GAZETA-PUBLITSISTIK STILINING PAYDO BO`LISHI VA
TAKOMILLASHISHI
Turkistonning Rossiyaga qo`shilishi turli xil iqtisodiy va madaniy
aloqalarning rivojlanishiga sabab bo`ldi. Rossiyaning chekka o`lkalarida adabiy va
madaniy harakatchilik islomni reforma qilish, uni burjuaziya talablariga ko`ra
modernizatsiyalashtirish yo`li bilan olib borildi. Natijada milliy burjuaziyaning
ideologiyasi vujudga keldi.
Demokratik yo`nalishda bo`lgan ma`rifatparvar o`zbek ziyolilari O`rta asr
despotizmiga, asrlar bo`yi davom etib kelgan qullik va jaholatga qarshi kurashdilar.
138
Adabiy harakatchilik panturistik, panislamistik nazariyalar asosida rivojlandi.
Turli ta`sirlar natijasida Rossiyaning chekka o`lkalarida «umumiy turk tili»
to`g`risidagi nazariyalar tarqaldi. Demokratik-ma`rifatparvarlar esa o`zbek adabiy tilini
ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu nazariya va kurashlar XIX
asrning II yarmidan boshlab paydo bo`lgan nashriyot va vaqtli matbuotda o`z
ifodasini topdi. Avval aytganimizdek 1871 yildan mustaqil ravishda «Turkiston
viloyati gazeti» keyinchalik 1906 yildan «Taraqqiy» gazetasi chika boshladi. SHu
davrdan boshlab o`zbek adabiy tilida gazeta-publitsistik stil paydo bo`ldi.
Ma`lumki, O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilishidan so`ng rus tilidan
qilinadigan tarjima asarlari soni ko`paydi. Bunga asosiy sabab rus tilining madaniy
hayotdagi roli va ahamiyati oshganligidir. SHuningdek, rus-tuzem maktablarining
erli xalq bolalari bitirib chiqa boshladilar. Ularning kuchi bilan ruschadan
o`zbekcha va o`zbekchadan ruschaga asarlar tarjima qilish ishlari boshlandi.
Rus tilidan diplomatik xujjatlar, rasmiy yozishmalar, informatsion maqolalar,
qishloq xo`jaligiga oid, ilmiy, tibbiy texnik, siyosiy-tarixiy va shu xildagi asarlar
tarjima qilindi. Ular «Turkiston viloyati gazeti»da bosilib turdi.
SHunday qilib, «Turkiston viloyati gazeti» XIX asrning II- yarmi va XX
asr boshlarida o`zbek madaniyati, xususan, adabiy tili tarixida ma`lum ijobiy rol’
o`ynadi. Furqat, Sattorxon, Ishoqxon kabi ilg`or intelligentsiya vakillari gazeta orqali
adabiy va publitsistik faoliyatlarini namoyish qildilar.
Furqat dastlab gazetani «E`lonnoma» deb tushunadi, lekin keyinchalik
uning siyosiy ijtimoiy ahamiyatini tushunib, unda aktiv ishtirok etdi Sattorxon 1883-
1890 yillar davomida redaktsiyada muharrir yordamchi va tarjimon bo`lib ishlaydi.
Ular o`zlarining publitsistik maqolalarida va xatlarida fan-madaniyatni
tarqatuvchi sifatida maydonga chiqdilar.
Furqat, Sattorxon, Isxoqxon publitsistikasining tili alohida ahamiyatga ega
bo`lib, ular o`zbek adabiy tilning gazeta-publitsistik tili va stili rivojida katta
ahamiyatga ega bo`ldi. Ular o`zbek adabiyoti klassiklarining eng yaxshi
traditsiyalarini davom ettirib, o`zbek adabiy tili rivojlanishiga munosib hissa
139
qo`shdilar.
Ular o`zbek tilini arxaik elementlardan tozaladilar, uni yangi iboralar va
ruscha-internatsional so`zlar bilan boyitdilar.
Ruscha-internatsional so`z va iboralarni publitsistik maqolalarida ham
so`zlashuv tilidagi formasida ishlatdilar tiligraf, zavud, moshin, rael, fotogrif
(Furqat), giniral, gubirnatur, uezdnoy, ushpul, afitser, kamisiya (Sattorxon)
Ishoqxonning quyidagi fikrida rus tili ta`sirida o`zbek tiliga o`zlashtirilgan
leksik elementlarni yaqqol ko`ramiz «Asrimiz madaniyati bor erdi, chunonchi otash
aroba, hatto uchadurgon apriplon, giramo`fo`n, fatogrof, tipograf, litograf, anvon
mashinalar avtomo`bil, valisafed,tilsiz tiligromlar, necha-necha ashei jadida, anvoyi
adidalar-hammasi mavjud edi» (TVG)
Ayrim so`z va terminlar trajimasi bilan berildi pachotniy, ismotritel’, ya`ni
izzatlik nozirlik, Ho`qand shahridagi madrasada pachotniy ismotritel, ya`ni izzatlik
nozirlik mansabida turdim (TVG, 1890, 3 son)
Ayrim ruscha internatsional so`zlar va birikmalar davr talabiga binoan
arabcha, forscha so`zlar bilan tarjima qilib berilgan Masalan, tupchi, tura (gospodin
artillerist), vaziri ilmiya (maorif ministri), ilmiya masmtsati (pedsovet majlisi),
murshidi (yo`lboshchisi), jahonnoma, jarroh (xirurg), tarroh (arxitektor), hakim
(vrach), mudarris (professor)
Gazeta publitsistik stilida qo`llangan ruscha-internatsional so`zlar doirasida
quyidagi qatlamlar mavjud edi
1 Siyosiy-diplomatik tushunchalarni anglatuvchi so`z va terminlar: sudya,
komissiya, konsul, duma, siyezd, monifest, zabostufka, morsileza, onorxiya va h o
2 Harbiy tushunchalarni biddiruvchi suz va terminlar pulkovnik, kopiton,
giniral, litinont, ofitser va hokazo.
3 Pochta-telegraf bilan bog`liq so`zlar: tshshgraf po`shtaxona, morka, tilfo`n
4 Matbuotga doir so`zlar: redoksiya, gazetxona, harf bosadurgon moshina
140
5 Madaniy-maorif ishlari bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: gimnoziyiya, muzi,
loborotoriyiya, tirmumetr, kompos.
6 Administratsiya bilan bog`liq so`zlar: inspiktur, diriktur, ministur, onjirnoy
(injener), grojdonen va h o
Gazeta tilida o`zbek tilvda mavjud bo`lgan yasovchi affikslar (ularning
ayrimlari fors-tojik elementlaridir), ya`ni -lits, -lik, ma, -chi, -xona, kabi affiks va
iffiksondlar erdamida yangi so`zlar yasaldi Ularning eng mahsuldori -chi affiksi
hisoblangan Bu affiks ishtirokida go`za ekuvchi, oktabrchi, saylovchi so`zlari, -lich
affiksi ishtiroktsda buzg`unliq, -ma affiksi ishtirokida otishma, xona affiksi erdamida
po`shtaxona kabi so`zlar yasalgan
SHuningdek so`z yasovchilardan o`rinsiz foydalangan hollar ham seziladi, -
chi affiksi bilan yasalgan so`zlarda shunday hodisa yuz bergan Xurriyatchilar va
hukumatchilar orasida voqe` o`lmish, gazitachi, (jurnalist) kabi
Muhimi shundaki, gazeta-publiistik stilida badiiy stilning ta`siri kuchlidir,
chunki bidiiy stil o`zining ko`p asrlik traditsiyasiga ega edi Ayni zamonda gazeta
publitsistik stilining shakllanishi natijasida bu stilga xos ayrim xususiyatlar badiiy
adabietga ham singib bordi Bunda Furqat, Ishoqxon, Sattorxonlarning roli katta bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: |