo`l, qishlok xo`jaligini 
rivojlantirish uchun sun`iy irrigatsiya inshoatlarini qurish kabi tadbirlar amalga 
oshirilishi lozim edi. Bularning hammasi CHorizmning kolonial siyosatini tashkil qilar 
edi. Haqiqatan xam, mamlakatda asta-sekin turli ko`rinishdagi ishchi korxonalari 
paydo bo`ldi. Temir yo`l qurildi. eski shaharlar yonida yangi tipdagi shaharlar qad 
ko`tardi. SHahar va qishloklar hayoti o`zgara boshladi. Bularning xammasi o`zbek 
xalqining hayotida ob`ektiv ravishda progressiv ahamiyatga ham molik bo`ldi. SHu 
asosda o`zbek orasiga yangi madaniy elementlari kirib keldi. Xalqimiz rus va ular 
orqali Evropa madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bular esa o`z 
navbatida milliy ishchilar sinfining vujudga kelishiga zamin yaratdi. Mamlakatning 
tarixi, etnografiyasi ilmiy asosda o`rganila boshladi. Bosib olgan o`lkalardagi 
xalqlarni qullikda saqlash, reaktsion urf-odatlarga xayrixoxlik ko`rsatish, balki ularni 
tarbiyalash, har qanday ozodlik harakatini bo`g`ish, xalq orasida shovinistik 
tuyg`ularini tug`dirish va tarbiyalash kabilar CHorizm siyosatining g`oyaviy 
asoslarini tashkil qilar edi. CHorizm siyosatining iqtisodiy asoslari bilan g`oyaviy 
asoslari o`rtasidagi ziddiyat shu davrdagi butun ziddiyatlarni keltirib chiqarar edi. 
Mol-mulkdan ajralgan, mehnat kuchini sotgan milliy proletariat, ular kuchidan 
foydalangan va boyigan milliy burjuaziya, qishlokda er suvdan ajralgan batraklar va 
ular hisobiga boyib borgan milliy quloqlardan iborat yanga sotsial guruhlar vujudga 
keldi. Hayotiy kurashda butun sotsial tabaqalar ishtirok etdilar. Bu kurash va ozodlik 
intilishlari ayniksa 1905 yilgi revolyutsiyasining ta`siri ostida yanada jadallashdi. Bu 
davrda tosh bosmalarning vujudga kelishi bilan o`zbek tilidagi vaqtli matbuot paydo 


122 
bo`ldi. 1870 yilning 28 apreldan o`zbek tilida 1-marta «Turkiston viloyatining gazeti» 
degan gazeta nashr qilina boshladi. U Turkiston general-gubernatorining organi 
bo`lib, uning siyosatini tarqatar edi. 
Rossiya bilan O`rta Osiyo revolitsion harakatning o`sishi natijasida 
yangacha siyosiy-leksika va terminologiya hamda rus tili ta`sirida yangacha grammatik 
konstruktsiyalar paydo bo`ldi. Bu hol Hamza va S.Ayniyning dastlabki asarlarida, 
M.Behbudiy asarlarida ham mavjuddir. 
Adabiyot va vaqtli matbuotdagi davrning turli ta`sir kuchini hisobga olib 
yuqorida ko`rsatilgan asarlardagi adabiy tilni ikki davrga bo`lishi mumkin: 
1.X1X asrning 60 yillaridan 1905 yilgi revolyutsiyasigacha bo`lgan 
davrdagi o`zbek adabiy tili: 
2.1905 dan Oktyabr’ sotsialistik revolyutsiyasigacha bo`lgan davrdagi 
o`zbek adabiy tili. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin