133
namoyandalaridan biridir.
Zavqiy o`z uslubida soddalik, ravonlikka erishish maqsadida xalq og`zaki
ijodidan samarali foydalandi. U xalq og`zaki ijodiga xos ibora va maqollarni she`riy
misralarga singdira bildi:
Farq aylamay yaxshi-yomon,
Kim arpa-bug`doy, kim samon.
Tuhmat haqoratlar hamon,
Ne muddaosiz afandilar.
Zavqiy uslubining soddaligi uning she`rlari xalq qo`shiklari
uslubida
yozilganligidadir. Masalan,
Kulfat tushib boshig`a,
Og`u tushib oshig`a.
Kelmay kishi qoshig`a,
Aqronu mehribonlar.
Bunday uslubdan foydalanganligi tufayli Zavqiy
asarlarida jonli xalq tili
elementlari ko`pdir.
Zavqiy o`z asarlarida xalq tiliga xos so`zlardangina
foydalanib qolmay,
unga xos bo`lgan so`z birikmalarni ham qo`lladi:
Bu padar la`nat harom o`lgur otim,
Har qachonkim, men minar bo`lsam kasal.
Keltirilgan misollardagi
padar la’nat, xarom o`lgur birikmalari xalq
so`zlashuv tiliga xosdir. Zavqiy tilining Muqimiy va Furqat
tilidan farqli tomoni
shundaki,
unda til xalqchilligi, jonli xalq tili elementlarini nisbatan ko`p
qo`llaganligidadir. Bundan tashqari Muqimiy va Furqat asarlarida bo`lganidek, Zavqiy
asarlarida xam ruscha-internatsional so`zlarni uchratamiz.
Zavqiy
asarlarida veksel’, poyiz, vagun, kalaska, jurnal, tilgrom, banka,
134
bo`lis, siyoz (se`zd), pristup, bol’shevik kabi rus va rus tili orqali kirgan so`zlar qayd
qilinadi.
Zavqiy rus tilidan yuqoridagi
kabi faqat otlarni emas, balki sifat va so`z
birikmalarni ham stilistik talab asosida qo`lladi:
Ko`r bo`lmasa pul oqib kelurmu,
Bu badshakl, slepoy durakka,
Uruscha maqtasa Zavqiy, xorosho
Juvon, pir, mardu zon monandi shidur.
Umuman, Zavqiy ham o`z poeziyasi bilan o`zbek adabiy tilini xalq tiliga
yaqinlashtirdi.
Dostları ilə paylaş: